• Amaliy ahamiyati
  • Kurs ishining dolzarbligi




    Download 354.29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana16.05.2023
    Hajmi354.29 Kb.
    #60085
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-05 05-49
    Festivals, ADOBE ILLUSTRATOR CS6 YUKLAB OLISH, 1-mavzu pul va banklar, 1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax, “ТАШКЕНТ-ХЛЕБНЫЙ ГОРОД. ТОШКЕНТ-СОВРЕМЕННҚЙ МЕГАПОЛИС.” (ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВСЕХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ), Banklarda depozit operatsiyalari hisobi, 1. Nomanfiy butun sonlar haqida O’nlik sanoq sistemasida amallar, 1307236, O‘RQ-644 27.10.2020, а, O\'zbek tilining tarixiy grammatikasi Fonetika, morfologiya, sintaksis, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, 18. Жигар патофизиологияси, 1-kurs 1-semestr YN test savollari (4)
    Kurs ishining dolzarbligi: talabalarda tarixiy tasavvurni
    shakllantirish va zamonaviy ilmlarda qo`llay olish ko`nikmalarini
    shakllantirish;
    O`rganilish darajasi: Tarixiy, ilmiy va badiiy asarlari
    yordamida o`rganish;
    Maqsad: talabalarda tarixiy tushuncha shakllantirib hozirgi
    zamon talabiga mos ravishda qo`llashga o`rgatish;
    Vazifa: yo`qolib ketish arafasidagi asarlarni to`plash, yig`ish,
    tahlil qilish hamda kelajak yosh avlodga yetkazib berish:
    Amaliy ahamiyati: manbalarni tahlil qilish va amaliyotda
    qo`llay olish;
    Ishning tuzilishi: adabiyotlar va internet manbalarini to`plash
    hamda kirish, asosiy qism va xulosa qismlari bilan to`ldirish.
    Axloq fani vositasida, –deb yozgan edi Ibn Sino , – inson o‘z
    xatti-harakatlarini o‘rganib, kelgusida baxtli va faravon yashashga
    harakat qiladi.
    1
    Bugungi kun imkoniyatlaridan foydalangan holda, tarixni
    tadqiq etish, o‘tmishdagi allomalarning ishlarini kelajakka
    yetkazish, o‘tmishdan xulosa chiqarib, o‘rnak olish muhim ahamiyat
    kasb etadi. Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda
    alohida g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
    1 Irisov A Ibn Sino – ma’rifatparvar adib T.: Qizil O’zbekiston – 1962 15 -b


    1. Ibn Sinoning dunyoga kelishi va taqdir yo`li.
    Ulug` mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) Buxorodan
    30 km. uzoqlikdagi Somoniylar davlati hududida joylashgan kichik Afshona
    qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida hijriy 370 (980)-yil 16 (21)-avgust
    kuni dunyoga keldi. Uning asl ismi Husayn ibn Abdulloh. Ibn Sinoning
    to‘liq nomi Abu Ali – Al Xusein Ibn Abdullo ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino
    13 ta so‘z 47 ta xarfdan iborat, ko`pincha qisqartirib Abu Ali ibn Sino yoki
    Ibn Sino deb yuritiladi. Ibn Sino barcha davrlarda o’tgan olimu-ulamolar
    ichida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ibn Sinoning ilm-fan va
    madaniyatiga qo‘shgan hissasi rad qilib bo‘lmas faktdir. U ensiklopedik
    bilimlarga ega bo‘lib, turli fanlarda kashfiyotlar qildi. Abu Ali ibn Sinoning
    qimmatli merosi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida hal qiluvchi o‘rinni
    egallaydi.
    U insoniyat tarixida yorqin chuqur iz qoldira olgan buyuk dahodir.
    O`sha vaqtda uni Husayn deb atagan bo`lsalar, sharqda Sheyxulrais, g`arbda
    Avitsenna - O'rta asr fors olimi, faylasufi va tabibi, Sharqiy aristotelizmning
    vakili., arablar esa Abu ali Alhusayn ibn Abdullo ibn Hasan ibn Sino deb atar
    yedilar. 
    O‘rta Osiyo va Eronda yashagan, turli hukmdorlar paytida tabib va vazir
    bo‘lgan. Ibn Sino risolalari Sharq hamda G‘arbda bag‘oyat mashhur.
    Yevropada ibn Sino Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan. “Tib qonunlari”
    nazariy va klinik meditsina entsiklopediyasi — yunon, rum, hind hamda
    o‘rta osiyolik tabiblar nuqtai-nazari jamlanmasi — bir necha asr davomida,
    hatto Ovrupada ham zarur qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
    Bizning vaqtimizgacha yetib kelgan o‘zi haqidagi tarjimai xolida
    yozishicha, “Otam Balxdan bo‘lgan va u yerdan Buxoroga somoniylardan
    Nuh ibn Mansur (976-997) hukmronligi davrida keladi va u yerda o‘z ishini
    devonxonadan boshlaydi. Uning lavozimi - Buxoro yaqinidagi tuman
    markazi bo‘lmish Xarmaysanni boshqarish bo‘lgan. Shu yerlarga yaqin
    qishloqdagi Afshonalik qizni, ya’ni mening bo‘lajak onam Sitora - yulduzni
    xotinlikka oladi. U yerda avval men, keyin mening akam dunyoga keladi.”
    Ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan
    buyuk siymolardan bo’lib, uning ilmiy ishlari xorazmlik buyuk ensiklopedist
    olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asarlari bilan birgalikda o`sha davr
    fani taraqqiyotining eng yuqori cho`qqisini tashkil etadi.
    Abu Ali Ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, O‘rta Osiyo
    tuprog‘idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi.


    Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o‘tkazmagan va qalam tebratmagan
    sohasi yo‘q desa ham bo‘ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo‘shgan ulkan
    hissasi bebahodir. Ibn Sino ko‘p qirrali ilm sohibi bo‘lgan buyuk siymodir.
    Tibbiyot olamida Ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi
    buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. Somoniylar davrida Afshona katta
    shaharlar sirasiga kirgan va shahar ichida qal'a ham bo‘lgan.
    Ibn Sinoning otasi Abdulloh katta boy bo‘lib, badavlat va o‘qimishli,
    ismoilit (sobiq islomga qarshi) o‘qishlariga yaqin kishi bo‘lganki, o‘sha
    davrda podshohga soliq teradigan vazirlardan bo‘lgan. Ibn Sinoning otasi uni
    izdoshlari safiga qo‘shgan. Garchi ibn Sino ismoilitlardan bo‘lmagan, lekin
    ularning xutbalari ma’nosi bilan sinchkoflik ila qiziqqan. Ehtimol, Ibn Sino
    ismoilitlardan o‘zining Qur’onga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini
    o‘zlashtirgandur.
    5 yoshgacha Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga ko`chib kelib,
    Afshona qishlog‘ida yashaydilar va uni shu yerda o`qishga beradilar. Keyin
    Ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko‘chib kelgan. Bolakayni
    boshlang‘ich musulmonlar maktabiga joylashadi va u yerda o‘n yil ta’lim
    oladi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliy dan mantiq,
    falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rgandi. U asosan tabobat ilmiga
    qiziqardi. Husaynning atrofidagilar iqtidorli o’smirning erishgan
    yutuqlaridan hayratga tushar edilar. Otasi o’g’liga yanada kuchliroq ta’lim
    berish uchun uni maktabdan chiqarib olib, uyga alohida bilimi kuchli
    muallimni yolladi. Bu muallim ulug’ yoshdagi qariya bo’lib, Husaynga
    fizika, astronomiya, falsafa, geogafiya va boshqa shu kabi fanladan chuqur
    ta’lim berdi.
    10 yoshga to'lganida, arab tilini mukammal bilib olgan ibn Sino
    musulmonlarning asosiy kitobi bo'lgan Qur'onni deyarli butunlay yod olgan,
    Qur’onni xatib Ubaydning o‘zi ham yoddan bilgan. Shundan keyin Husayn
    maktabga bormagan. O‘n yoshida, ya’ni 990-yilga borib, Husayn ta’limining
    boshlang‘ich davrini yakunlaydi. U Qur’onni yoddan aytib, o‘z xotirasi bilan
    barchani hayratga soladi va arab adabiyotini nihoyatda zo‘r bilishi bilan
    barchani lol qoldiradi. Shu vaqtdan e’tiboran, Ibn Sino shayh bo‘ladi. Mana,
    shaxsiy tarjimai xolidan parcha: “O‘n yoshimda men Qur’onni yod oldim va
    adabiyot fanini o‘rganib katta muvaffaqiyatlarga erishib, barchani qoyil
    qoldirdim”.
    Til adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi
    fanlarni to‘liq o‘zlashtiradi. Ayniqsa, tib ilmida u juda tez kamol topa


    boshlaydi. „Tib ilmi, — deb yozadi Ibn Sino o`z tarjimai holida, – qiyin
    ilmlardan emas, shu sababli qisqa muddat ichida bu fandan juda ilg`orlab
    ketdim, endi hatto bilimdon tabiblar ham huzurimga kelib tib ilmidan dars
    oladigan bo`ldilar. Bemorlarni ham ko`rib turardim va shu yo`sinda orttirgan
    tajribalarim natijasida muolaja eshiklari menga shu qadar keng ochilib
    ketdiki, uni ta’riflab berish qiyin”. Ibn Sino ta'sirchan bilimga ega bo'lganligi
    sababli, otasi uni musulmon qonunlari va tamoyillari chuqur o'rganilgan
    maktabga yuborgan. Biroq, o'qituvchilar bolaning turli xil masalalarni yaxshi
    bilishini tan olishlari kerak edi.
    12 yoshida, uning oldiga ham o'qituvchilar, ham mahalliy
    donishmandlar maslahat so'rab kelishgan. 
    13 yoshida boshlang`ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bolan
    shug`ullana boshlaydi. Ibn Sino tibbiyot, musiqa va geometriyaga qiziqishni
    rivojlantirdi. Aristotelning "Metafizika" asari yigitga katta taassurot qoldirdi.
    14 yoshida yigit tibbiyotga oid u yoki bu tarzda shaharda mavjud bo'lgan
    barcha asarlarni tadqiq qildi. Hatto o'z bilimlarini amalda qo'llash uchun,
    ayniqsa kasallarni davolashga harakat qildi. Shunday qilib, Buxoro amiri
    kasal bo'lib qoldi, ammo uning biron bir shifokori uning kasaliga hukmdorni
    davolay olmadi. Natijada, unga to'g'ri tashxis qo'ygan va tegishli
    davolanishni tayinlagan yosh Ibn Sino taklif qilindi. Shundan so'ng u
    amirning shaxsiy shifokori bo'ldi. Husayn hukmdor kutubxonasiga kirish
    huquqini qo'lga kiritganida ham kitoblardan bilim olishni davom ettirdi.
    Ko’p o’tmay zehni o’tkir Husayn o’quvchi bo’lishiga qaramasdan, uy
    muallimi bilan bir darajadagi ilmga ega bo’ldi, shundan keyin u turli xil
    fanlarni mustaqil ravishda o’rganishga kirishdi. Bilim darajasida kattalarni
    ham ortda qoldira oladigan Husayn 14 yoshida tabobat bilan qiziqa boshladi.
    Shahardagi barcha ilmiy asarlarni o’qib-o’rgandi, ushbu sohaning sir-
    asrorlarini o’rganish uchun eng og’ir bemorlarni borib ko’rdi. Ibn Sinoning
    tabobat bilan shug’ullanishiga o’sha davrning tabibi va tabobat darsligining
    muallifi – Abu Sahl Masihiy sabab bo’ldi.
    16 yoshida ulug` xakim, shifokorlik ilmini puxta va chuqur o‘rganishga
    muvaffaq bo‘ladi, o‘sha davrning mashhur tabiblari undan maslahat olib
    turishadi. Bir safar Buxoro amirining o‘zi unga yordam so‘rab murojaat
    qiladi.
    17 yoshidayoq o‘zining "Ma’naviy kuchlarni tadqiq qilish" falsafiy
    asarini yozadi. Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Buxoroda
    Avitsena shaharga kelgan olim Abu Abdallah Natli bilan falsafa, mantiq va


    astronomiyani o'rgangan. Shundan so'ng, u mustaqil ravishda ushbu va
    boshqa sohalarda bilim olishni davom ettirdi. Bir kuni saroyda noodatiy holat
    yuz berdi: mamlakat amiri kasal bo’lib qoldi, biroq saroy tabiblaridan
    birortasi uni davolay olmadi. Shunda amirni davolash uchun yosh Ibn Sino
    taklif qilindi. U esa o’z navbatida to’g’ri tashhis qo’yib, kasallik turini
    aniqlay olgan va amirni muvaffaqiyatli davolagan. Bu paytda Husayn 17
    yoshda edi, shunga qaramasdan u amirning shaxsiy tabibi etib tayinlandi.
    O‘sha kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal
    bo‘lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Buxoroda o‘sib-ulg‘aygan
    yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borgan edi, uni amirning
    davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning nazoratida davolangan
    bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy
    kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu kutubxona o‘sha
    vaqtda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan
    sanalardi. Bir necha til davomida kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish
    natijasida Ibn Sino o‘z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U
    davrda shu qadar bilimga ega bo`lgan boshqa bir kishini topish mushkil edi.
    18 yoshida Sharqning buyuk olimi bo`lib tanildi. 18 yoshida Ibn Sino
    shu qadar chuqur bilimga ega ediki, u Sharq va Markaziy Osiyoning eng
    taniqli olimlari bilan yozishmalar orqali erkin bahslasha boshladi. 
    20 yoshida u bir qancha ilmiy asarlarni, shu jumladan keng
    ensiklopediyalarni, axloqiy kitoblarni va tibbiy lug'atni nashr etdi. Uning
    tarjimai holi davrida Ibn Sinoning otasi vafot etdi va Buxoroni turk qabilalari
    egallab oldi. Shu sababli donishmand Xorazmga ketishga qaror qildi.
    Xorazmga ko'chib o'tgan Ibn Sino tibbiy amaliyotini davom ettirishga
    muvaffaq bo'ldi. Uning yutuqlari shunchalik ulkan ediki, mahalliy aholi uni
    "shifokorlar shahzodasi" deb atay boshlashdi. O'sha paytda rasmiylar
    jasadlarni ekspertizadan o'tkazish uchun har kimga taqiq qo'ygan. Buning
    uchun buzuvchilar o'lim jazosiga duch kelishdi, ammo Ibn Sino Masihi ismli
    boshqa shifokor bilan birga otopsiyani yashirin ravishda davom ettirdi.
    20 yoshida Ibn Sino bir necha kitoblar yozib ulgurgan edi: 1.Katta
    entsiklopediya. 2. Etikabo’yicha nashr. 3.Tabobat lug’ati. Biroq boshlangan
    urush shahardagi tinchlikni buzdi. Buxoro turk qabilalari tomonidan ishg’ol
    qilindi. Poytaxtda vayronalar, yong’inlar avj oldi. Husaynning otasi aynan
    shu davrda halok bo’ldi, va u savdo karvonlariga qo’shilib, Xorazmga yo’l
    oldi.


    21 yoshida olim "Al-Majmul" kitobini yozib, unda she’riyat, ritorika va
    boshqa fanlar haqida o‘z fikrlarini bildiradi. Ibn Sino Buxoroda yashagan
    davrida, ya’ni 1002-yilgacha Aristotel asarlaridan falsafani, Evklid
    asarlaridan geometriyani, Ptolemey asarlaridan astronomiyani zo`r qunt bilan
    o`rgandi. Bunga ibn Sino somoniylar davlatining amiri No`h ibn Mansurni
    muvaffaqiyatli davolaganligi tufayli amir o`sha vaqtlarda Sharqda tengi yo`q
    darajada boy kutubxonasidan shu asarlardan foydalanishga ruxsat berganliga
    va u ana shu asarlarni qunt bilan o`rganganganligi sabab bo`ldi. Biroq ibn
    Sinoning Buxorodagi ijodiy faoliyati uzoqqa cho`zilmadi, chunki bu vaqtda
    somoniylar sulolasi o`zinnng so`nggi kunlarini yashamoqda edi. 1002-yil
    Buxoro turklar tomonidan qamal qilinib, somoniylar sulolasi ag‘darilgach,
    Ibn Sino Xorazm hokimi saroyiga Urganchga yo‘l oladi. U yerda Ibn Sinoni
    “shifokorlar hokimi” deya nomlashgan. 


    2. Ibn Sinoning metidsinaga oid asarlari, “Tib qonunlari” asari haqida.
    Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot o‘z umri
    davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va
    falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika,
    musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. Abu Ali ibn Sino
    Sharq peripatetizmining atoqli vakili. Uning peripatetik falsafasi “Kitob ash-
    Shifo”, “Najot”, “Al-Ishorat va at-Tanbihot” , “Donishnoma” «Kitob ash-
    shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5
    kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi»,
    «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza»,
    «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va
    shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.asarlarida keng
    bayon etilgan. Ibn Sinoning axloqiy ta’limoti uning ijtimoiy-siyosiy va
    falsafiy g‘oyalaridan kelib chiqadi.
    Ta’limot shaklida u ham ontologiya sohasida, ham gnoseologiya
    sohasida ichki o‘zaro bog‘liq bir tamoillar va nizomlardan tarkib topgan
    tizimdek qabul qilinadi. Bu tamoillar va nizomlar borliq va anglab
    yetmoqlikning umumiy muammolarini tushuntirib berishga xizmat qiladi.
    Abu Ali ibn Sinoning peripatetik falsafasining muhim tamoili olamning
    boshlang‘ich va abadiyligi haqidagi ta’limotidir. Bu uning emonatsiya
    nazariyasiga ko‘ra paradoksiya bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo, bu yerda
    hech qanday paradoksallik yo‘q, agar Ibn Sino “Xudo va olamni abadiy
    birgalikda” – degan nazariya tarafdori ekanligini inobatga olsak, olamning
    boshlang‘ich va abadiylik konsepsiyasini Ibn Sino ta’riflab, mantiqiy va
    argumentlar bilan isbotlab beradi. Borliq masalasida to‘xtalib, ma’naviy
    borliq tushunchasini atroflicha izohlab beradi.
    Ibn Sinoning asosiy meditsina asarlari va meditsinaga oid ishlari
    • “Tibbiyot fani qonuni” («Kitab al-Kanun fi-t-tibb») -
    ensiklopedik xarakterdagi asar bo‘lib, unda qadimgi davr mediklarining
    ko‘rsatmalari arab meditsinasining yutuqlari bilan o‘zaro qayta ishlangan.
    “Qonun”da Ibn Sino kasalliklar allaqanday mayda bo‘laklar oqibatida paydo
    bo‘lishini ko‘rsatgan. U birinchi bo‘lib chechakning yuqumliligiga e’tibor
    qaratgan, vabo va o‘latning farqini aniqlagan, moxo‘v kasalligining
    boshqalardan farqini ko‘rsatib, unga izoh bergan va boshqa bir qator
    kasalliklarni o‘rganib chiqqan. “Tibbiyot fani qonuni”ning lotin tiliga
    o‘girilgan ko‘plab tarjimalari mavjud. “Qonun” besh qismdan iborat bo’lib,


    ikkisi dori vositalari va dorivorlarga hamda ularning tayyorlanish ta’rifiga
    bag‘ishlangan. Kitobda keltirilgan 2600 dori vositalaridan 1400 tasining
    kelib chiqishi o‘simlik ko‘rinishidadir.
    • “Dori vositalari” («Al-Adviyat al kalbiya») — Xamadonga
    birinchi borishi vaqtida yozgan. Mazkur asarda pnevma hosil bo‘lganda va
    namoyon bo‘lganda yurak faoliyati, xususan, yurak kasalligi va davosi
    haqida batafsil yoritib berilgan.
    • “Xatolarni to‘g‘irlash va ogohlantirish orqali turli usullarda olib
    tashlash” («Daf’ al-mazorr al kulliya an al-abdon al insoniya bi-tadorik anvo’
    xato an-tadbir»).
    • “Sharobning foydasi va zarari haqida” («Siyosat al-badan va
    fazoil ash-sharob va manofi’ix va mazorix») — Ibn Sinoning eng qisqa
    risolasi.
    • “Tabobat haqida doston” («Urdjusa fit-tib»).
    • “Tomir urushi haqida risola” («Risolayi nabziya»).
    • “Sayohatchilar uchun tadbirlar” («Fi tadbir al-musofirin»).
    • “Shahvoniy kuch haqida risola” («Risola fil-l-box») — kasallik,
    uni oldini olish va shahvat buzulishlarini davolash ifodalangan.
    • “Sirka-asal haqida risola” («Risola fi-s-sikandjubin») — turli
    tarkibga ega sirka va asalni tayyorlash va kasalliklarda iste’moli ta’riflangan.
    • “Sachratqi haqida risola” («Risola fil-xindabo»).
    • “Qon olishda qon tomirlar” («Risola fil-uruk al-mafsuda»).
    • «Risola-yi judiya» — quloq, oshqozon, tish kasalliklari ta’rifi
    keltirilgan. Bundan tashqari, unda gigiyena muammolari keltirilgan. Ayrim
    tadqiqotchilar Avitsennaning muallifligiga shubha qilishadi.
    Sog‘lomlashtiruvchi mashqlar
    Ibn Sino o‘z asarlarida jismoniy mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi va
    davolovchi tajribadagi o‘rni va roli haqida yozadi. Jismoniy mashqlarga
    to‘xtovsiz, chuqur nafas olishga olib keluvchi erkin harakatlar, deya ta’rif
    bergan.
    Agar inson mo‘’tadil va o‘z vaqtida jismoniy mashqlar bilan
    shug‘ullansa va tartibga rioya qilsa, u davoga ham, dorilarga ham muhtoj
    bo‘lmaydi, deya tasdiqlagan. Mashqlarni to‘xtatar ekan, u so‘nadi. Jismoniy
    mashqlar mushaklarni, bo‘g‘imlarni, asabni mustahkam qiladi. Shuningdek,
    u mashqlarni bajarishda yoshni ham inobatga olishni maslahat bergan.
    Uqalash, sovuq va issiq suvda chiniqish kabi muolajalarda to‘xtalgan.
    Tabobat


    Xorazmda yosh tabib ko’plab do’stlar orttirdi, ko’p o’tmay esa uning
    ustozlari Masihiy va Beruniy ham yetib keldilar. Mahalliy shahar hokimi
    saroyda olimlarning yig’ilishib, samarali muloqot qilishlariga izn berar va
    shu bilan ilm-fan rivojiga hissasini qo’shar edi.
    Shu yo’sin Husayn va uning safdoshlari bir necha yillar davomida ilm-
    fan tadqiqotlari va ishlari bilan xotirjam shug’ullandilar.
    U davrlarda inson tanasining tuzilishini o’rganish maqsadida o’lgan
    odamlarning jasadini yo’rish ta’qiqlangan edi. Bu qonunni buzgan inson
    o’lim jazosiga mahkum qilinar edi, biroq Ibn Sino va Masihiy bu ishni
    xufyona qilib yurdilar. Biroz vaqt o’tgach, bu ikki olimni poytaxtga sulton
    huzuriga chaqirib qoldilar. Bunday chaqiruvlar olim va shoirlarni qatl qilish
    uchun uyushtirilar edi.
    O’lim daragini sezgan ikki tabib qochishga qaror qildilar. Ular cho’ldan
    yurib borar ekanlar, qum bo’roniga duch kelib qoldilar, yo’ldan adashib, suv
    va ovqatsiz qoldilar. Keksa yoshdagi Masihiy bunday og’ir sharoitga bardosh
    bera olmay vafot etdi, Ibn Sino esa bu qiyin sharoitni yengib o’ta oldi. U
    uzoq yillar davomida jahldor sulton qahridan qochib, berkinib yurdi, ismini
    o’zgartirib, ishini davom ettirdi va kitoblar yozdi.
    1016-yilda Ibn Sino Xamada shahrida qo’nim topdi. U paytda bu
    yerlarni savodi kam bo’lgan amirlar boshqargan, bu narsa esa Ibn Sinoga
    juda qo’l kelgan. Bu yerda u mahalliy amirning bosh tabibi lavozimini
    egalladi hamda bosh vazir unvoniga ega bo’ldi.
    Xamada shahrida yashar ekan Husayn o’zining asosiy ishi – “Tib
    qonunlari” nomli kitobini yozib tugatdi. Ushbu kitob beshta tomdan
    iborat:
    *1-tom: tibbiyot ilmi – o’tkir va surunkali kasalliklarning ta’rifi,
    ularning tashhisi, davolanishi, jarrohlik.
    *2-tom: tabiiy giyohli dorilar haqida hikoyalar.
    *3- va 4- tomlar: inson tanasidagi kasalliklar, a’zolardagi sinishlarni
    davolash bo’yicha tavsiyalar.
    *5-tom: Ibn Sino tarafidan mustaqil tayyorlangan murakkab tarkibli
    dorilar xususiyatining ta’rifi hamda Yevropa va Osiyodagi qadimgi
    tabiblarning yozuvlaridan manba sifatida foydalanilganligi.
    Ibn Sinoning aniqlashicha, viruslar infektsion kasalliklarning
    qo’zg’atuvchisi hisoblanadi, biroq bu faraz 800 yildan keyingina fransuz
    olimi Paster tomonidan tasdiqlandi.


    Ibn Sinoning tomir urishi haqidagi falsafasi ham diqqatga sazovordir. U
    kitobida bu haqda kengroq ma’lumot bergan. Olim shuningdek, o’lat, gepatit,
    vabo va boshqa shu kabi kasalliklarga birinchilardan bo’lib, ta’rif bergan.
    Qisqa davr ichida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi barcha
    mamlakatlarda foydalanadigan dunyo miqyosidagi entsiklopediyaga aylandi.
    Kimyo sohasida Ibn Sino efir moylarini haydash jarayonini ochgan.
    Xlorid, oltingugurt va azot kislotalari, kaliy va natriy gidroksidini chiqara
    olgan.
    Turli manbalarda uning 29 ta fan sohasidagi 450 dan ortiq asarlari qayd
    etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va
    bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot
    va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi
    psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi
    matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi
    adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga
    bag‘ishlangan. 
    «Tib qonunlari» kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili
    Rimda, keyinchalik u hozirgi Kohira (1873,1877,1879), Tehron (1889),
    Laknav (1906) va Lohur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning
    Toleda shahrida 1130 yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va
    Kremonalik Gevard (1114 – 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab tilidan lotin
    tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab «Tib qonunlari» kitobi
    Yevropa vrachlari qo‘lidagi asosiy qo‘llanmaga aylanadi va universitetlarda
    tibbiyot fani shu asar buyicha o‘qitilgan.
    Avitsena tezda amirning bosh shifokori lavozimini egalladi va
    keyinchalik vazir-vazir lavozimiga sazovor bo'ldi. 
    Bu davrda biografiya Ibn Sino o'zining asosiy asari - "Tibbiyot kanoni"
    ning birinchi qismini yozishni yakunladi. Keyinchalik u yana 4 qism bilan
    to'ldiriladi.
    Kitobda surunkali kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari, suyaklarning
    sinishi va giyohvand moddalarni tayyorlashni tavsiflashga e'tibor qaratilgan.
    Shuningdek, muallif Evropa va Osiyodagi qadimgi shifokorlarning tibbiy
    amaliyotlari haqida gapirdi.
    Qizig'i shundaki, Ibn Sino viruslar yuqumli kasalliklarning ko'zga
    ko'rinmas qo'zg'atuvchilari vazifasini bajarishini aniqlagan. Shunisi e'tiborga
    loyiqki, uning farazini Paster faqat 8 asrdan keyin isbotladi.


    Ibn Sino o'z kitoblarida pulsning turlari va holatlarini ham tasvirlab
    bergan. U vabo, vabo, sariqlik va boshqalar kabi jiddiy kasalliklarni
    aniqlagan birinchi shifokor edi.
    Avitsena vizual tizimni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. U inson
    ko'zining tuzilishini har bir tafsilotda tushuntirib berdi.
    O'sha vaqtga qadar Ibn Sinoning zamondoshlari ko'zni o'ziga xos kelib
    chiqishi nurlari bilan biron bir chiroq deb o'ylashadi. Eng qisqa vaqt ichida
    "Tibbiyot kanoni" jahon ahamiyatiga ega bo'lgan entsiklopediyaga aylandi.
    Ayni paytda Ibn Sinoning biograflari deyarli uning shaxsiy hayoti
    haqida hech narsa bilishmaydi.
    Olim ko'pincha yashash joyini o'zgartirgan, bir joydan boshqasiga
    ko'chib o'tgan. U oila qurishga muvaffaq bo'ldimi yoki yo'qligini aytish
    qiyin, shuning uchun bu mavzu hali ham tarixchilarning ko'plab savollarini
    tug'dirmoqda.
    O‘zbekiston sharqshunoslari «Tib qonunlari» ning besh kitobini
    arabchadan o‘zbek va rus tillarida tarjima qilishdi va ularni 1954 –1961-
    yillar mobaynida Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar.
    Umuman, «Tib qonunlari» besh kitobdan iborat va ular quyidagilar: 
    Birinchi kitob – tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning
    umumiy masalalari haqida ma'lumot beradi. Tabobat ilmining ta'rifi, uning
    vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta'limot bayon qilinadi. Keyin odam
    tanasining «oddiy» a'zolari – suyak, tog‘ay, asab, arteriya, vena, pay,
    mo‘shaklar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib
    chiqish sabablari, ko‘rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning
    umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma
    bosqichlarida sog‘liqni saqlash haqidagi ta'limot batafsil bayon qilinadi. 
    “Rahmdillik” omadsizlikka uchragan yoki boshqa og‘ir kulfat tushgan
    insonlarga hamdard bo‘lish.
    2
    Ikkinchi kitob – o‘sha davr tabobatida qo‘llanilgan dori-darmonlar
    haqida zaruriy ma'lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda
    o‘simlik, hayvon va ma'danlardan olinadigan 800 dan ortiq doridarmon
    ta'rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo‘llanish usullari bayon qilingan. 
    2 Jonmatova X ., Abu Ali Ibn Sino ta’lim tarbiya to’g’risida T.: Fan 1980 81-b


    Muallif O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O‘rta Sharq
    mamlakatlaridan chiqadigan – dori-darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy,
    Yunoniston, Afrika, O‘rta yer dengizi orollari va boshqa joylardan
    keltiriladigan ko‘plab dorivor moddalarni ham ko‘rsatib o‘tadi. 
    Uchinchi kitob – Inson tanasining boshidan tovonigacha bo‘lgan
    a'zolarida yuz beradigan «Xususiy» yoki «Mahalliy» kasalliklar haqida
    ma'lumot beradi. Ya'ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga
    bag‘ishlangan. Unda bosh, miya, ko‘z, kuloq, burun, ogiz bo‘shlig‘i, til, tish,
    milk, lab, tomoq, o‘pka, yurak, qizilo‘ngach, oshqozon kasalliklari, so‘ngra
    jigar, o‘t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a'zolar kasalliklari haqidagi
    ma'lumotlar keltirilgan. 
    To‘rtinchi kitob – inson a'zolarining birortasi xos bo‘lmagan «umumiy»
    kasalliklarga bag‘ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buhronlar), shishlar,
    toshmalar, yara-chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli jarohatlar
    kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda o‘ta yuqumli kasalliklar: chechak,
    qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida so‘z boradi.
    Ibn Sino astronomiya sohasida Arastuning yulduzlarga Quyosh nuridan
    yorug‘lik tushadi degan qarashlariga qarshi chiqarkan, yulduzlar o‘z
    yorug‘ligi bilan porlaydi, shuningdek, sayyoralar ham o‘zi nur sochadi, deya
    tahmin qilgan. 1032 yil 24 may kuni Zuhra sayyorasi Quyosh gardishidan
    o‘tayotganini kuzatganini ma’lum qilgan. Biroq, hozirgi zamon olimlari
    mazkur o‘tish aynan shu yerda va shu vaqtda bo‘lganligiga gumon qilishadi.
    Bu kuzatuvdan u ptolomey kosmologiyasiga binoan, Zuhra sayyorasi gohida
    Yerga Quyoshdan ko‘ra yaqinoq kelishini asoslash maqsadida foydalangan.
    Ibn Sino, shuningdek, Ptolomey kitobiga izohi bilan Almagest
    kompediumini yozgan.
    Gurgandaligida Ibn Sino shu shaharning jo‘g‘rofik koordinatlari haqida
    risola yozgan. Ibn Sino Abu -l -Vafo va al-Beruniylar qo‘llagan usuldan
    foydalana olmagan va yangi usulni taklif qilgan. Unga ko‘ra, u Oyning eng
    baland nuqtasining o‘lchami va Bog‘dod balandligini taqqoslash orqali sferik
    trigonometriya qoidalari asosida hisoblashni taklif qilgan.
    “Kuzatilinayotgan asbobni loyihalashda boshqa usullardan afzal usul
    kitobi”da Ibn Sino o‘zi ixtiro qilgan kuzatuv asbobiga ta’rif berarkan, uning
    fikricha, astrolyabiyani o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan; bu asbobda o‘lchovni
    aniqlash uchun ilk bora nonius usulidan foydalanilgan.


    3. Abu Ali Ibn Sino inson va uning ma`naviy kamolot masalasi haqida.
    Abu Ali ibn Sino o‘zining “Axloq haqidagi risola”sida axloqiy
    xislatlardan or- nomus, sha’n, qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g‘ayratlilik,
    sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo‘lish, ochiqlik,
    vijdonlilik, do‘stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs
    ma’naviyati kategoriyalariga ta’rif beradi.
    Ibn Sino o‘zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib,
    kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo‘lish
    sabablari haqida to‘xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning
    hammasi odatdan paydo bo‘ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo‘lishiga
    hukumat ahllarning ham ta’siri kattadir.
    “G‘ayratlilik” olimning fikricha, g‘azabiy quvvatga mansub bo‘lib,
    bunda inson har qanday og‘riq va alamlarga befarq qaraydi.
    “Hikmat” tamyiziy quvvatga mansub bo‘lib, insonni xato va
    yanglishishlardan asraydi. “Qanoat”, ya’ni mo‘’tadillikka ta’rif berib, Ibn
    Sino uni tana uchun normadan ortiq ozuqani iste’mol qilishdan saqlanish
    yoki xulq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik deb
    tushuntiradi.
    “Sabr” insondagi shunday quvvatdirki, u orqali inson boshiga tushgan
    yomonlikdan xoli bo‘ladi.
    “Yumshoqlik” g‘azabning yuz berishidan o‘zini tutishdir. Kimki o‘zini
    g‘azabdan tuta olmasa, u oqibatda jinoyat sodir bo‘ladigan fe’l-atvorga
    giriftor bo‘ladi. G‘azabdan o‘zini tutishni Ibn Sino insonning
    oliyjanobligidir, deb juda to‘g‘ri ta’kidlaydi.
    Ibn Sinoning axloqqa bag‘ishlangan risolalaridan yana biri “Burch
    risolasi”dir. Bu asar 1910 – yili Misrda chop etilgan. Bu yerda Ibn Sino,
    asosan, odam o‘zini doimo pokiza tutishi kerakligi, insonlar bilan qanday
    muomala qilish lozimligi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tadi.
    3
    Ma’lumki, xalqimizning ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida
    to‘plangan madaniy meros, ma’naviy qadriyatlar milliy madaniyatimizning,
    milliy mafkuramizning nazariy asosini tashkil etadi va jamiyatimizning
    ma’naviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
    3. Jonmatova X “ Abu Ali Ibn Sino ta’lim tarbiya to’g’risida ” T.: O’zbekiston
    1980 10-b


     “Vijdonlilik” tez fahmlash, his orqali berilgan biror narsaning haqiqiy
    ma’nosiga tez yetishdir va turli xil yomon ishlardan o‘zini tiyib turishdir.
    Ibn Sino hayotining so‘ngi kunlarida yozgan “Al-Ishorat va at-tanbihot”
    asarida baxt-saodat haqida keng ta’rif berib ketgan. Ichki lazzatning tashqi
    lazzatdan uztunligi to‘g‘risidagi nazariyalarini misollar asosida tushuntirib
    o‘tgan.
    1005-yilda Ibn Sino Xorazmga ko‘chib o‘tadi. Yetti yildan so‘ng u
    Jurjonga, keyin esa Xuroson va Eron shaharlariga jo‘naydi. Jurjonda Ibn
    Sino mashhur "Tib qonunlari" nomli ko‘p jildlik asari ustida ish boshlaydi.
    Hammasidan ham, Ibn Sino shifo ilmi keng ommalashishini istagan. Asar
    bugungi kunda ham dolzarbdir. Dunyoning turli burchaklaridagi shifokorlar
    va olimlar tobora ko‘proq Ibn Sinoning ilmiy xulosalariga murojaat
    qilmoqdalar. Axir uning g‘oyalari har qachongidan ham dolzarbdir. Masalan,
    olim kasallikni davolashdani muhim jihatlarni yozadi.
    Bilmak kerak dard kecharmi og‘ir, yengil,
    Qisqa, uzoq muddat ichra — uzil-kesil.
    Dard kasodi nechuk paydo — shunga qarab,
    Tabib muddat belgilaydi ahvol so‘rab.
    Ammo bilasizki, hatto shaxmat va nard o‘yini kabi ahamiyatsiz
    masalalarda ham, g‘alaba qozongan kishi, unga taxmin qilingan g‘alaba
    foydasiga berilgan ovqatdan yoki imkoniyatdan voz kechishi mumkin.
    Shuningdek, fazilatlar va obro‘-e'tiborga erishgan, mutlaqo sog‘lom bo‘lgan
    kishi, ovqatlanish va o‘tkinchi aloqani e'tiborsiz qoldiradigan, odobni
    hurmat qiladigan kishi bo‘ladi, chunki ma’naviy lazzat unga ovqatlanishdan
    va zavqlanishdan ko‘ra ko‘proq zavq bag‘ishlaydi. Agar saxiy odamga
    boshqalarning yaxshi ishlaridan bahramand bo‘lish imkoniyati berilsa, u
    yaxshilik qilishga shoshilib, bu amalini hamma jismoniy lazzatlardan afzal
    ko‘radi. Mag‘rur odamlar esa o‘z or-nomusini saqlab qolish uchun ochlik va
    chanqoqlikni boshdan kechiradilar, janglarda halok bo‘lish qo‘rquvidan
    nafratlanadilar, yakka holda bo‘lsalarda, o‘lgandan keyin qahramon sifatida
    xotirlanishlariga umid qilib, ko‘p sonli dushmanga qarshi chiqadilar
    4
    .
    4
    Mojtaba Zarei. Directives and Remarks Sheikh al-Rais Ibn Sina (Avicenna) 1396, – P
    340.


    Mehnatkash xalqni shafqatsiz ezish, xalqka quloq eshitmagan soliqlar
    solib talash, somoniylarga nisbatan xalqning g`azab-nafratini oshirgan edi.
    Somoniylar podsholigi xalq madadidan mahrumligidan foydalangan turklar
    — Qoraxoniylar Buxoroni bosib oldi va shu bilan somoniylar hukmronligi
    inqirozga yuz tutdi. 
    Anarxiya hukmron bo`lib qolgan Buxoroda ibn Sino turolmadi. Bu
    vaqtga kelib uning otasi ham vafot etdi. Bularning hammasi uning
    Buxorodan siyosiy va madaniy vaziyat boshqacha bo`lgan Xorazmga
    (Urganchga) ketishiga sabab bo`ldi. 
    Xorazmshoh saroyida O’rta Osiyo fanining atoqli olimlari to`plangan
    edilar. Qoraxoniylar sultoni Mahmud Xorazmshohdan ibn Sino singari
    olimlarni Buxoroga qaytarishni talab qiladi. Shundan so`ng ibn Sino G`arbga
    — Kaspiy dengizi sohillari tomon qochadi. Bu kabi og`ir sinovlar buyuk
    mutafakkirning irodasini sindirolmadi, u 35 yil ijod qilib, jahon fani
    taraqqiyotiga juda katta hissa qo`shdi. To`la bo`lmagan ma’lumotlarga ko`ra
    uning hammasi bo`lib 280 ta asaridan 185 tasi falsafaga, qolganlari esa
    meditsina, matematika, fizika, astronomiya, ximiya, botanika, geografiya,
    mantiq, davlatni idora kilish usullari, harbiy fan va boshqalarga
    bag`ishlangan.
    Ibn Sino o‘z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan Abu Rayxon
    Beruniy (973 – 1048) bilan ilmiy munozaralar o‘tkazadi. 
    999-yillarda Qoraxoniylar Buxoroni zabt etadilar, Somoniylar davlati
    inqirozga uchraydi. Bundan tashqari, ayrim feodal hukmdorlar orasidagi
    o`zaro urushlar hamon tinmay davom etar Bu esa Ibn Sinoning Buxoroda
    tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirish uchun imkoniyat
    bo‘lmaydi, buning ustiga 1002-yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etadi.
    Oqibatda buyuk alloma o‘z tug‘ilib o‘sgan yurti Buxoroni tark etib, Xorazm
    (Urganch) ga ketadi. Xorazm O‘rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy
    viloyatlaridan biri bo‘lib, u yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha
    rivojlangan edi. G‘aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998 – 1030 y)
    Xorazm yerlarini o‘z davlatiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Unga tobe
    bo‘lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010 – 1011 yillarda Xorazmdan
    maxfiy ravishda chiqib, Xurosan tomon yo‘l oladi va Kaspiy dengizining
    sharqiy-janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. U o`zining
    birinchi yirik ilmiy asarlarini ham Buxoroda 1000-1001 – yillarda yozadi.
    o`z qo`shnisi va do`sti Abul Husayn al-Aruziyning iltimosiga ko`ra
    riyozatdan boshqa barcha fanlarni o`z ichiga olgan „ Al-hikmat al-aruziya”


    nomli asarini, boshqa bir do`sti fiqh va tafsir ilmlarining bilimdoni Abu Bakr
    al-Barqiy al-Xorazmiyga atab ensiklopedik maqomga ega bo`lgan 20 jildlik
    „Al-hosil va 1-maqsul” deb atalgan asarini yozadi.
    Bu yerda u Abu Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu
    yigit Ibn Sinoga eng yaqin va sodiq shogirdi bo‘lib qoladi. Ko‘p o‘tmay Ibn
    Sino Gurgonda o‘zining ilmiy ishlarini va tabiblik faoliyatini davom ettira
    boshlaydi. U 17 yoshida tabobatga oid mashhur asari «Kitob al-qonun fit-
    tib» («Tib qonunlari») ning birinchi kitobini yozishga kirishadi. 1014 yil Ibn
    Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Kazvin
    shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va Buvayxiylar hukmdori
    Shams ad-davla (997 – 1021) xizmatiga kiradi. Oldin saroy tabibi bo‘lib
    ishlaydi, so‘ngra vazirlik mansabigacha ko‘tariladi. Davlat ishlari bilan band
    bo‘lishiga qaramay, ilmiy ishlarni davom ettiradi va qator asarlar yaratadi,
    o‘zining mashhur falsafiy ensiklopediyasi «Kitob ash-shifo» ni ham shu
    yerda yozishga kirishadi. 
    Vaqt o'tishi bilan Sulton bundan xabardor bo'ldi, natijada Avitsena va
    Masikhi qochishga qaror qilishdi. Shoshilinch qochish paytida olimlar
    shiddatli bo'ronga duch kelishdi. Ular och va chanqovdan adashdilar. Keksa
    Masihiy bunday sinovlarga dosh berolmay vafot etdi, Ibn Sino esa
    mo''jizaviy tarzda omon qoldi. Olim Sultonning ta'qibidan uzoq vaqt adashdi,
    ammo baribir yozish bilan shug'ullanishni davom ettirdi. Qizig'i shundaki, u
    o'zining ba'zi asarlarini uzoq safarlari davomida egarda yozgan.
    1016-yilda Ibn Sino Midiyaning sobiq poytaxti Xamadanga joylashdi.
    Bu erlarni savodsiz hukmdorlar boshqarar edi, ular mutafakkirni xursand
    qilolmas edi.
    1023-yili Isfaxonga ko‘chadi va «Kitob ash-shifo»ning qolgan
    qismlarini yozishda davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda
    fors tilidagi falsafiy kitobi «Donishnoma» ni tasnif etadi. Jurjoniyning
    yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo‘lgan,
    biroq, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz
    ishlash va bir necha bor ta'qib ostiga olinib, hatto hibsga olish olimning
    salomatligiga ta'sir etmay qolmadi.
    U qulanj (kolit) kasalligiga chalinib qolgan edi. Kasallik zo`raygach, uni
    tutqanoq ham tutadigan bo‘ladi, oqibatda shu darddan u 428 hijriy yilining
    ramazon oyida (1037-yilning 18-iyunida) 57 yoshida Hamadonda (Eron)
    vafot etadi. Ibn Sino o`z vasiyatini notanish odamga aytgan. O‘z vasiyatida
    u barcha qullarini ozod etib, barcha mol-mulkini kambag‘allarga


    tarqatishlarini so’raydi. Ibn Sino Hamadonda shahar devori yoniga dafn
    etilgan. Bir yil o'tmay, uning qoldiqlari Isfahonga etkazildi va maqbarada
    qayta ko'mildi.
    Uning qabri hozirgacha Eron davlatining Hamadon shahrida saqlanib
    kelinmokda. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi
    fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va
    ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. 
    Ibn Sino hayotining so‘ngi kunlarida yozgan “Al-Ishorat va at-
    tanbihot” asarida baxt-saodat haqida keng ta’rif berib ketgan. Ichki
    lazzatning tashqi lazzatdan uztunligi to‘g‘risidagi nazariyalarini misollar
    asosida tushuntirib o‘tgan.
    Asarda keltirilgan jumlalardan quyidagi iqtibosni keltirishimiz
    mumkin: ya’ni Ibn Sino ilm ahliga murojaat qilib shunday deydi:
    Ey ilm va adab izlovchi! Keng xalq ommasining tasavvurida eng kuchli
    va ahamiyatli zavq hissiyotdir, qolganlari esa zaif, xayoliy, haqiqiy emas.
    Ushbu fikrning xato ekanligini hech bo‘lmaganda ozgina tushunadigan
    kishiga quyidagi sabablar bilan ko‘rsatish mumkin. Bunday odamdan
    so‘rash mumkin: siz ta'riflagan zavqlarning barchasi jinsiy aloqa,
    ovqatlanish va shunga o‘xshash narsalar emasmi?
    Toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning
    maxsus bo‘limi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz-andoz
    vositalariga bag‘ishlangan sochni to‘kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari
    semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalar haqida so‘z
    yuritilgan. Beshinchi kitob - farmakopiya bo‘lib, unda murakkab tartibli dori
    – darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan.
    Kitobning 1-qismida turli taryoklar (ziddi – zaharlar), ma'junlar, xabdori,
    kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar
    tavsifi berilsa, 2- qismida muayyan a'zolar – bosh, ko‘z, kulok, tish, tomoq,
    ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a'zolari, bo‘g‘imlar va teri kasalliklarini
    davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi. Abu Ali ibn
    Sinoning eng mashhur va ulug‘vor kitoblaridan biri «Kitob al – qonun fit-
    tib» hisoblanadi. Bu asar o‘z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal
    qomusi sifatida inson sog‘lig‘i va kasalliklarga oid bo‘lgan barcha
    muammolarni mantiqi tartibda to‘la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan
    xizmatlarini, jahonning ilm ahli e'zozlaydi. 


    Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved
    tabiatshunosi Karl Linney (1707- 1778) tropik mamlakatlarda dengiz suvida
    ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan daraxt nomini Avitsenna deb
    atagan. Shuningdek, 1956-yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug‘
    ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan. 
    Ibi Sino fors tilida yozgan (1031 yoki 1035 yil) «Donishnoma» (ilm
    kitobi) asari 1955-yilgacha Yevropa tillaridan birortasiga tarjima qilinmagan.
    Uning bu asari uch qismdan iborat bo`lib, mantiq, metafizika, fizika
    masalalariga bag`ishlangandir.
    Ibn Sino o`z fizikasida mexanika, harakat va uning shakllari, fazo,
    jismlar holati, Aristotelning ko`rish nazariyasi va boshqalarga doir
    masalalarni ko`rib chiqadi. Ibn Sino «Past fan boshi» (fizika) nomli
    asarining «Tabiat haqidagi fan» deb atalgan bo`limida fizikaga ta’rif berib,
    «fizika shunday fanki, u materiyadan ajratib bo`lmaydigan holat va
    qarashlarni o`rganadi» deydi. Ibn Sino ko`rish masalalarini tahlil qilib chiqar
    ekan, ko`z borliqni ko`rishi sabablari haqidagi o`z zamonasida tarqalgan
    fikrlarning noto`g`riligini isbot qiladi. 
    Ibn Sino Beruniy bilan xat orqali qilgan munozaralarida issiqlikdan
    kengayish va sovuqlikdan torayish sabablariga o`z qarashlarini bayon etib,
    geometrik optika masalalari, umuman akustika, elektr, magnetism masalalari
    bilan ham yetarli darjada shug’ullanganligini ko’rsatadi. 
    Demak, ichki (botiniy) zavq hissiy zavqqa qaraganda yuqori ekanligi
    ravshanlashadi. Bu nafaqat ongli mavjudotlarga, balki tilsiz hayvonlarga ham
    tegishli. Masalan, ovchi it o‘ljani qo‘lga kiritgach, och bo‘lsa ham, uni o‘z
    egasiga sodiqlik nuqtai nazaridan olib keladi. Shuningdek, hayvonlar ham
    bolasinini o‘zidan ham afzal ko‘radi va uni himoya qilish uchun zarur
    vaziyatlarda xavfli jangga otlanadi
    5

    Asosiy qiziqishlari - zamonaviy meditsina yangiliklari, gomeopatiya,
    xalq tabobati, zamonaviy manbalarni va meditsinaga oid referatlarni
    o‘rganish. Olimning o‘limidan yuz yildan oshiq vaqt o‘tib, Bog‘doddagi din
    ishqibozlari Ibn Sinoning falsafiy kitoblarini yoqib yuborishadi, oradan yana
    bir necha asr o‘tgach, Ovrupada katta dastgoh ixtiro qilingach, “Tib
    qonunlari” kitobining katta beshta tomi nashrdan chiqarilgan. Bu - Injildan
    keyingi nashrdan chiqqan ikkinchi kitob bo‘ladi.
    5
    Parviz Morewedge. “The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)” New York 2004, – P 
    141


    Ibn Sino fors-doriy tilida suhbatlashuvchi O‘rta Osiyolik bo‘lgan.
    “Qalbga orom berish uchun” bu tilda u tez-tez to‘rtliklar yozib turgan. 
    Aytish joizki, bolakayning misli ko‘rilmagan qobiliyatlari erta sezildi.
    Uyidagi xush holat o‘spirinning ma’naviy yuksalishiga zamin yaratdi. 
    Ibn Sinoning ota-onasiga Husayn ismi juda yoqqan. Shu sababli birinchi
    o‘g‘lining ismini Husayn deb qo‘yishgan, lekin aslzodalar, odatda o‘g‘illari
    va kunyalariga faxriy nom berishgan. 
    “Shubhasiz, mening o‘g‘limning o‘z o‘g‘li bo‘ladi, deya kuladi
    Abdulloh. Shunday ekan, mening o‘g‘lim Husayn aziyat chekmasin.
    Bo‘lajak nabiram uchun men ism tanlab qo‘ydim - uning ismi Ali bo‘ladi.
    Kunyasi Abu Ali bo‘ladi”. Abdulloh bu fikri zoye ekanligini bilmagan ham
    edi. Husaynning na o‘g‘li, na oilasi bo‘ladi.
    Bir umr karvon yo‘llarida shaharma-shahar kezib, bir hukmdordan
    boshqasining qo‘liga o‘tib, yo‘l uning uyiga, yo‘lovchilar esa uning
    yaqinlariga aylanib qoladi. Kichkina Husayn juda qiziquvchan yigitcha
    bo‘lgan. “Nima uchun?” so‘zi - lug‘atidagi eng ko‘p ishlatiladigan so‘z
    bo‘lgan. Husayn besh yoshga to‘lganida oilasi Buxoro shahriga ko‘chib
    o‘tadi. 
    Ibn Sinoga birinchi ustozi Abu Abdulloh an-Notiliy falsafa hamda
    matematika, mantiq, geometriya va astronomiya fanlaridan saboq oldi.
    Xatib Ubayd sinfidagi o‘n beshta bolakay orasida Husayn eng kichigi
    bo‘lgan. Qur’on oyatlari, suralarni o‘quvchilar arab tilida o‘qishlari lozim
    bo‘lgan. Ko‘pchilik yigitlar arab tilini bazo‘r tushunishgan. Husayn o‘qishni
    boshlashi bilanoq ustozini savollar bilan ko‘mib tashlaydi, ammo ustozi shu
    zahotiyoq oson javob qaytaradi: “Qur’onni o‘rgan. U yerdan barcha
    savollaringga javob topasan.” Bir vaqtning o‘zida Husayn boshqa o‘qituvchi
    bilan ham shug‘ullanib, grammatika, uslubiyat va arab tillarini o‘rganadi.
    Kunlardan bir kun kichik Husayn: “Men Qur’onni butunlay yod oldim.
    Endi savol bersam buladimi?”, deydi. Ustozi esa juda qattiq ranjiydi va
    “Qur’onni uzoq yillar davomida o‘rganishadi va kamdan-kam musulmonlar
    uni yod olib, ularni hofiz, deya ulug‘lashadi”, deydi. “Demak, men hofiz
    ekanman!” - deya tezkor javob qaytaradi, bolakay. Adolatsiz imtixonda
    Husayn barcha suralarni bir so‘z ham qoldirmay aytib beradi.
    Hasan ibn Nuh al-Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o`rgandi.
    Shogird ustozidan shunchalik o‘tib ketdiki, savol-javoblari bilan ustozini
    noqulay ahvolga solib qo‘ya boshladi. Ibn Sino tarjimai xolida keyingi
    holatni ifodalaydi: “Men mazkur ta’rif uchun shunday tahlil qildimki, ilgari


    bundayini eshitmaganman. U juda xayron qoldida, ota-onamga meni ilmdan
    boshqa hech narsa bilan band qilmasliklarini maslahat berdi. ... Yevklidning
    kitobi bilan ham shunday voqea soldir bo‘ldi: o‘qituvchim yordamida besh-
    oltitta teoremani o‘rgandim, qolganlarini esa mustaqil o‘rgandim. Tez orada
    Natili meni o‘rgatishga ojiz bo‘ldi. “O‘zing o‘qi, teoremalarni o‘zing ishlab,
    keyin oldimga kel”, dedi. Shundan so‘ng men kitoblarni mustaqil o‘rgandim.
    Jarayonda menda shunchalik ko‘p savollar uyg‘onardiki, ularga javobni
    ustozim ham bilmay, oxir-oqibat mendan olgan”.
    Shu bilan birga Abu Ali ibn Sino tabiiy fanlar bilan ham jiddiy
    shug`ullanadi, xususan tabobatni sevib o`rganadi. U o`zining o`tkir zehni
    tug`ma iste’dodi va mehnatsevarligi bilan darslarni tezda o`zlashtirar va hatto
    muallimlariga noma’lum narsalarni ham kitobdan mustaqil o`qib-o`rganib
    olardi.
    Ibn Sino tabobat bilan juda erta qiziqqan va bu soha uning
    qiziqishlarining katta qismini egallay boshlaydi. Xali 12 yoshga
    to‘lmasidanoq, Ibn Sino o‘sha vaqtlarning faylasufi va tabibi Abu Salah al-
    Masihiyning maslahatiga ko‘ra uning ta’limotini egalladi. “So‘ngra men
    tabiblikka ixlos qo‘yib, tabiblik bilan bog‘liq kitoblarni o‘qiy boshladim -
    deb yozadi tarjimai xolida.
    Ibn Sino insonda aks etuvchi aql va ruh tushunchalariga alohida
    e’tibor bergan. Mazkur asarning fasllariga e’tibor bersak, “Ruhning
    tanadan ajralishi” haqidagi muallifning bayoniga duch kelamiz. Unda badan
    va ruhning har biri uch ko‘rinishdan
    birida namoyon bo‘ladi: ya’ni, badan:

    go`zallik va sog‘lomlikdan yuqori darajada bo‘ladi;

    go`zallik va sog‘lomlikdan yuqori bo‘lmagan darajada kechadi;

    hunuk va kasal holda bo‘ladi;
    6
    Tabobat esa mushkul ilm emas, men uni qisqa fursat ichida shunchalik
    puxta egalladimki, davrimizning tabiblari oldimga maslahat so‘rab kela
    boshlashdi. Bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazardim, orttirgan tajribalarim
    natijasida, qarshimda shunday davo eshiklari ochildiki, ta’rifga til ojizdir.
    Yoshim esa bor-yo‘g‘i o‘n sakkizda edi”. 
    6
    Abu Ali Ibn Sino. “Al-ishorat va at-tanbihot” (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365.
    – B 306-307.


    Husayn tabobatni buxorolik tabib, bir qator ilmiy ishlar muallifi Abu-l-
    Mansur Qamariyning qo‘l ostida batafsil o‘rgangan. Qamariyning qo‘l
    ostidagi ta’limoti uzoq cho‘zilmadi, Ibn Sino mustaqil amaliyot bilan
    shug‘ullanadi va tez orada shunchalik mashhur shifokor bo‘lib ketadiki, uni
    saroyga og‘ir kasal bo‘lib qolgan Buxoro amiri Nuh ibn-Mansurni davolash
    uchun chaqirtiradi.
    Ibn Sinoning o‘zi bu haqda shunday eslaydi: “Kunlardan bir kuni amir
    qattiq betob bo‘lib qoldi va shifokorlar uning kasalini aniqlay olishmadi.
    Mening ularga ismim tanish edi va ular amirga men haqimda gapirib, meni
    chaqirishlarini iltimos qilishdi. Men chaqirilgan joyga borib, ular bilan birga
    xizmat qildim”.
    Buxoro amirining kasali va Ibn Sino uni nima bilan davolaganligi haqida
    ma’lumot yo‘q, biroq, muolaja shunchalik yordam berdiki, Buxoroning
    yorqin amiri Nuh ibn Mansur yana bir yil taxtni boshqargan. 
    Minnatdorchilik evaziga Ibn Sino somoniylarning kitob omboridan
    foydalanish ruxsatiga ega bo‘lgan. Buxoro kutubxonasi — o‘z davrining eng
    yirik va eng mashhur kitoblar ombori hisoblangan.
    Birinchi va ikkinchi turga mansub insonlar dunyoviy baxt-saodatga
    butunlay yoki qisman aloqador bo‘ladilar, ular baxtning ne’matini anglab
    o‘tadilar, yoxud eng kamida insonlarning malomatidan omonda bo‘ladilar.
    Uchinchi ko‘rinishdagilar esa baxt-saodat oldida o‘zlarini zaif deb biladilar.
    Bunday ko‘rinishdagi insonlarning hayotdan mamnunligini ko‘rmaysiz.
    Men Chingizxonni baxtli hayot kechirgan deb o‘ylashim mumkin,
    chunki farovonlik uchun nimani xohlasa shuni amalga oshirgan.
    7
    Muhimi, baxt-saodatni farovonlik nuqtai nazaridan baholab, bu qiymat
    haqida fikr yuritishdir: ya'ni odamning nimaga ega bo‘lishidan qat'iy nazar,
    insonga foyda keltiradi. Agar siz va men bir-birimizdan farq qiladigan
    bo‘lsak, unda biz baxtli deb hisoblagan hayotimiz ham bir-biridan tubdan
    farq qilishi mumkin. 
    7
    Hughes, Gerald J. (2001). Routledge Philosophy Guidebook to Aristotle on Ethics. 
    London: Routledge.


    4. Ibn Sinononing tibbiyotdan boshqa sohadagi asarlari va ilmiy merosi 
    haqida.
    Ibn Sinoning o‘zi Buxoro kutubxonasida ishlagan davrini ijodiy
    rivojining eng muhim bosqichi deb hisoblaydi. Shu vaqtdan e’tiboran, uning
    ta’limi yakunlanib, mustaqil hayot yo‘li bosqichi boshlanadi.
    Ibn Sino somoniylar kutubxonasidan bir necha yillar davomida
    foydalangan. Ehtimol, o‘z ichiga barcha alomatlari ila kasallik nomlari
    ko‘rsatilgan, shuningdek, kasallikning kelib chiqish sabablari va davosi
    kabilarni o‘zida jamlagan umumlashma tibbiyot asarini yaratish g‘oyasi unda
    Buxoro kutubxonasida ishlagan yillari uyg‘ongan.
    Aynan shu maqsad uchun Ibn Sino turli kitob, referatlardan parchalar
    ko‘chirib olgan va ularni umumlashtirgan. Shunday qilib, Ibn Sinoning eng
    muhim asari “Tibbiyot fani qonuni” uchun materiallar tayyorlangan va bu ish
    ustida u ko‘p yillar ishlagan.
    999-yil otasi Abdulloh ibn Xasan vafot etadi va Ibn Sinoning yelkasiga
    yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish vazifasi tushadi. Afsuski, sobiq ismoilitlar
    oilasiga hokimiyat tepasidagilar qattiq shubha bilan qarashardi, Ibn Sinoning
    ahvoli juda tang va hatto, xatarli edi. Shu sababli u Xorazmning poytaxti
    Gurganjga ko‘chib ketishni qaror qiladi.
    Farovonlik ma’nosida qo‘llanilayotgan “baxt” tushunchasini Parfit
    uchta nazariya bilan tushuntirishga harakat qilgan. Bular gedonizm, xohish
    nazariyasi va ob’yektiv rohat nazariyasi. Holbuki, gedonistlar farovonlikni
    rohatlanish tajribasi bilan taqqoslasa, xohish nazariyotchilari buni
    istaklarini qondirish bilan tenglashtiradilar
    8
    .
    Afsuski, Husayn o‘limining oxirigacha musofirchilikda u shahardan
    boshqachiga ko‘chib, oxir-oqibat ona vataniga qaytib kela olmaydi. U
    Xorazm, Abiverda, Nishopur, Tua, Gurgan, Rey, Xamadan, Isfagan kabi
    shaharlar hukmdorlarini ko‘rdi, ko‘plab shahar va qishloqlarda bo‘ldi.
    Hayotida ko‘p yo‘qotishlarni boshdan kechirdi, ko‘pincha hokimiyat
    tepasiga chiqib, tez orada yana pastga tushar, goh vazir bo‘lsa, goh zindonga
    tushar edi, dabdabada ham, yetishmovchilikda ham kun ko‘rdi, lekin
    o‘zining ijodiy va ilmiy ishini qilmagan biror kun bo‘lmadi.
    8
    Authentic happiness: Using the new Positive Psychology to realize your 
    potential for lasting fulfillment – M. Seligman 2004


    1008-yil sulton Mahmud G‘aznaviyga xizmati qilishgan bosh
    tortgan Ibn Sinoning farovon hayoti darbadarlikka almashadi.
    O‘zining ayrim asarlarini u uzoq safar vaqti egarda yozgan. 
    1015-1024 yillar Xamadonda yashab, ilmiy faoliyatini
    amirlikning siyosiy va davlat ishlarida faol ishtiroki bilan
    umumlashtirgan. Amir Shams ad-Davlani muvaffaqiyatli
    davоlaganligi uchun unga vazirlik lavozimi topshiriladi, ammo
    atrofini harbiy dushmanlar o‘rab oladi. 
    Amir askarlarning Ibn Sinoga g‘aznani topshirish talablarini rad
    etadi va uni egallab turgan lavozimidan ozod qilib, hukmronlik qilib
    turgan yerlaridan tashqariga quvg‘in qilishlarini buyuradi. Oradan
    qirq kun o‘tib, amirning ahvoli yana yomonlashib qolib.
    Quvg‘inlikdagi olimni topib, uni yana vazir etib tayinlashlarini
    buyuradi.
    Amirning o‘limidan so‘ng Isfaxon hokimiga xizmat qilganligi
    uchun u to‘rt oyga qal’aga zindonband qilinadi. Umrining so‘nggi
    o‘n tort yili Isfaxonda (1023-1037) amir al-Davla saroyida xizmat
    qilish bilan o‘tadi. Saroyda u ijod qilishi uchun juda qulay sharoitlar
    yaratib berishgan. U bosh shifokor va amir maslahatchisi bo‘ladi va
    hatto uni yurishlarda ham kuzatib borgan. Bu yillar davomida Ibn
    Sino o‘zining tanqidiy yondashuvi bilan adabiyot va falsafa
    ta’limoti bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, sersamara ijodiy
    ishlarini ham davom ettirgan. Uning ko‘p qo‘lyozmalari, shu
    jumladan, “Insof kitobi” («Kitab ul-insaf») Isfaxоnga g‘azna
    qo‘shinlari bosqinchiligi sababli yonib ketgan. Isfaxon podshosining
    yurishlaridan birida Ibn Sino og‘ir oshqozon kasaliga chalinib, uni
    tuzata olmaydi. 
    Avitsenna Xamadonda shahar devori ostiga ko‘milgan, oradan
    sakkiz oy o‘tgach, uning xoki Isfaxonga olib o‘tiladi va amir
    maqbarasiga qayta ko‘miladi.
    Ibn Sino tadqiqiy idrokka mukkasidan ketgan va barcha mavjud
    bilimlarni ensiklopedik darajada egallash ishtiyoqiga ega olim
    bo‘lgan. Faylasuf g‘ayritabiiy xotira egasi va o‘tkir aql sohibi
    bo‘lgan.
    Merosi
    Shifo kitobi. Arab tilida yozilgan ensiklopedik ishi “Shifo
    kitobi” («Kitab al-Shifa») mantiq, fizika, biologiya, psixologiya,


    geometriya, arifmetika, musiqa, astronomiya va metafizikaga
    bag‘ishlangan. “Donishmadlik kitobi” («Danish-name») ham
    ensiklopediya sanaladi.
    Mexanika
    Ibn Sino to‘plangan (yoki qayd qilingan) kuch nazariyasiga
    katta xissa qo‘shgan. Bu - o‘rta asr harakat nazariyasi bo‘lib, tana
    sarf qilgan harakat (keyinroq impetus nomini olgan) shunday
    kuchki, u tashqi manbalardan to‘plangan. Uning fikricha,
    “harakatga keltiruvchi kuch” (inson qo‘li, tarang tortilgan kamon
    ipi, palaqmon va boshqalar) harakatlanayotgan tanaga ba’zi
    “intilish” haqida xabar beradi, go‘yo olov suvga issiqlik uzatgani
    kabi. Harakatga keltiruvchi kuch o‘rnida, shuningdek, og‘irlik ham
    bo‘lishi mumkin.
    “Intilish” uch xil bo‘ladi: ruhiy (tirik jonzotlarda), tabiiy va
    g‘ayritabiiy. “Tabiiy intilish” og‘irlik va tana tushishi natijasida
    yuzaga keladi, ya’ni Arastu ta’limotiga ko‘ra tananing tabiiy harakat
    holatida. Bunday holatda “intilish” harakatsiz tana holatida
    harakatga qarshilik ko‘rsatgan holda bo‘lishi ham mumkin.
    “G‘ayritabiiy intilish” filoponovsk harakatlanayotgan kuch analogi
    bo‘lib, u tashlangan tananing “harakatga keltiruvchi kuch”iga xabar
    beradi. Bo‘shliqda “g‘ayritabiiy intilish” o‘zgarmaganda edi, tana
    betinim harakatni amalga oshira olgan bo‘lar edi. Bunda olim
    inersiya tushunchasini oldindan ko‘rganligini payqash mumkin,
    lekin Avitsenna bo‘shliq tushunchasiga ishonmagan. Ibn Sino
    “G‘ayritabiiy intilish”ga miqdoriy baho berishga uringan: uning
    fikriga ko‘ra, u vazn hamda tana harakati tezligiga teng.
    Ehtimol, Ibn Sinoning lotin tilidagi sarflangan kuch haqidagi
    g‘oyalari G‘arbda mashhur bo‘lib, Buridanning impetus nazariyasi
    rivojiga zamin bo‘lgandur.
    Falsafa
    Afsuski, Ibn Sinoning ko’pgina qo’lyozma asarlari o'qimagan
    tarjimonlar tomonidan yo’qolib ketgan yoki o'sha davrning kam
    savodli tarjimonlari tomonidan noto’g’ri tarjima qilingan. Bu narsa
    uning falsafiy fikrlari haqidagi 
    Ibn Sinoning ko'plab yo'qolgan yoki qayta yozilgan. Shunga
    qaramay, olimning ko'plab asarlari bugungi kungacha saqlanib
    qolgan va bu uning ba'zi masalalar bo'yicha qarashlarini tushunishga
    yordam beradi. Avitsenaning so'zlariga ko'ra, fan 3 toifaga
    bo'lingan:


    Eng yuqori.
    O'rtacha.
    Eng past.
    Ibn Sino Xudoni barcha tamoyillarning boshlanishi deb
    hisoblagan faylasuflar va olimlarning qatoridan biri edi.
    Donishmand dunyoning abadiyligini belgilab berganidan so'ng,
    inson qalbining mohiyatini chuqur o'ylab topdi, u er yuzida turli xil
    qiyofalarda va tanalarda (hayvon yoki odam kabi) namoyon bo'ldi,
    shundan keyin u yana Xudoga qaytdi. Ibn Sinoning falsafiy
    kontseptsiyasi yahudiy mutafakkirlari va so'fiylari (islomiy
    ezoteriklar) tomonidan tanqid qilingan. Shunga qaramay,
    Avitsennaning g'oyalari ko'p odamlar tomonidan qabul qilindi.
    Ibn Sino metafizika fani tushunchasida Arastu izidan borgan.
    Al Farobiydan keyin u mavjudlik va mavjud emaslik o‘rtasidagi
    farqni boshqalarga nisbatan hamda mavjudlik va mavjud emaslik
    o‘rtasidagi farqni o‘ziga nisbatan ko‘rsatadi. Ibn Sino Yaratganning
    abadiy ekanligini ta’kidlaydi. Abadiylik tushunchasini Ibn Sino
    emanatsiyaning nooplatonik tushunchasi yordamida tushuntirib, shu
    orqali u boshlang‘ich yagonalikdan ko‘plik jonzotlar dunyosiga
    o‘tishni mantiqiy yoritib bergan. Biroq, koinotga bir kishi kelib
    chiqishining yakuniy natijasi sifatida emas, balki barcha ixtiyoriy
    mavjudodning zarur elementi sifatida qarab, nooplatonik
    tushunchadan farqli ravishda, emanatsiya jarayonini samoviy osmon
    olami bilan chegaralab qo‘ydi. Koinot uch olamga bo‘lingan:
    moddiy dunyo, yaralmagan abadiy qiyofa dunyosi va dunyoning
    barcha xilma-xilliklarini o‘zida jalb qilgan dunyo. Inson tanasi va
    qalb birligi tirik jonni hosil qiladi; falsafiy fikrlovchi insonga aqlli
    qalbni qabul qilishga moyil tana asos bo‘ladi. Mutloq haqiqatga
    fikrlash jarayonining eng yuqori nuqtasida hozir bo‘luvchi ichki
    hissiyot orqali erishiladi.
    Ibn Sinoning tasavvuf asarlar doirasiga “Qushlar haqida kitob”,
    “Sevgi haqida kitob”, “Duo mohiyati haqida kitob”, “Ziyoratchilik
    mohiyati haqida kitob”, “O‘limdan qo‘rqishdan halos bo‘lish
    haqidagi kitob”, “Qismat kitobi” kabilar kiradi.
    Tanqid
    Avitsennaning falsafiy qarashlariga doir g‘oyalari tarafdorlari
    hamda unga qarshilar o‘rtasida o‘tkir kurash olib borilgan. Toki,
    uning falsafasi insonni Xudodan uzoqlashtirishini aytib ayblashgan.


    Shunga qaramay, ko‘pchilik so‘fiylar Avitsennaning falsafiy
    uslubiga taqlid qilishgan.
    Muhammad al-G‘azaliy o‘zining mashhur “Faylasuflarni rad
    qilish” kitobida Ibn Sino falsafasini raddiya qilishga harakat qilgan.
    Boshlang‘ich va adabiylik ta’limotiga qarshi chiqqan, zero, al
    G‘azaliyning fikriga ko‘ra, bu - islom monoteizmiga qarshi chiqib,
    dualizmga olib keladi. Al G‘azaliy, shuningdek, Xudo dunyoni
    ixtiyorsiz ravishda, tabiiy zaruriyat sababli yaratadi, deya
    yuritiluvchi emanatsiya nuqtai nazarini ham rad etadi. Shu bilan
    birga, u Ibn Sinoning tana qayta tirilishining imkonsizligi va
    besababligi haqidagi nazariyasiga qo‘shilmagan.
    Keyingroq XII asrning mutafakkirlaridan Muhammad
    Shahristoniy o‘zining “Kitab al Musaraa” asarida hamda Fahruddin
    Roziylar al G‘azaliy yo‘lidan ketishgan. Sharqiy peripatetizm
    g‘oyasini himoya qilib, XII asrda ibn Rushd o‘zining “Raddiyatlarni
    rad etish” kitobini taqdim qiladi. Natijada, Ibn Sino g‘oyalarini Nasr
    ad-Din at-Tusiy himoya qilib chiqadi.
    Psixologiya
    Ibn Sino, shuningdek, temperament va inson xarakteri haqida
    o‘z ta’limotini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, inson mijozi to‘rtga
    bo‘linadi: issiq, sovuq, nam va quruq (zamonaviy psixologiyadagi
    to‘rt mijozga mos ravishda). Mazkur mijozlar turg‘un emas, balki
    meteorologik va havo o‘zgarishi kabi tashqi yoki ichki omillar
    natijasida o‘zgaradi. Organizmdagi suyuqlik darajasi ham inson
    mijoziga o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Oddiy mijoz turlari bilan
    birga, Avitsenna yana to‘rt mukammal mijozni ajratib, ular
    organizmdagi to‘rt suyuqlikdan biri (qon, shilliq, sariq va qora
    safro) ustun kelishiga ko‘ra tuslanishini bayon qilgan.
    Adabiyot va boshqa ilmlar
    Ibn Sino ba'zi jiddiy mavzularga she’riy tomondan yondoshgan.
    Ibn Sino tez-tez versifikatsiya qilish orqali jiddiy masalalar haqida
    gaplashardi. Xuddi shu tarzda u "Sevgi haqida risola", “Muhabbat
    ta’rifi”, "Xay ibn Yakzan", "Qush" va boshqa ko'plab asarlarni
    yozgan.
    Ibn Sinoning kitob va qo’lyozmalari haqidagi ma’lumotlar turli
    manbalarda turlicha keltirilgan. Ba’zi tarixchilar uning kitoblari 453
    ta desa, arab adabiyotlarida olimning 10ga yaqin ishi mavjud
    (astronomiya, kimyo va boshqa mavzularga oid). Hozirda bularning
    hammasi dunyoning turli mamlakat kutubxonalarida saqlanadi.


    Olim psixologiya rivojiga katta hissa qo'shdi. Masalan, u
    odamlarning xarakterini 4 toifaga ajratdi:
    issiq;
    sovuq;
    nam;
    quruq.
    Ibn Sino mexanika, musiqa va astronomiyada katta yutuqlarga
    erishdi. Shuningdek, u o'zini iste'dodli kimyogar sifatida ko'rsata
    oldi. Masalan, u xlorid, oltingugurt va nitrat kislotalarni, kaliy va
    natriy gidroksidlarni ajratib olishni o'rgangan.
    Uning asarlari hali ham butun dunyoda qiziqish bilan
    o'rganilmoqda. Zamonaviy mutaxassislar uning o'sha davrda yashab
    turib, qanday qilib bunday yuksaklikka erishganiga hayron
    qolishadi.
    Ibn Sino o‘zining ko‘pgina ilmiy ishlarini to‘rtliklardan
    foydalanib, doston ko‘rinishida yozgan. Shunday shaklda “Sevgi
    haqida risola”, “Qushlar haqida risola” va boshqa asarlari yozilgan.
    Ijodi namunalari orasida she’riy to‘rtliklar hamda ruboilar ham
    uchrab turadi.
    Ibn Sinoning asosiy adabiy asarlari — falsafiy kinoya-qissa
    “Xay ibn Yakzan”, yigirmata ikki misrali “Qushlar” bayti,
    “Salomon va Absal”. Mazkur asarlar va ruboilar arab, eron va turk
    adabiyoti rivojida katta o‘rin egallaydi. Jumladan, XII asr eron
    ijodkorlaridan mumtoz shoir Umar Xayyom Ibn Sinoni o‘z ustozi
    deb bilgan.
    Nashr qilingan asarlari
    • Ibn Sino. Donish noma. Donishmandlik kitobi. Stalinabad,
    1957.
    • Ibn Sino. Tibbiyot fani qonuni: V 5 t. — Toshkent, 1956—
    1960.
    • Ibn Sino. Matematik satrlar “Donishmandlik kitobi”
    Dushanbe, 1967.
    • Ibn Sino. Sevgi maktubi. — Tbilisi: Metsniyereba, 1976.
    • Ibn Sino. Saralangan. — M.: Kniga, 1980.
    • Ibn Sino. Saralangan falsafiy asarlar. — M.: Nauka, 1980.
    • Al-Beruniy. Ibn Sino. Yozishmalar. — Tosh¬kent: Fan,
    1973.
    Musiqa


    Avitsenna, shuningdek, musiqa nazariyasiga oid asarlar ham
    yozgan bo‘lib, ular ijodkorning ensiklopedik ishlarining bir
    qismidir:
    • “Davo kitobi”da “Ilmda musiqiy to‘plam”;
    • “Najot kitobi”da “Musiqa haqida kichik bayon”;
    • “Bilimlar kitobi” dagi musiqa bo‘limi.
    Nazariy nuqtai nazardan Ibn Sino o‘rta asr an’analariga ko‘ra
    musiqani matematik bilimlar toifasiga kiritgan. U musiqaga
    tovushlarni o‘rganuvchi, ularnig mutanosib jo‘rligi natijasida kuy
    hosil bo‘luvchi fan deb qaragan. Pifagor ta’limotidan kelib chiqqan
    holda, u musiqa sonlarga tegishli va ular bilan uzviy bog‘liqdir, deb
    bilgan.
    Ibn Sino tarixda birinchi bo‘lib musiqaga faqat matematik fan
    emas, balki jamiyatshunoslik, psixologiya, poetika, etika va
    fiziologiya nuqtai nazaridan ham qarab, musiqa tarixiga puxta ilmiy
    tayanchni asoslaydi.
    Al Farobiy bilan birgalikda u musiqiy asboblar ilmiga asos
    soladiki, keyinchalik, kechroq bo‘lsada, Ovrupada o‘z rivojini
    topadi. U musiqiy asboblar tipiga batafsil tasnif beradi va ularning
    tuzilishini tushuntirib o‘tadi. “Bilimlar kitobi”ning oltinchi
    bo‘limida, deyarli barcha musiqiy asboblar ta’rifi bilan keltirilgan.
    Al Farobiy hamda Ibn Sinoning musiqiy asboblarni o‘rganishga doir
    ishlari natijasida musiqa fanidagi maxsus fan bo‘lib qoluvchi
    musiqiy asbobshunoslik faniga asos solingan.
    Buyuk olim O‘rta Osiyoda keng tarqalgan kamonli asbob
    bo‘lmish g‘ijjakni ham ixtiro qilgan.
    Xotira
    • Uning sharafiga Karl Linney Akant oilasiga mansub
    o‘simlikni Avitsenniya deb nomlaydi.
    • Tojikistonda Avitsennaning sharafiga Tojikiston davlat
    meditsina universiteti hamda avvalroq “Lenin tog‘i” nomi bilan
    ma’lum tog‘ cho‘qqisi nomlangan.
    • Dushanbe shahrida uning sharafiga maydon nomlanib,
    azarbayjonlik haykaltarosh Umar Eldarov tomonidan yasalgan
    olimning haykali o‘rnatilgan. 
    • Yurtimizda Ibn Sino bobomiz xotirasi sharafiga 1995-yil —
    Abu Ali ibn Sino yili deb e`lon qilingan.


    • 2009-yil iyun oyida Eron hukumati tomonidan Venadagi
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo‘limiga hozirda Vena xalqaro
    markazi Memorial maydonidan joy olgan Fors olimlari pavilonini
    tortiq etadi. Fors olimlari paviloni o‘z ichiga to‘rt mashhur olimlarni
    olgan: Avitsenna, Beruniy, Zokiriy Roziy (Reyz hamda Umar
    Xayyom).
    • O‘zbekistonning Afshona qishlog‘ida Avitsenna muzeyi
    mavjud.
    • 1990-yil Buxoroda Abu Ali ibn Sino sharafiga nomlangan
    meditsina instituti ochilgan.
    • Rigadagi Gaylezers kasalxonasi majmuasi parkida 2006 yil
    Abu Ali ibn Sino haykali ochilgan. Jaloliddin Mirtojiyev ishi.
    • Sovet va rossiyalik astronom Lyudmila Ivanova Chernix
    tomonidan 1973-yil 26-sentyabrda ochilgan Avitsenna asteroidiga
    Ibn Sino nomi berilgan.
    • Ibn Sino sharafiga Oydagi vulqon nomlangan.
    • Kardiogrammalar va ko‘krak bezlarining rentgen suratini
    avtomatik o‘rganish uchun IBM tomonidan yaratilgan dastur
    Avitsenna nomini olgan.
    Ko‘chalar Ibn Sino nomini olgan:
    • Samarqandda,
    • Buxoroda,
    • Ust-Kamenogorsksda,
    • Uch Qo‘rg‘on (O‘zbekiston) tumanida Ibn Sino ko‘chasi
    • Donetskda Avitsenna ko‘chasi
    • Anqara shahrida Ibn Sino haykali
    • Hamadonda Ibn Sino haykali
    Badiiy adabiyot
    • «Abugalisina» (tat. Әbүgalisina) — Qayum Nosirning
    tatar tilidagi Ibn Sino haqida qissa-ertagi.
    • Noy Gordon o‘zining «The Physician» (1988) romanida o‘z
    davrinnig buyuk ustozi bo‘lmish Ibn Sinodan shifokorlik san’atini
    o‘rganish uchun yosh ingliz o‘g‘loni o‘zini yahudiy deb tanishtirishi
    haqida so‘zlovchi hikoya yozgan.
    • 2011-yil ispan yozuvchisi Esekel Teodoro “Avitsennaning
    qo‘lyozmasi” («El Manuscrito de Avicena») romanini nashrdan
    chiqaradi, unda fors shifokori hayotining ayrim lahzalarini
    tasvirlaydi.
    Kinomatografiyada


    • “Avitsenna” filmi (1956), rejissyor Komil Yormatov.
    • Avitsennaning yoshlik va o‘spirin yillariga bag‘ishlangan
    O‘zbekfilm hamda Tojikfilm kinostudiyasi tomonidan ishlangan
    “Donishmandning yoshligi” filmi (1982). Film rejissyori Elyor
    Ishmuhamedov.
    • Olimning yoshlik yillaridan to vafot etguncha hayotidan
    hikoya qiluvchi 1987-yil suratga olingan “Avitsenna” («Bu-Ali
    Sina») teleseriali.
    • 2013-yil N. Gordonning kitobi asosida («The Physician»)
    Filipp Shtyolsning “Shifokor: Avitsennaning shogirdi” filmi
    ekranga chiqdi.
    Ibn Sino Haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi
    fanlarning Hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga
    oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq
    asarlari qayd etilgan .
    SHundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi
    tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psihologiyaga, 23 tasi
    tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi
    muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi
    boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.
    Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo’lib
    qoldi.
    Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn YAqzon»,
    «Risolat at – tayr», «Risolat fi-l-ishq» («Ishq Haqida risola»),
    «Risolat fi moHiyat as-salot» («Nomozning moHiyati Haqida
    risola»), «Kitob fi ma’no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma’nosi
    Haqida»), «Risolat fi – daf al – g’am min al mivt» («O’limdan
    keladigan g’amni daf qilish Haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-
    Najot», «Ash SHifo», «Donishnoma», «Kitob ash – ishorat» va at
    tanbiHot asarlari shular jumlasidandir.
    Ma’lumki, ibn Sino Ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining
    ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan
    bog’liq Holda ifodalagan, mahsus risolalarda talqin etgan.
    Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot
    fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruHga, ya’ni nazariy va
    amaliy guruHlarga bo’ladi. Nazariy guruH kishilarni o’zidan
    tashqaridagi borliq Holati Haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa,
    amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini
    o’rgatadi deydi.


    U birinchi guruHga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi
    guruHga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini
    o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
    Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni
    sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. CHunki ilm-fan insonga
    hizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu
    maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur,
    deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan
    qo’rqmaydi. Kamolot Hosil qilishdan bosh tortgan kishi
    odamlarning eng qo’rqog’idir»
    Zero, ma’rifatli kishi jasur, o’limdan Ham qo’rqmaydigan,
    faqat Haqiqatni bilish uchun Harakat qiladigan bo’ladi, deydi u
    fikrini davom ettirib.
    Bilimsiz kishilar joHil bo’ladi, ular Haqiqatni bila olmaydilar,
    deb ularni etuk bo’lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday
    kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi.
    U Haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin
    Har qanday bilim Ham Haqiqatga olib kelmasligi, inson o’z
    bilimining Haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni Ham bilishi
    zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari Haqidagi
    ta’limoti asosida Ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga,
    shahsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g’oya yotadi.
    Ibn Sino bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash zaraurligini
    qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga
    o’qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka
    o’qitishga qarshi bo’lgan. Bolani maktabda jamoa bo’lib o’qishini
    foydasi quyidagicha ifodalangan:
    Agar o’quvchi birga o’qisa u zerikmaydi, fanni egallashga
    qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun Harakat,
    musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning Hammasi o’qishning
    yahshilanishiga yordam beradi.
    O’zaro suHbatda o’uvchilar bir-biriga kitobdan o’qib olganlari,
    kattalardan eshitganlarini Hikoya qiladilar.
    Bolalar birga to’planganlarida bir-birini Hurmat qila
    boshlaydilar, do’stlashadilar, o’quv materiallarini o’zlashtirishda
    bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yahshi odatlarni qabul
    qiladilar
    Bu talablar Hozirgi davr ta’lim tamoyillariga Ham mos kelishi
    bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o’zining «Tadbiri


    manzil» asarida mahsus bo’lim bag’ishlaydi. «Bolani maktabda
    o’qitish va tarbiyalash» («Omo’zish va parvarish madrasa farzand»)
    bo’limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. YUqoridagi
    tamoyillar esa bolalarni engil-elpi bilim olish emas, balki Har
    tomonlama chuqur va mustaHkam bilim olishiga yordam beradi.
    Talabaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burchidir.
    SHunga ko’ra ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi
    Haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo’riqlar beradi. Bular
    quyidagilardan iborat:
    bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;
    berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib
    olayotganiga e’tibor berishi; ta’limda turli metod va shakllardan
    foydalanishi;
    talabalning hotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shahsiy
    hususiyatlarini bilishi; fanga qiziqtira olishi;
    berilayotgan bilimlarning eng muHimini ajratib bera olishi;
    bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos
    ravishda berishi; Har bir so’zning bolalar Hissiyotini uyg’otish
    darajasida bo’lishiga erishishi zarur, deydi olim
    Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan
    foydalanilmasin – u og’zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli
    ko’rinishdagi suHbatmi, tajribalarmi, baribir talabada Haqiqiy bilim
    Hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,
    olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib
    toptirish asosiy maqsad bo’lgan.
    Shu jihatdan olimning «Hay ibn Yaqzon» asari kishilarning did
    – farosatini o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta’lim –
    tarbiyada katta aHamiyatga ega. Uning nomi Ham shunga ishor
    qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg’oq o’g’li Tirik). Bu asar farosat ilmi
    Haqida ekanligini ibn Sinonining o’zi Ham ta’kidalaydi.
    Mazkur asarni ibn Sino 1023-yilda Hamadonga yaqin bo’lgan
    Faradjon qal’asi qamoqhonasida yozgan deyishadi
    Ibn Sino bu asarida ilm – ma’rifatni o’rganishga kirishishi
    natijasida ko’zi ochilgani, uning natijasida Aql (Hay ibn YAqzon)
    ko’ziga ko’ringani va ilm Ham unga o’z jamolini namoyon qilganini
    Hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o’lim bilmaydigan Uyg’oq,
    qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy sifatida
    tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo’lgan va bilishi mumkin bo’lgan
    narsalarni o’qishga kirishgani, bu yo’lda aqlni ishga solib, o’zini


    yomonliklardan chetlashtiradigan turli hususiyatlarini bilib
    olganligini qayd etadi.
    Demak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag’ishlangani bilan
    Ham aqliy tarbiyada katta aHamiyatga ega. SHuningdek, insondagi
    yomon illatlarni Ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning aHamiyati,
    insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi,
    o’zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargini
    bo’lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida Ham qimmatlidir.


    5. Ibn Sinoning inson kamoloti haqidagi tasavvurlari.
    Ibn Sino insonning kamolga etishida uning ahloqiy kamoloti
    muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
    Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida ahloqqa oid fikr
    yuritganlari o’n ikkita deb qayd etadilar.
    Ibn Sino ahloqqa oid asarlarini «Amaliy Hikmat»
    (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, ahloq fani
    kishilarning o’ziga va boshqalarga nisabatan hatti–harakati
    me’yorlari va qoidalarini o’rganadi.
    Ibn Sino ahloqlilikning asosini yahshilik va yomonlik kabi ikki
    tushuncha bilan ta’riflaydi:
    Dunyoda mavjud bo’lgan jami narsalar tabiatiga ko’ra kamolot
    sari intiladi. Kamolot sari intilishning o’zi esa moHiyat e’tibori
    bilan yahshilikdir…»
    Ibn Sino inson kamolotining muHim ahloqiy jiHatlarini Ham
    tahlil etadi va Har biriga ta’rif beradi : masalan, adolatni ruHiy
    lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik
    bilan adolatga ega bo’ladi, yomon illatlardan o’zini tiyib,
    yahshilikni mustaHkamlaydi, Haqiqiy ruHiy lazzat oladi, deydi
    olim. Insondagi ijobiy, ahloqiy Hislatlarga sahiylik, chidamlilik,
    kamtarlik, sevgi – muHabbat, mo’’tadillik, aqlilik, eHtiyotkorlik,
    qat’iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni
    kiritadi.
    Qanoat va mo’tadillikni insonning Hissiy quvvatiga kiritadi,
    chidamlilik, aqllilikni g’azab quvvatiga, donolik, eHtiyotkorlikni
    ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni
    tafovut quvvatiga kiritadi.
    Olim qanoatni Hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o’zini
    ta’magirlikdan tiysa, mo’’tadillikka rioya qilsa, o’zida hirsning
    namoyon bo’lishini engadi, inson yomon iilatlarni engishda o’z
    imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
    Ibn Sino Har bir ahloqiy Hislatning ta’rifini beradi: mo’tadillik
    – tan uchun zaruriy oziq va hulq ma’yorlariga to’g’ri kelmaydigan
    ishlarni qilmaslik; sahiylik – yordamga muhtoj kishilarga
    ko’maklashuvchi insoniy quvvat; g’azab – biror ishni bajarishda
    jasurlik; chidamlilik – inson o’z boshiga tushgan yomonliklarga


    bardosh beruvchi quvvat; aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma
    – shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi.
    Ziyraklikni narsalar va Hatto Harakatlarning Haqiqiy ma’nosini
    tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar
    bahtsizlik, azob – uqibatga duchor bo’lganda, ular bilan
    hushmuomalada bo’luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka hudbin
    ishlar bilan shug’ullanishdan to’htatuvchi kuch sifatida ta’rif beradi.
    Ibn Sino insonning kamolga etishida to’siqlik qiluvchi
    nuqsonlar sifatida joHillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik,
    nafratni ko’rsatib o’tadi. JoHillikni – ilmga, nodonlikni – zeHni
    o’tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni –
    sevgimuHabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta’riflaydi.
    Ibn Sino yuksak ahloqiy hislatlarga yana kishilarning bir-
    birlariga do’st bo’lib yashashi, Hamkorlik qilishini Ham kiritadi.
    Chunki Har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan,
    ular bilan do’stona yashashga intiladi.
    Modomiki, inson aloqaga muHtoj ekan, boshqa birov bilan
    qo’shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o’zining
    eHtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish maHsulotlarini
    almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o’zgalar bilan
    birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik Hissi, boshqalarga
    nisbatan sevgi-muHabbat va umumiy ahloqiy negizlar ishlab chiqila
    boshlaydi.
    Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya
    masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada
    farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi
    insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon
    bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar
    bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn
    Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu
    Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus,
    Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy,
    Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi
    mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy
    tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari
    ko’rsatib berilgan. Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda
    qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga
    hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal
    etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.


    6. Ibn Sino ijodida oila, bola, va axloqiy tarbiya haqida.
    Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning
    ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator
    asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi
    bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni
    asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik
    qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol
    insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.
    Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”,
    “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi
    asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu
    qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi
    bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida
    katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.
    Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni
    bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish
    lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida
    to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni
    tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi,
    beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi,
    bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan
    siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va
    u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu
    tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-
    sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan
    o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan,
    o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini
    qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng
    keladi”, - degan fikrni bildirgan.
    Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli asarida bolaga tug’ilmasdan
    turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va
    ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni
    faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini
    ilgari suradi.
    Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida
    e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik,


    no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va
    oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”. Bola
    tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng
    muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan
    qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim.
    Ibn Sino bola tarbiyasida otaning burchi haqida to’xtalib o’tadi. Eng
    avvalo, ota farzandi tug’ilgach unga yaxshi ism qo’yishi va
    tarbiyalashga kirishmog’i lozim. Ayniqsa, bola tarbiyasida ota-
    onaning yaxshi fazilati, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar esa
    yuksak axloqiylik asosida bo’lishini ta’kidlaydi.
    “Tadbir ul-manozil” asarida yer va xotinning yaxshi sifatlari
    sanab o’tiladi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o’rnak
    bo’lib, uning kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega
    ekanligini alohida uqtiriladi.
    Ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga bo’lgan
    munosabati Farobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo’lib, u ham
    irsiyat, muhit va tarbiyaning ta’siri bola tarbiyasi uchun birdek
    muhim deb hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi
    sharoit, tarbiya, muhit odatlani natijasida vujudga kelishini qayd
    qilib o’tadi.
    Ibn Sino oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda
    mehnasevarlikning roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni
    farzandlarga nisbatan kasb-hunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni
    ulug’laydi. Mehnasiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy
    ta’sirini ko’rsatib beradi. Ayiqsa, Ibn Sino aqliy, axloqiy, yestetik va
    jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo’llari
    haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy va amaliy ahamiyat
    kasb yetmoqda hamda milliy –ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga
    loyiqdir.
    O’zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo’lishi
    va uni ta’minlash yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy, madaniy-ma’rifiy
    jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi novbatda
    oilada boshlanadi.
    Ota-ona farzandlariga go’zal xomiy va nasihatgo’y bo’lishlari
    lozim. Bunday go’zal momila farzand bilan ota-ona orasidagi mehr
    muhabbatni yanada kuchaytiradi.
    Farzandlarning go’zla odobli-ahloqli, tarbiyali bo’lishlari
    uchun, avvalo, ota-onalarning o’zlari g’o’zal hislatga ega, o’rnak


    bo’lishlari shart. Bu uy ahli ya’ni ota-ona, o’g’il va qizlarning
    birgalikdagi totuvlik bilan yashashlarida muhim omildir.
    Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati
    haqida qarashlari“Kishilarning ongidagi, ularning ma’naviyatida
    yuz beradigan o’zgarishlar birdaniga sodir bo’lmaydi. Xalqning
    ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi –
    qayta tiklanayotganligi, - deb yozadi I.A.Karimov, - jamiyatimizni
    yangilash va taraqqiy yettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda
    olg’a siljitishda – hal qiluvchi ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi
    ahamiyatga egadir”. Bu vazifaga erishish esa xalqning ijodiy
    yaratuvchanlik mehnatiga oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor berish
    zarur. Oilaviy tarbiya asosida esa bolani ma’naviy-axloqiy
    tarbiyalash muammosi yotadi.
    Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-
    bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni
    egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan
    tahlil etish juda muhimdir.



    Download 354.29 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 354.29 Kb.
    Pdf ko'rish