Ayrim yozuv qoidalari: daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak
o‘rtasining qarshisiga to‘g‘ri qo‘yish; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish;
ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash; har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga
rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozish; harf va harf birikmalarini
to‘g‘ri va aniq shakllantirish; shoshmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‘rt marta
takrorlash.
O‘quv yili davomida imlosi qiyin bo‘lgan quyidagi so‘zlarning talaffuzi va
yozilishini bilib olish: avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro, dars, daftar,
do‘st, farzand, hasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, kaft, kon’ki, lavlagi, loviya,
lug‘at, mashina, minnatdor, moslama, navbatchi, no‘xat, oktabr, payvand, p‘al’to,
paxta, qo‘ng‘iroq, quyosh, sabzi, Samarqand, sentabr, sinf, singil, soat, Toshkent,
traktor, vazifa, vatan, xalq, xursand, yomg‘ir, yostiq, o‘qituvchi, o‘quvchi, shahar
kabi.
O‘xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga
tutashtirish;
O‘xshash unsurli kichik harflar:
1-guruh – i, u, n, m, t, l, y
45
2-guruh – h, j, k, f
3-guruh – o, o‘, q, a, g, g‘, p
4-guruh – e, b, x
5-guruh – r, v, s, sh, ch
O‘xshash unsurli bosh harflar:
1-guruh – U, L, Z, I
2-guruh – M, H, K, N, A
3-guruh – O, O‘, Q, X, CH
4-guruh – E, S, I, Z
5-guruh – V, G, G‘, Y
Mavzularni o‘rganish uchun – 106 soat
Nazorat ishlari uchun – 15 soat
Tahlil uchun – 15 soat
Nutq o‘stirish – A1 +: 34 soat
Husnixat uchun – A1+: 34 soat
Jami – 136 soat (A1 +:204 soat)
|