Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/274
Sana23.02.2023
Hajmi10.16 Mb.
#43313
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   274
Bog'liq
2-TOM NAMMTI YSMKT
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
To„rtinchi guruh - kichik tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlashning huquqiy 
asoslari. 
Klaster doirasida xo‗jalik yuritishning vujudga kelishi va rivojlanishiga doir 
me‘yoriy hujjatlarning birinchi guruhini ko‗rib chiqishda shuni ta‘kidlash 
lozimki, 1991 yilda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Mulkchilik 
to‗g‗risida‖gi qonuni O‗zbekistonda ishbilarmonlikka oid me‘yoriy-huquqiy 
bazaning asosi bo‗lib hisoblanadi. U xususiy mulkning dahlsizligini, 
ishbilarmonlikning iqtisodiy va yuridik jihatdan mustaqilligini kafolatlash bilan 
birga, ularning huquq va majburiyatlarini, ishbilarmonlarning bir-biri bilan hamda 
davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o‗zaro munosabatlarini tartibga solish 
qoidalarini belgilab beradi. Shuningdek,1990 yil 31 oktabrda qabul qilingan va 
1993 yil 7 mayda, hamda 1994 yil 23 sentabrda o‗zgartishlar va qo‗shimchalar 
kiritilgan "O‗zbekiston Respublikasida ―Mulkchilik to‗g‗risida‖ gi O‗zbekiston 
Respublikasining Qonuni klasterlik doirasidagi o‗zaro faoliyatning rivojini belgilab 
beruvchi muhim qonuniy hujjat bo‗ldi, unda ta‘kidlanishicha “iqtisodiyotning 
samarali faoliyat ko„rsatishiga va xalq farovonligining o„sishiga ko„maklashuvchi 
mulkchilikning har qanday shakli mavjud bo„lishiga ruxsat etiladi”. Qonun 


579 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
hujjatlari bilan belgilangan mulkchilik shakllari, ularning dahlsizligi va teng 
huquqliligi klaster doirasida ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning ishlab 
chiqarish kooperatsiyasining huquqiy asosini barpo etadi. Qonunda mulkchilik 
huquqlarining kafolatlari va himoya qilinishi aniq belgilab berilgan [1]. 
Me‘yoriy hujjatlarning ikkinchi guruhiga, birinchi galda, 1991 yil 15 
fevralda qabul qilingan va 1993 yil 7 mayda hamda 1994 yil 23 sentabrda 
o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilgan O‗zbekiston Respublikasining "O‗zbekiston 
Respublikasida korxonalar to‗g‗risida"gi Qonuni kiradi, unda shunday 
ta‘kidlangan, ―faoliyatni muvofiqlashtirish, ular huquqlarining himoyalanishini 
ta‟minlash, tegishli davlat va boshqa organlarda, hamda xalqaro tashkilotlarda 
umumiy manfaatlarni namoyon qilish maqsadida mulkchilikning barcha 
shakllaridagi korxonalar tarmoq, hududiy yoki boshqa belgilar bo„yicha ixtiyoriy 
ravishda xo„jalik uyushmalariga: ittifoq, konsern, konsorsium va boshqa 
birlashmalarga birlashishi mumkin”.
Bir korxonaning klaster doirasida boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik 
va jismoniy shaxslar bilan xo‗jalik faoliyatining barcha sohalaridagi xo‗jalik 
munosabatlari shartnoma asosida quriladi. Bunda korxonalar shartnoma predmetini 
tanlashda, majburiyatlar va xo‗jalik munosabatlarining istalgan boshqa shartlarini 
belgilashda erkindirlar.
Qonun hujjatlariga muvofiq, O‗zbekistonda aholining mahsulot, ishlar va 
xizmatlarga bo‗lgan ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek, 
foyda (daromad) olish maqsadida tashkil etiladigan iste‘mol, ishlab chiqarish va 
aralash ishlab chiqarish-iste‘mol klasterlari faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Bundan 
tashqari, qonun hujjatlarida o‗z a‘zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy 
ehtiyojlarini qondirish bo‗yicha (uy-joy-qurilish, uy-joy, garaj-qurilish, dala hovli-
qurilishi va h.k.)
Biroq me‘yoriy-huquqiy hujjatlarning ushbu guruhi asosan tovarlar ishlab 
chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishda xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning klaster doirasidagi o‗zaro hamkorligi va o‗zaro munosabatlarini 


580 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
tartibga soladi. Bunda turli xildagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarning klaster 
doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi chog‗ida yuzaga keladigan o‗zaro 
munosabatlarning o‗ziga xos xususiyatlari inobatga olinmagan, shuningdek, ishlab 
chiqarish integratsiyasi jarayoniga jalb etilgan birlashgan xo‗jaliklar faoliyatini 
muvofiqlashtirish zarurligiga yetarlicha e‘tibor qaratilmagan.
Klasterlik faoliyatini, unda turli xildagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
o‗zaro hamkorligi va ishlab chiqarish integratsiyasini, boshqa korxonalar, davlat 
va nodavlat organlar bilan o‗zaro munosabatlarini rivojlantirishning me‘yoriy-
huquqiy bazasi sharhlari va tahlilini umumlashtirgan holda, qator xulosalarni 
chiqarish mumkin: 
1. Respublikada tovarlar, ishlar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‗yicha 
klasterlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur me‘yoriy-huquqiy baza yaratilgan 
va u mamlakat iqtisodiy rivojining talablaridan kelib chiqqan holda, doimiy 
ravishda takomillashtirilmoqda. 
2. Klasterlik doirasidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarni rivojlantirish 
borasida barpo etilgan me‘yoriy-huquqiy baza ularning vujudga kelishi va son 
jihatdan o‗sishiga ko‗maklashadi. Biroq ushbu jarayonlar mos ravishda rivojlanish, 
hamda kichik va yirik korxonalar, ularning o‗zaro hamkorligi va ishlab chiqarish 
kooperatsiyasining yagona iqtisodiy tizimini tashkil etish bilan kuzatilmayapti. 
Klasterlik faoliyatini rivojlantirish, unda turli xildagi xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning o‗zaro hamkorlik va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‗lga 
qo‗yishning me‘yoriy-huquqiy asosini takomillashtirish quyidagilarni hisobga olib 
amalga oshirilishi kerak: 
- korxonalarni qayta tarkiblash, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kichik 
biznesni kengaytirish va mustahkamlash, yagona xo‗jalik yuritish klasteri doirasida 
yagona xo‗jalik yuritish tizimini tashkil etish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta‘minlash; 
- maqbul mehnat taqsimoti va integratsiyasi, barcha sa‘y-harakatlarni bosh 
vazifa - tovarlar, ishlar, xizmatlarga bo‗lgan iste‘mol talabini qondirish vazifasini 


581 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
bajarish uchun birlashtirish asosida klaster subyektlarining tovarlar ishlab 
chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishdagi o‗zaro hamkorligi va ishlab 
chiqarish integratsiyasini ta‘minlash [2]. 
- klasterlik faoliyati doirasidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish 
va ularning turli xildagi xamkor xo‗jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishini rag‗batlantirish chora-tadbirlarini yanada kengaytirish, hamda 
ularga tovarlar, ishlar va xizmatlarning mayda ulgurji turkumlarini ishlab 
chiqarishga bo‗lgan buyurtmalarni topshirish. 

Download 10.16 Mb.
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   274




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish