Matematika o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
A1
163
berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi,
tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;
sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va
tasvirlay oladi;
ob’ektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza
oladi;
sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng
sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.
A1+
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart
va matnli masalalarni yecha oladi;
bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik
masalalarni yecha oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha
oladi;
elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik
ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi.
2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
A1
ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa
keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;
zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza
oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira
oladi;
mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.
A1+
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay
oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini
topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini
to‘g‘rilab oladi.
|