44
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
mashq va topshiriqlardagi axborotni tushuna oladi;
mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib
ravon o‘qiydi;
4-5 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi.
Lingvistik kompetensiya:
nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi;
35-45 so‘zli diktant yoza oladi.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
NUTQ O‘STIRISH
Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki va undan ortiq gaplardan
tuzilishi. So‘roqlar yordamida matnni qismlarga bo‘la olish.
Kichkina matnga va
matn qismlariga sarlavha qo‘yish.
Bayon haqida tushuncha. Matnni savollar yordamida qayta hikoya qilish.
Uncha katta bo‘lmagan matn yuzasidan uch-to‘rt so‘roq gaplardan tuzilgan reja
asosida bayon yozish.
Rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar
tuzish va uni imloviy
tayyorlikdan so‘ng yozish. O‘qituvchi rahbarligida bir mavzuga oid bir necha gap
tuza olish. Bolalarning o‘yinlari, o‘qishlari, qiziqishlari
haqida kichik hikoya
tuzish.
HUSNIXAT
Bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga
to‘g‘ri
tutashtirish; o‘xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan
bo‘g‘inlar va so‘zlarni yozish, o‘xshash unsurli bosh harflar va ularni o‘zidan
keyin kelgan kichik harfga tutashtirish.