• SHakllar noto‘g‘riliklari
  • Burchaklar noto‘g‘riliklari




    Download 0.86 Mb.
    bet10/16
    Sana02.11.2022
    Hajmi0.86 Mb.
    #28901
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
    Bog'liq
    1-мавзу.ГТА

    Burchaklar noto‘g‘riliklari shundan iboratki, yo‘nalishlar orasidagi burchaklar kartada ellipsoid yuzasidagi tegishli burchaklarga teng emas va, oqibatda, joydagi tegishli burchaklarga teng emas. Geografik ob’ektlar qiyofalarining chiziqlari orasidagi burchaklar buzilgan, Bu ob’ektlar o‘z shakllarining buzilishiga olib keladi.
    SHakllar noto‘g‘riliklari shundan iboratki, kartadagi figuralar joydagi tegishli geografik ob’ektlarning figuralari bilan bir xil emas.
    Noto‘g‘riliklarning barcha turlari bir-biri bilan bog‘liqdir, va ulardan birining o‘zgarishi boshqalarining o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Bir-biri bilan doimiy ziddiyatda bo‘lgan burchaklar va maydonlarning noto‘g‘riliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik alohida tavsifga ega: ulardan birining kichrayishi boshqasining kattalashishini keltirib chiqaradi.
    Noto‘g‘riliklarsiz kartalar yo‘q, biroq burchaklar yoki maydonlar noto‘g‘riliklari yo‘q bo‘lgan kartalar mavjud, yohud noto‘g‘riliklarning bu ikkala turi go‘yoki bir-birini baravarlashtiradi.


    2.9-rasm. Ellipsning buzilishi

    Kartada berilgan nuqta noto‘g‘riliklarining barcha turlari eng to‘liq ravishda noto‘g‘riliklar ellipsi bilan tavsiflanadi (2.9-rasm). Noto‘g‘riliklar ellipsi kartaning berilgan nuqtasida nisbiylik yuzasidagi cheksiz kichik aylanani tasvirlaydi. Noto‘g‘riliklar ellipsining yarim o‘qlari ushbu nuqtadagi maksimal va minimal uzunliklar xususiy masshtablarining kattaliklariga teng. Ellipsning shakli burchaklar va shakllarning noto‘g‘riliklarini tavsiflaydi – ellips aylanadan qanchalik ko‘p farq qilsa, ular shunchalik ko‘proq buzilgan bo‘ladi. Ellipsning maydoni maydonlar noto‘g‘riligiga


    proporsionaldir va maydonlar qanchalik ko‘p buzilgan bo‘lsa, u shunchalik katta bo‘ladi.

    2.4. Kartografik proeksiyalar klassifikatsiyasi


    Proeksiyalar quyidagilar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:



    • noto‘g‘riliklarning xarakteri bo‘yicha;

    • yordamchi yuzaning turi bo‘yicha;

    • orientirovka bo‘yicha;

    • normal kartografik to‘rning turi bo‘yicha;

    • olish uchuli bo‘yicha;

    • foydalanishning xususiyatlari bo‘yicha.




        1. Download 0.86 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Download 0.86 Mb.