Ibn Sino va zamondosh hamda uztozlarining oila




Download 354.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.05.2023
Hajmi354.29 Kb.
#60085
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-05 05-49
Festivals, ADOBE ILLUSTRATOR CS6 YUKLAB OLISH, 1-mavzu pul va banklar, 1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax, “ТАШКЕНТ-ХЛЕБНЫЙ ГОРОД. ТОШКЕНТ-СОВРЕМЕННҚЙ МЕГАПОЛИС.” (ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВСЕХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ), Banklarda depozit operatsiyalari hisobi, 1. Nomanfiy butun sonlar haqida O’nlik sanoq sistemasida amallar, 1307236, O‘RQ-644 27.10.2020, а, O\'zbek tilining tarixiy grammatikasi Fonetika, morfologiya, sintaksis, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, 18. Жигар патофизиологияси, 1-kurs 1-semestr YN test savollari (4)
8. Ibn Sino va zamondosh hamda uztozlarining oila
inson kamoloti haqidagi fikrlarini taqqoslash.
Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning
nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan
saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari
jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy
qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda.
Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir.
Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz
ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning
dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi. Endilikda milliy
istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi.
Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish
oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.
Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan
bebaho odob-axloq qoidalari, qadriyatlari mavjud. Ularni qaytadan
tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari
muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand
tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi
insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon
bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar
bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn
Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus,
Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy,
Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi
mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari
ko’rsatib berilgan.
Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa
bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini
ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga
egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”,


Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning
“Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning
“Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul
qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma,
nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi. Shuningdek, o’tmishda
diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular
ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-
Buxoriy, Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Az-Zamaxshariy,
Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro
va boshqalar shular jumlasidandir. “Bizga tarixdan ma’lumki,
qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini
jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur
ishlarni davlat bajarishi lozim”, - degan g’oyani ilgari surgan edilar.
Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va
David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z
fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb
isbotlamoqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan
davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo
Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi
kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning
roliga katta e’tibor beradilar.
Bizga tarixda ma’lumki zardushtiylik dinidan so’ng islom dini
hukmronligi boshlanadi. Islom dinining tarqalishi kengayib
borganligi sari uning qonun-qoidalari, g’oyaviy fikr-mulohazalarni
kelib chiqishi tabiiy edi. Shu sababdan, payg’ambarimiz
Muhammad Allayhissalomning hayotlik chog’larida aytgan so’zlari,
qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari, pand-nasihatlari uning hadislari va
sunnatlari hisoblanib, islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin
ikkinchi manba hisoblanadi.
1) Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr
Farobiy o’zining ko’p qirrali ijodi bilan inson bilimlari rivoji
asarlarida oqilona davlat tizimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va
dono fikrlarga duch kelamiz. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar
shahri”, “Baxt saodatga yerishuv haqida”, “Aql ma’noli haqida
risola” kabi asarlarning muallifidir. Uning uqtirishicha, insonning
barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi – tug’ma,
irsiy, tabiiy xislatlar bo’lsa, ikkinchisi, tajriba, amaliyot, sharoit
ta’sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek, bola tarbiyasida


bir-biri bilan bog’liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini
ta’kidlaydi. Mutafakkirning bu qarashlari hozirgi zamon
pedagogikasining muhim tamoyillaridan biri bo’lgan ijtimoiy va
biologik tomonlarning o’zaro munosabatining birligi degan qoidaga
juda mos keladi.
Farobiy o’zining odob-axloq haqidagi ta’bir joiz bo’lsa, axloqiy
tarbiya haqidagi qarashlarini muayyan bir tizimga tushiradi. Uning
so’ziga qaraganda, nimaiki baxtni qo’lga kiritishga xizmat qilsa –
yaxshilikdir, nimaiki baxtga erishishga xalaqit bersa, mutlaq
yomonlikdir. Bu fikr uning axloqiy qarashlarida asosiy mezon
bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra, u o’z fikrini yanada
chuqurlashtirib, ko’zda tutilgan maqsadni qo’lga kiritishga yordam
beruvchi qobiliyat va xatti-harakat – yaxshilik, uning aksi bo’lsa
yomonlikdir, degan g’oyani ilgari suradiki, bola tarbiyasi bir
maqsadga qaratilgan holda olib borilmog’i va u aqliy va axloqiy
tarbiya birligidan iborat bo’lmog’i lozim degan xulosa kelib chiqadi.
2) Oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Bakr Muhammad ibn Al-
Abbos Al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha
“ota-onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish – otasi:
birinchisi, jismoniy hayot sababli, ikkinchisi, ruhiy xayot sababli”.
Shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida
muhimdir. Uning quyidagi so’zi ancha ibratlidir:
“Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan
yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim”7. Uning bu
so’zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal
qiluvchi ta’sirni anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim
natijasida kamolotga yerishib borishi mumkinligini anglaymiz.
3) Abu Rayhon Beruniy “O’tmish avlodlardan qolgan
yodgorliklar”, “Hindiston”, “E’tiqodlar va dinlar haqida” kabi
ko’pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasiga oid qimmatli
fikrlarni yozadi. Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman
axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson
tabiati ota-ona. Avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko’ra, bola
tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunaga benihoya kattadir. Masalan,
u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Ja’far tilidan shunday deb
yozadi. “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Yeringga tez-tez
tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. Chunki, tanbeh nafrat
uyg’otadi. O’zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita
surmadir. Yana xushbo’y atirlardan foydalangin. Ularnig ichida eng


yaxshisi suvdir”. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand
tarbiyasiga ta’lluqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi.
Oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud emas ekan, u yerda
ma’naviy poklik ham bo’lmaydi. Bu fikrini tanni toza tutish
bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi.
Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi
fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to’g’risidagi
g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy
sog’lomlik bilan ma’naviy kamolot o’rtasidagi o’zaro muvofiqlik,
mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir.
Beruniy aytishicha, odam-odamni talamaydigan va xo’rlamaydigan
yomonchilik bo’lmaydigan davrlarda odamlar tinch-totuv
yashaganlar, ular o’rtasida o’zaro oqibat bo’lgan, birgalashib savob
ish qilganlar. Binobarin, bunday ma’naviy muhit bolalarning
tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi. 
Oliyjanoblik odamgarchilik jamiyatda qaror topsa, bu fazilatlar
kishilar hayotiy faoliyatiga kirib borishi oson bo’ladi, degan fikrni
olg’a surgan.
Beruniyning yozishicha, kishilar hayotlarida turli holatda
bo’ladilar va turlicha harakat qiladilar. Ularning ayrimlari bilan
maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi
bolalar ko’z o’ngida yuz beradi. Buni to’la his etgan ota-ona ehtiyot
bo’lmoqlari zarur. 
Ota-onalar bilan birga harakat qilishlari, turli o’yinlar
uyushtirishlari, ular bilan birga o’zaro suhbatlar o’tkazishlari
maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Bu bilan Beruniy bolalarni
tarbiyalashning muayyan uslubiyotini ham asoslab bergan.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni
tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish
va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali yerishilishini aytib,
ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan
narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-
onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi.
Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina
qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon
xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha bola
organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining


mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham
ilmiy asoslab beradi.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni
tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishidan,
qo’rqishdan va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini
aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan
narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-
oaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi.
Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi, bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina
qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon
xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha, bola
organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining
mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham
ilmiy asoslab beradi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning
ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator
asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi
bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni
asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik
qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol
insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.
Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”,
“Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi
asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu
qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi
bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida
katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.



Download 354.29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 354.29 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ibn Sino va zamondosh hamda uztozlarining oila

Download 354.29 Kb.
Pdf ko'rish