|
Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
|
bet | 4/10 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 3,18 Mb. | | #117231 |
Bog'liq HISOBOTTTTAgentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
mol-mulklarni ko‘chmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish;
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlash;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan davlat kadastr nazoratini amalga oshirish;
g) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
d) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
13. Agentlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashda:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatining ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faoliyatini ilmiy-texnologik va metodik ta’minlashni tashkil etadi;
b) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va nazorat qiladi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning shaffof va ommaga ochiq tizimi ishlashini tashkil qiladi;
kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
kadastr muhandislari faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlaydi;
ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etadi;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi va metodik qo‘llab-quvvatlaydi;
v) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda:
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri yuritilishini tashkil etadi;
yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
(13-band 1-kichik bandining o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobot Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) kiritadi;
ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash loyihalarini ishlab chiqadi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etadi;
foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlashni tashkil etadi;
g) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirishda:
erlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan yer nazoratini amalga oshiradi;
yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratni amalga oshiradi;
yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni masofadan turib zondlashni, shuningdek, geodezik o‘lchov uskunalari yordamida yerlarni o‘rganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
kadastr yig‘majildi (pasporti) belgilangan tartibda shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
2) geodeziya va kartografiya sohasida:
a) geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashda:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, xo‘jalik birlashmalarining, yuridik shaxslarning geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtiradi;
geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga doir talablarni belgilaydi;
b) aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirishda:
aerokosmik suratga olishga, topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa tekshiruvlarni hamda qidiruv ishlarini amalga oshiradi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek, ularni yaratish tartibini belgilaydi;
davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi;
Yerning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamik tadqiqotlarini amalga oshiradi;
sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta’minlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) yaratadi;
Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasini yaratadi, rivojlantiradi va uning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
Davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilaydi;
Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi;
umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotga oid xaritalarni va boshqa mavzuli xaritalarni, shuningdek, tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslarni, kartografiya o‘quv qo‘llanmalarini yaratadi hamda nashr etadi;
geografik obyektlarning nomlarini belgilashni, me’yorlashtirishni, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, ulardan foydalanishni va ularni saqlashni, shuningdek, Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritishni amalga oshiradi;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni bajaradi;
davlat boshqaruvi organlarini, xo‘jalik birlashmalarini, yuridik va jismoniy shaxslarni geodeziya, kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) bilan ta’minlaydi;
geodeziya, kartografiya va kadastrga oid ishlarni metrologik jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;
geodezik va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni ta’mirlaydi, metrologik attestatsiyaga tayyorlaydi, ularni qiyoslashni amalga oshiradi;
texnik-o‘lchash vositalarini samarali joriy etishda asos bo‘luvchi metrologik ta’minotga oid qiyoslash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni, shu jumladan, xaritalar va chegaralar chizig‘i tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari koordinatalarining katalogini tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini (keyingi o‘rinlarda — Davlat chegarasi) dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning o‘tish chizig‘ini tekshirish bo‘yicha chegaradosh davlatlar bilan muzokaralar jarayonida ishtirok etadi hamda ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan geodeziya, kartografiya va gidrografiyaga oid ishlarni amalga oshiradi, ular asosida materiallar (ma’lumotlar) tayyorlaydi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo‘yicha aerokosmik suratlar, geodeziya ma’lumotlari, erni masofadan zondlash, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan ta’minlaydi;
Davlat chegarasi bilan bog‘liq arxiv materiallarini o‘rganishda ishtirok etadi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qiladi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini kelishib olish uchun xaritalar tayyorlaydi;
ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda uni yuritadi;
ma’muriy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini va ularga doir talablarni tasdiqlaydi hamda navbatchi xaritalarni yuritadi;
|
| |