• XORIJDA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING PAXTA- TO„QIMACHILIK KLASTERLARI POYDEVORI SIFATIDAGI KO„RINISHLARI Xoliqov Davlat Raxmatulla o„g„li, assistent
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet241/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 
    1. Aynaqulov M.A. Xudayberdiyev B.B. Motivatsiya samaradorlik garovi 
    sifatida // Ilmiy axborotnoma jurnali. Samarqand Davlat Universiteti. 2020. № 2 
    (120). 91-94 b. 
    2. Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М. Нормативно-правовая база 
    интеграционных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой 
    ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский 
    политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50. 
    3. Aynaqulov M.A., Xudayberdiyev B.B., Xatamov A.Ya. Qurilish 
    majmuasida xo‗jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterining tavsiyaviy yo‗nalishlari 
    // in Volume 1, Issue 5 of Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural 
    andsocial sciences in Jine 2021 


    573 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    XORIJDA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING PAXTA-
    TO„QIMACHILIK KLASTERLARI POYDEVORI SIFATIDAGI 
    KO„RINISHLARI 
    Xoliqov Davlat Raxmatulla o„g„li, assistent 
    Jizzax politexnika instituti
     
    Annotatsiya: Maqolada xorijda o„zaro hamkorlikning poydevori sifatida klasterlar 
    faoliyatining rivojlangan mamlakatlardan AQSh, Bolgariya, Daniya va Xitoy davlatlarining 
    tajribalari statistik ko„rsatkichlar asosida tahliliy tarzda bayon etilgan, shuningdek, tajriba 
    sifatida O„zbekistonda klasterlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan dastlabki takliflar 
    keltirilgan. 
    Kalit so„zlar: Kooperatsiya, klasterlar, milliy fond, yirik biznes ekspansiyasi, 
    kasanachilik, pasayish va turg„unlik davri, “shahar jamoaviy mulki o„zaro hamkorlik asosida 
    birlashgan korxonalari”, “qishloq o„zaro hamkorlik asosida birlashgan korxonalari”. 
     
    Ayni paytda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 
    ta‘kidlanganidek ―Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo‗llab-quvvatlash bilan 
    birga, paxta va g‗alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o‗tkazish 
    bo‗yicha izlanishlarimizni, shuningdek, meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik, 
    ipakchilik kabi boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan 
    klasterlarni tashkil etish ishlarini davom ettiramiz. Bu yil 2 mlrd dollarlik, keyingi 
    5-7 yilda esa 3-4 barobar ko‗p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun 
    mahsulot yetishtirishni keskin ko‗paytirish choralarini ko‗rish zarur. Parlamentimiz 
    ushbu islohotlarimizning huquqiy asosi bo‗lgan ―Kooperatsiya va klasterlar 
    to‗g‗risidagi‖ yangi qonunni tezroq qabul qilsa, ushbu reja va niyatlarimizga mos 
    ish bo‗lur edi‖. Bugungi kunning vazifasi bunday mas‘uliyatli vazifani o‗z vaqtida 
    va samarali hal etish uchun xo‗jalik yuritish klasterlari ko‗lamini yanada 
    kengaytirish, ular imkoniyatlarini to‗liq izga soluvchi yo‗nalishlar va usullarni 
    qidirib topish hamda amaliyotga joriy etishdan iboratdir. 


    574 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, ana 
    shunday yo‗llardan biri - bu paxta-to‗qimachilik klasterlari doirasidagi
     
    ishlab 
    chiqarish integratsiyasini tashkil etish va rivojlantirish hisoblanadi. O‗z navbatida 
    ta‘kidlash joizki, bundan turli taraflar manfaat ko‗radi. Bir tomondan, bu ularning 
    barqarorligini oshirishga ko‗maklashadi, ularning yirik buyurtmalarga ega bo‗lishi, 
    shuningdek, moddiy xom ashyo resurslaridan foydalanishi uchun keng yo‗l ochadi, 
    mahsulot bozorini kafolatlaydi, xarajatlarini tejaydi, vaqt sarfini kamaytiradi. 
    Ikkinchi tomondan, birinchi taraf ikkinchi tarafning afzal jihatlaridan, ya‘ni 
    ularning yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishini nisbatan kam xarajatlar bilan 
    tez 
    o‗zlashtira 
    olish 
    qobiliyatidan 
    foydalanib, o‗z 
    mahsulotlarining 
    raqobatbardoshligini oshiradi‖. Darhaqiqat, ushbu ko‗rsatmalarni hayotda ijrosini 
    ta‘minlash,o‗z navbatida mamlakatimizda, hamda chet elda to‗plangan ushbu 
    sohadagi tajribalarni umumlashtirish asosida uning amaliyotga joriy etilish 
    yo‗llarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 
    AQSh Milliy fondining ma‘lumotiga ko‗ra, yalpi ichki mahsulot (YaIM) 
    o‗sishining 40-50 foizi kiritilgan yangiliklar natijasi bo‗ldi, bunda so‗nggi yigirma 
    yil ichida kiritilgan asosiy sanoat yangiliklarining yarmiga yaqinini ishchilarining 
    soni 1000 kishigacha bo‗lgan firmalar berdi, ularning to‗rtdan bir qismi 
    ishchilarining soni 100 kishigacha bo‗lgan o‗zaro sherikchilik asosidagi kichik 
    firmalar ulushiga to‗g‗ri keladi. 
    AQShda o‗zaro sherikchilik asosidagi kichik korxonalar milliy mahsulotning 
    yarmini ishlab chiqaradi. Yangi texnologiyalarning 90 foizdan ortig‗i o‗zaro 
    sherikchilik asosidagi kichik firmalar va mustaqil ixtirochilar tomonidan yaratiladi. 
    AQShda mashinasozlik majmuiga kiruvchi korxonalarning 27 foizidan ko‗pida 
    ishlovchilarning soni 100 kishidan oshmaydi [1]. 
    AQShda o‗zaro sherikchilik asosidagi kichik korxonalarning faoliyat sohasi 
    turlicha. So‗nggi o‗n yillikda eng ko‗p ish o‗rni mayda biznesning an‘anaviy 
    sohasi bo‗lmish o‗zaro sherikchilik asosidagi xizmat ko‗rsatish sohasida vujudga 
    keldi (53,5%). Bu birinchi galda, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, yuridik va huquqiy 


    575 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    masalalar bo‗yicha maslahat, ijtimoiy soha xizmatlari, avtomobillarni ta‘mirlash va 
    h.k. 
    Band aholi sonining o‗sishi bo‗yicha ikkinchi o‗rinni chakana savdo sohasi 
    egallaydi (2,4 mln. qo‗shimcha ish o‗rni). Biroq bu yerda asosiy rolni yirik firmalar 
    o‗ynamoqda (ishlab turgan korxonalarning o‗zaro sherikchilik asosida 
    kengayirilishi va yangi korxonalarning tuzilishi ushbu tarmoqda 75 foiz 
    qo‗shimcha ish o‗rnini ta‘minladi). Agar chakana savdoda yirik biznes 
    ekspansiyasi saqlanib qolsa, u asosan yirik biznes tomonidan nazorat qilinadi, bu 
    amerikalik mutaxassislar fikriga ko‗ra iste‘molchilarning manfaatlariga javob 
    beradi (yaxshi sifat, ancha past narxlar va h.k.). 
    AQShning qayta ishlovchi sanoatida so‗nggi yillarda ishchilarining soni 100 
    kishidan oshmaydigan korxonalarda band bo‗lganlar ulushi 18,6 dan 23,7 
    foizgacha oshdi, ishchilarining soni 500 kishidan kam bo‗lgan korxonalarda esa 
    67,3 dan 62,6 foizgacha qisqardi. Klaster asosida faoliyatning o‗sishi oziq-ovqat va 
    tamaki sanoatidan tashqari, sanoatning barcha tarmoqlarida kuzatiladi. 
    Yevropa miqyosida Daniyada o‗zaro hamkorlik asosida birlashgan 
    korxonalarning tarmog‗i ancha keng rivojlangan. Daniya o‗zaro hamkorlik asosida 
    birlashgan korxonalarining 95 foizidan ko‗pi 200 kishigacha bo‗lgan ishchi 
    xodimlarga ega, ushbu klasterlarda mamlakatdagi mehnatga yaroqli aholining 60 
    foizi ish bilan band. O‗zaro hamkorlik asosida birlashgan korxonalarning tashkil 
    etilishi, milliy iqtisodiyotning qayishqoqligini ta‘minlab, tashqi bozordagi raqobat 
    kurashida mamlakatning mavqeini kuchaytirdi. O‗zaro hamkorlik asosida 
    birlashgan korxonalar rivojini faollashtirish mehnatga layoqatli aholi sonining 
    kamayishi va keng iste‘mol tovarlari importining kengayishi tufayli xarid 
    talabining qisqarishi bilan yuzaga kelgan investitsion siyosatdagi qiyinchiliklarni 
    yengishga ko‗maklashdi. 
    Xo‗jalik klasterlar asosida birlashgan korxonalar Xitoy iqtisodiyotiga ham 
    katta ulush qo‗shmoqda. Xorijiy manbalardan olingan ma‘lumotlarga ko‗ra, 2020 
    yil oxiriga kelib, bu yerda 450 mingta yirik va kichik korxonalar mavjud bo‗lib, 


    576 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    barcha sanoat mahsulotlarining yarmiga yaqini ular ulushiga to‗g‗ri keldi. 
    Mamlakatda 5 mln.ga yaqin o‗zaro hamkorlik asosida birlashgan korxonalar 
    faoliyat ko‗rsatadi, ularning soni har yili 100 mingtaga ko‗payadi. Sanoat ishlab 
    chiqarish umumiy hajmining o‗sishi davlat sanoati va yuqorida qayd etilgan 
    korxonalar o‗rtasida taxminan teng taqsimlanadi. 
    ―Shahar jamoaviy mulki‖ korxonalari ―yirik jamoaviy‖ va ―mayda 
    jamoaviy‖ korxonalarga bo‗linadi. ―Yirik jamoaviy‖ korxonalar dastlab aholi, 
    mahalliy davlat korxonalari va mahalliy hokimiyat organlarining mablag‗lari 
    hisobidan tashkil etildi. Lekin keyinchalik mahalliy hokimiyat organlarining 
    mablag‗lari ko‗pchilikni tashkil qila boshladi [2]. 
    ―Mayda jamoaviy mulk‖ - bu jamoaviy, kooperativ, artel korxonalar bo‗lib, 
    ularning jamg‗armalari, asosan, o‗zaro birlashishga kirgan boshqa korxonalarning 
    mablag‗lari va mehnatkashlarning pay badallari hisobidan tashkil topgan. So‗nggi 
    yillarda kichik davlat korxonalarining bir qismi alohida jamoalarning mulkiga 
    aylanib qolmoqda. 
    ―Qishloq o‗zaro hamkorlik asosida birlashgan korxonalari‖ sanoat 
    mahsulotining hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 2020 yilda ular mamlakat 
    sanoat mahsulotining 23 foizini berdi. Bunday korxonalarda ishlovchilarning 
    o‗rtacha soni - 5,2 kishini, ishlab chiqariladigan m Xitoyda o‗zaro hamkorlik 
    asosida birlashgan korxonalar rivojining asosiy ijobiy omillariga quyidagilarni 
    kiritish mumkin: 
    1. Qishloqda qo‗shimcha ish o‗rinlarini tashkil etish hisobidan, shaharda 
    aholining haddan ziyod ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik natijasida 2020 yilda 
    qishloqdagi o‗zaro hamkorlik asosida birlashgan korxonalar 85 mln. kishini ish 
    bilan ta‘minladiva oqibatda bir qancha ijobiy ko‗rsatkichlarni qo‗lga kiritdi; 
    2. Qishloq aholisi turmush darajasi o‗sdi;. 
    3. 2019 yilda ―qishloq sanoati‖ 61 mlrd. yuana soliq to‗ladi va o‗z navbatida 
    davlat qishloq xo‗jaligining rivoji uchun 14 mlrd. yuana ajratdi. 


    577 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Shuni ishonch bilan ta‘kidlash mumkinki, Xitoy iqtisodiyotidagi katta 
    muvaffaqiyatlar o‗zaro hamkorlik asosida birlashgan korxonalar tarmog‗ining 
    rivoji bilan bog‗liq. 

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish