Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda o‘quv
vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida
mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi.
O‘tilganlarni bir tizimga solish va umumlashtirish (7 soat) Mavzularni O‘rganish uchun - 158 soat
Takrorlash uchun - 7 soat
Jami - 165 soat
2-SINF (170 soat, A1+: 204 soat ) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish;
matematik qoidalarni ifodali ayta olish.
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish va tegishli
munosabat bildira olish.
A1+ matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish va
mazmunini tushuntira olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 tavsiya etilgan manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni
boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik
ma‘lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
174
statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turdan boshqa ko‘rinishga
o‘tkaza olish.
A1+ manbalardan axborotni izlab topa olish, uni boshqa ko‘rinishlarga (matn,
jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish.