236
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash,
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A1
Osmon gumbazida yulduzlarning o‘rni o‘zgarishini, Quyoshning “chiqishi”
va “botishi”ni, Yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarga Quyoshning ta’sirini
kuzatadi
va tushunadi; ufq tomonlarni kompas va
mahalliy belgilarga qarab
aniqlay oladi; daryo, ko‘l, kanal suvlarining yil fasllari davomida o‘zgarishini
kuzatadi; Respublikamizda qazib olinadigan
asosiy foydali qazilmalar,
tabiat
zonalaridagi o‘simlik va hayvonot olamiga doir ma’lumotlarni
tushunadi va ayta
oladi. O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish hamda tarixiy shaharlar
va qadimiy
obidalarni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni kuzatadi va tushunadi.
A1+
suv omborlarini qurish va ulardan qanday maqsadda
foydalanishni tushunadi
va ayta oladi.