• Poliazimutal
  • Universal gatlarning strukturasi




    Download 0.86 Mb.
    bet13/16
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.86 Mb.
    #28901
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    1-мавзу.ГТА

    Psevdotsilindrik proeksiyalar, ularda paarallellar parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan tasvirlanadi, o‘rta meridian – parallellarga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziq, qolgan meridianlar – parallellar tomon egilgan egri yoki to‘g‘ri chiziqlar (2.18-rasm).

    2.18-rasm. Psevdotsilindrik proeksiya


    Poliazimutal proeksiyalar, ularda parallellar ekssentrik aylanalar bilan tasvirlanadi, meridianlar – qutb nuqtasida birlashadigan egri chiziqlar, o‘rta meridian – to‘g‘ri chiziq.

    2.19-rasm. Polikonik proeksiya


    Polikonik proeksiyalar, ular parallellar ularning kengligi qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik katta radiuslarli ekssentrik aylanalar bilan tasvirlanadi, o‘rta meridian – unda barcha parallellarning markazlari joylashgan to‘g‘ri chiziq, qolgan meridianlar – egri chiziqlar (2.19-rasm).
        1. Proeksiyalarning olish usuli bo‘yicha klassifikatsiyasi




    Perspektiv proeksiyalar, ular er yuzasining, ko‘p hollarda sharning nuqtalari perspektiv proeksiyalash bilan tekislikka, silindrga yoki konusga olinadi. Ko‘z nuqtasining holatiga qarab, quyidagilar farqlanadi:

          • gnomonik – ko‘z nuqtasi sharning markazida;

          • stereografik – ko‘z nuqtasi sharning sirtida;

          • ortografik – ko‘z nuqtasi cheksizlik sari uzoqlashgan.

    Hosilaviy proeksiyalar, ular bir yoki bir nechta oldindan ma’lum proeksiyalarni kombinatsiyalash va ularning tenglamalarini umumlashtirish vositasida qayta o‘zgartirish bilan olinadi.
    Tarkibiy proeksiyalar, ularda kartografik to‘rning ayrim qismlari turli proeksiyalarda yoki turli parametrlarli bitta proeksiyada tuzilgan.

        1. Download 0.86 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0.86 Mb.