• 2.7-ta’rif.
  • Maydonlar noto‘g‘riliklari
  • Universal gatlarning strukturasi




    Download 0.86 Mb.
    bet9/16
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.86 Mb.
    #28901
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    1-мавзу.ГТА

    2.6-ta’rif. Uzunliklar bosh masshtabi – bu ellipsoid yoki sharning chiziqli o‘lchamlari ularni kartada aks ettirishda necha barobar kichrayganini ko‘rsatuvchi masshtabdir. U butun karta bo‘yicha emas, balki uning uzunliklar noto‘g‘riligi yo‘q bo‘lgan ayrim nuqtalarida yoki chiziqlarida saqlanib qoladi.
    CHiziqli masshtab barcha boshqa nuqtalarda uzunliklarning bosh masshtabning ulushlarida ifodalangan xususiy masshtabi bilan tavsiflanadi.
    2.7-ta’rif. Kartadagi cheksiz kichik kesim dS`ning ellipsoid yoki shar yuzasidagi tegishli cheksiz kesim dS ning uzunligiga nisbati uzunliklarning xususiy masshtabi deb ataladi
    Kartada ko‘p hollarda uzunliklarning bosh masshtabi yozib ko‘rsatiladi.
    2.8-ta’rif. Maydonlar bosh masshtabi – bu ellipsoid yoki shar yuzasining maydoniy o‘lchamlari ular kartada aks ettirilganda necha barobar kichraganini ko‘rsatuvchi nisbatdir.
    U kartada faqat maydonlar noto‘g‘riliklari yo‘q bo‘lgan joylarda saqlanib qoladi. Kartaning boshqa joylarida maydonlarning masshtablari bosh masshtabdan farq qiladi va ular maydonlarning xususiy masshtablari deb ataladi.

    2.3.2. Karttografik proeksiyalardagi noto‘g‘riliklar


    Uzunliklar, maydonlar, burchaklar va shakllarning noto‘g‘riliklari kartaga xosdir.


    Uzunliklar noto‘g‘riliklari kartada shunda ifodalanadiki, unda uzunliklar masshtabi bir nuqtadan boshqasiga o‘tganda, shuningdek ushbu nuqtada yo‘nlishning o‘zgarishida o‘zgaradi. Buning oqibatida geografik ob’ektlar chiziqli o‘lchamlarining nisbatlari noto‘g‘riliklar bilan uzatiladi.
    Maydonlar noto‘g‘riliklari shundan iboratki, maydonlarning masshtablari kartaning turli joylarida turlicha bo‘ladi, va turli geografik ob’ektlar maydonlarining nisbatlari buziladi.

    Download 0.86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 0.86 Mb.