3.3 Boshqarma tizimini moliyalashtirish va ragʻbatlantirish
15. Boshqarma, (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarini saqlab turish va moddiy-texnik taʻminlash, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq tOʻlash mahalliy byudjet mablagʻlari, Er munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek qonun xujjatlarida taʻqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
16. Boshqarma xodimlariga boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan va tegishli tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishiladigan Davergeodezkadastr qoʻmitasi xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalar tOʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq har oyda uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustama tOʻlanadi.
17. Boshqarma tizimida uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun toʻlanadigan ustamalar faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda xisoblanadi:
Ish staji boʻyicha guruh Uzluksiz staj uchun ustama miqdori
3 yildan 5 yilgacha 20 foiz
5 yildan 10 yilgacha 35 foiz
10 yildan 15 yilgacha 50 foiz
15 yildan va undan ortiq 60 foiz
18. Boshqarma moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, xususan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va umumiy foydalanish boʻyicha axborot tizimlarini joriy etish, dasturiy vositalar bilan taʻminlash hamda Boshqarma xodimlarining malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy ragʻbatlantirish va qonun xujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qoʻshimcha manba sifatida Boshqarmaning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga shakllantiriladi.
19. Boshqarma qonun xujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini sugʻurtalash, ularni moddiy va maʻnaviy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.
20. Xodimlarning ish haqi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish tOʻlovlari, shuningdek qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish tOʻlovlaridan iborat boʻladi.
21. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
“XORAZM EKSPEDITSIYA LOYIHA-QIDIRUV” MCHJ TASHKILOTIDAGI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT
B iz 192-kartografiya guruhi talabalari amaliyotning to’rtinchi haftasida “Xorazm ekspeditsiya loyiha-qidiruv” MCHJda ishlab chiqarish o’quv amaliyotida bo’ldik. Ushbu tashkilot Xorazm viloyati Urganch shahri Xiva ko’chasi 56-uyda joylashgan. Kursdoshlarimiz bilan amaliyotda bo’lganimizda ko`pgina narsalarni o`rgandik.
Amaliyotning maqasadi: Geodeziya, kartografiya va kadastr ta`lim yo`nalishi bilan bevosita bog`liq bo`lgan korxona va tashkilotlar, ularda bajariladigan ishlar bilan yaqindan tanishgan holda soha xususidagi tasavvurlarni boyitish, talabalarning darslarda olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish korxonalarida amaliy ahamiyatini his qilishi, nazariya va amaliyotni bir-biriga bog`lash hamda kelajakdagi bo`lajak ish faoliyatlarimizni tanlash. Buni geodeziya va topografiyaga ixtisoslashgan “Xorazm ekspeditsiya loyiha-qidiruv” MCHJning xodimlari bilan, ular qilinadigan ishlari bilan, vazifalari bilan tanishdik. Bizga amaliyot davrida korxonadan amaliyot rahbar qilib Xusainov Norbek aka tayinlandi va o`z tajribalari, bilim va salohiyati bilan bizga yaqindan yordam berdi. Bu tashkilotda 20 nafar xodim ishlaydi. Bu xodimlar soha mutaxassislari ya`ni topograf va geodezistlar, hisobchilar, texnik ishchilar va boshqalar. Korxonada davlat tomonidan beriladigan topshiriqqa asosan o’lchov ishlari olib boriladi. Topshiriq kanal, zovur-zahkashlarda geodezik o’lchov ishlarini bajarish va ular natijasida loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashdan iborat bo’ladi. Bunda trassa har 100 metrdan piketlarga ajratilgan. Shu asnoda trassaning ko`ndalang va bo`ylama kesimi profillari tuzilgan. O`lchov ishlari yakunlangandan keyin shu o`lchov ishlariga loyiha ishlanadi. Qolaversa kollektor uchun loyiha ishi Xorazm Melioratsiyadan ma`lumotlar to`plagan holda kanal va daryo o`zanlari uchun Chap qirg`oq va Amudaryo tizimi boshqarmasi tomonidan to`plangan ma`lumotlarga asoslanib ishlar bajariladi. Bu loyiha ishlarida obyektni qazish va tekislash ishlari aniqlanadi. Ular asosida obyektning hajmi kelib chiqadi. Umumiy hajmidan qiymati aniqlanadi. Qiymat aniqlangandan keyin loyihani ekspertizadan o`tkazish uchun loyiha NAPU idorasidan loyiha ishlari ko`rib chiqiladi va tegishlicha xulosalar beriladi. Tegishli joylardan xulosalar olingandan keyin Xorazm viloyatida shu ish bilan shug`ullanuvchi bir necha tashkilotlarga tender asosida berilishini Norbek aka aytib o`tdi
Loyiha ishlari quyidagilardan iborat bo`ladi: bo`ylama va ko`ndalang kesim tuzish va shu bo`ylama kesimdagi ko`prik va o`tish joylari, piyodalar o`tish joylari, elektr liniyalari, suv o`lchash gidropostlari, vodoprovod liniyalari va bir qancha aloqa kabellarini loyihaga kiritish va kiritmaslik bo`yicha dalolatnoma tuziladi. Shu dalolatnomaga asosan kollektor drellarda gidrotexnik ishlar bajariladi. Dalolatnoma 5 nafar mutaxassis bilan tuziladi.
Amaliyot davomida biz jamoamiz bilan dala ishlarida qatnashdik. Dala ishlarida o`lchash jarayonini ishchi xodim Doniyor Zaripboyev tushuntirdi. Dala ishlarida o`lchovchi asbob nivelir, taxeometr, GPS koordinata oluvchi moslamalar va bir qancha ish qurollari bilan tanishdik.
Xullas, bo`linma trassaning asosiy elementlarini topish va joyda loyihalash-rejalash ishlari bilan shug`ullanadi.
“Loyihalanayotgan chiziqli inshootning topografik kartaga tushirilgan yoki joyda belgilangan o`qiga trassa deyiladi.
Trassaning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: plan-uning gorizontal tekislikka proyeksiyasi: bo’ylama profil-loyihalanayotgan chiziqning vertikal qirqimi. Trassa planda turli xil yo’nalishdagi chiziqlardan iborat bo`lib, bu chiziqlar o`zaro turli radiusdagi aylanmalar orqali tutashgan bo`ladi.
Bo’ylama profilda esa trassa turli nishablikdagi chiziqlardan tashkil topgan bo`lib, bu chiziqlar vertical qayrilmalar bilan tutashgan bo`ladi.
Odatda, trassa nishabligi kata bo`lmaganligi uchun uning tasvirini yaqqol ko`rsatish maqsadida bo`ylama profil vertical masshtabi gorizontal masshtabiga nisbatan 10 baravar yirik qilib olinadi masalan, gorizontal masshtab 1:10000, vertical masshtab 1:1000”-dedi amaliyot rahbarimiz.
Shu ishlar misolida Tuproqqal`a tumani Xiva va Xonqa kollektorlarning ko`ndalang va vertikal profillari va loyiha-smeta hujjatlari bilan tanishdik.
Tuproqqal`a tumani Xiva va Xonqa kollektorlarning ko`ndalang va vertikal profillaridan na`munalar
Xiva va Xonqa kollektorlari vertikal profilining bir qismi
Xiva va Xonqa kollektorlari ko`ndalang profilining bir qismi
S hartli belgilardan namunalar
Xiva va Xonqa kollektorlari
Korxonada dala ishlaridagi xodimlar yetishmovchiligi sababli o`qishdan keying idora tashkilotga kelib ishlashni, qolaversa tajribani oshirishning istiqbolli yo`llarini ko`rsatishni va oylik maoshi bilan taminlashni taklif berdi.
XULOSA
Agentlik ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi vakolatli respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) bo‘ysunadi.
Men Xorazm viloyati davlat soliq qo’mitasi huzuridagi kadastr agentlikgi Xorazm viloyati boshqarmasida yozgi amaliyot davrimni shu yerda o’tadim. Oliy ta’lim muassasasi talabalarini ular olgan bilim va ko’nikmalarni ishlab chiqarish amaliyotida amaliy va nazariy bilim va ko’nikmalarni xar bir talaba berkitilgan ishlab chiqarish korxonalida o’taydi, Davlat soliq qo’mitasi xuzuridagi kadastr agentlikgi (kadastr palatasi) tumanlar filiallari, UZGASHIQLITI, Beshinchi ekispiditsiya, XORVILYERLOYIHA (Giprozem) Agroprom, respublika aerogeodeziya Xorazm viloyati xududlararo bo’linmasi, xusussiy kadastr agentliklariga berkitilgan xolda amaliyot davrini o’tadik.
Men davlat solq qo’mitasi xuzuridagi kadastr agentligi tuproqqal’a tumani filialida yozgi amaliyot davrimni o’tash moboyonida u yerdagi qilinayotgan ishlar kadastr yig’ma jildini shakillantirish, ijara shartnomasi, auksionda yutib olingan yerlarni xujjatlarini ishlash va ularni auksionga chiqarish kabi ishlar bilan tanishdim. Bu yerda asosan kadastr arxivida ishlngan xujjatlar kadastr kartalari va syomkalar bilan tanishdim bu yerda amaliyot davrida xisobotim uchun kerak bo’ladigan xujjatlarni yig’dim amaliyot o’tayotgan davrda xujjatlarni nusxasini olib ilova tariqasida xisobotimga qoshgan xolda tagdim qildim.
Men amaliyot davrida bu yerga berkitilganligimdan xursandman ustozlarimni nazariy boy bilimlarini amaliyot davrida qo’llagan xolda o’zimni ish jarayonida yaxshi taraflama ko’rsata oldim va korxona raxbari tomonidan tavsiyanoma bilan tagdirlanib ustozlarimga xam katta raxmat aytishdi. Men xam ustozlarimni ishonchini oqlab amaliyot davrida korxona ishchilarida juda yaxshi tasurot qoldirganim. Oliy talim muasasasini tugatib men xam kadastr agentligi, kadastr palatasida ish faooliyatimni boshlamoqchi-man.
ILOVALAR
|