• Proeksiyalarning orientirovka bo‘yicha klassifikatsiyasi
  • Proeksiyalarning normal kartografik to‘rning turi bo‘yicha klassifikatsiyasi
  • Universal gatlarning strukturasi




    Download 0.86 Mb.
    bet12/16
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.86 Mb.
    #28901
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    1-мавзу.ГТА

    Konik proeksiyalar, ularda ellipsoid yoki sharning yuzasi unga urinma bo‘lgan yoki uni kesuvchi konusning yon sirtiga ko‘chirib o‘tkaziladi, so‘ngra u yasovchi bo‘yicha kesib chiqiladi va tekislikka yoyiladi (2.12-rasm).
        1. Proeksiyalarning orientirovka bo‘yicha klassifikatsiyasi




    Normal proeksiyalar, ularda yordamchi yuzaning o‘qi er ellipsoidi yoki sharining qutbiy o‘qi bilan mos tushadi, azimutal proeksiyalarda tekislik qutbiy o‘qqa perpendikulyardir (2.10-2.12 rasmlar).
    Ko‘ndalang proeksiyalar, ularda yordamchi yuzaning o‘qi ekvator tekisligida yotadi va qutbiy o‘qqa perpendikulyardir (2.13-rasm).


    2.13-rasm. Ko‘ndalang proeksiyalarga misollar:


    Qiyalama proeksiyalar, ularda yordamchi yuza o‘qi qutbiy o‘q va ekvator tekisligi orasidagi normal bilan mos tushadi (2.14-rasm).

    2.14-rasm. Qiyalama proeksiyaga misol
        1. Proeksiyalarning normal kartografik to‘rning turi bo‘yicha klassifikatsiyasi




    Azimutal proeksiyalar, ularda parallellar konsentrik aylanalar bilan, meridianlar esa – parallellarning umumiy markazidan chiqadigan to‘g‘ri chiziqlar bilan ularning uzunliklari farqiga teng bo‘lgan burchaklar ostida tasvirlanadi (2.15-rasm).


    2.15-rasm. Azimutal proeksiya


    Konus proeksiyalar, ularda parallellar konsentrik aylanalarning yoylari bilan, meridianlar esa - parallellarning umumiy markazidan tarqalishadigan to‘g‘ri chiziqlar bilan ularning uzunliklari farqiga teng bo‘lgan burchaklar ostida tasvirlanadi (2.16-rasm).




    2.16-rasm. Konus proeksiya
    Silindrik proeksiyalar, ularda meridianlar bir-biridan teng masofada joylashgan to‘g‘ri chiziqlar bilan, parallellar esa ularga perpendikulyar, umuman olganda o‘zaro noteng masofada joylashgan to‘g‘ri chiziqlar bilan tasvirlanadi (2.17-rasm).

    2.17-rasm. Silindrik proeksiya


    Psevdoazimutal proeksiyalar, ularda parallellar konsentrik aylanalar bilan, meridianlar – qutb nuqtasida birlashadigan egri chiziqlar bilan tasvirlanadi, o‘rta meridian – to‘g‘ri chiziq.
    Psevdokonik proeksiyalar, ularda parallellar konsentrik aylanalarning yoylari bilan tasvirlanadi, o‘rta meridian – ularning umumiy markazidan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq, qolgan meridianlar – egri chiziqlar.

    Download 0.86 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0.86 Mb.