• Ikkinchi bosqich.
  • Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet238/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
    Birinchi bosqich. Korxonani kompleks tadqiq etish, u quyidagilarni o‗z 
    ichiga oladi: 
    - korxona, uning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimining umumiy 
    tavsifi; 
    - korxonaning mol-mulkini aniqlash, korxona asosiy fondlarining ahvolini 
    inventarizatsiya qilish, ulardan foydalanish samaradorligi; 
    - korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish; 
    - xo‗jalik faoliyati xarajatlarini o‗rganish (foyda keltirish darajasini tahlil 
    qilish); 


    566 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    - uning zahiraviy, shuningdek, mehnat potensiali bo‗yicha iqtidorli 
    imkoniyatlarini o‗rganib chiqish.
    Ikkinchi bosqich. Raqobat muhiti va korxonaning tovar bozorlaridagi 
    mavqeini tahlil qilish va baholash, u quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
    - tovarning marketing tadqiqotini o‗tkazish; 
    - korxona marketingi sohasidagi tadqiqotlar. 
    Uchinchi bosqich. Korxonani rivojlantirishning taraqqiyot strategiyasi va 
    uni moliyaviy sog‗lomlashtirish biznes-rejasini ishlab chiqish, u quyidagilarni o‗z 
    ichiga oladi: 
    - korxonani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish; 
    - korxona faoliyati strategiyasini shakllantirish (ishlab chiqarish turlari,
    ta‘minot-sotish, ishlab chiqarish-texnologik, narx-navo, moliyaviy, investitsion
    kadrlar va boshqa siyosatlar); 
    - tashkiliy-boshqaruv tizimini shakllantirish; 
    - islohotlar jarayonini rejalashtirish va uni boshqarish. 
    Bir jumlani alohida qayd etib o‗tish lozimki, ya‘ni yuqorida ko‗rsatilgan 
    masalalarni turli yo‗nalishlardagi konsalting firmalari yordamida hal etish kutilgan 
    natijalarni beradi. 
    Baholash o‗rniga korxonada auditorlik tekshiruvidan foydalanish mutlaqo 
    noto‗g‗ri qadam hisoblanadi. Shuning uchun auditorlik tekshiruvi baholash 
    o‗rniga emas, balki baholash bilan birga o‗tkazilishi kerak. Keyingi ishlar 
    jarayonida korxona uchun mol-mulkni sotishga zarurat tug‗ilishi mumkin. Shu 
    munosabat bilan ushbu mol-mulkni baholash zarur bo‗ladi. Bundan tashqari, 
    korxonani rivojlantirishda investitsiya loyihalarini baholash va biznesni 
    rejalashtirish bo‗yicha bilimlar talab etilishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiyotni 
    modernizatsiyalash sharoitida korxonani transformatsiyalash (qayta tarkiblash) 
    uchun baholash ishlarining aniq bajarilishini ta‘minlash lozim. 
    Korxonalarni transformatsiyalash jarayonida bir-biriga xom ashyo, resurslar, 
    tovarlar, ishlar va xizmatlarni o‗tkazish kabi o‗zaro integratsion aloqa kasb etuvchi 


    567 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    bir nechta xo‗jalik subyektlari hamkorlik munosabatida bo‗ladi, shuningdek, 
    yakuniy daromad va foydani (qo‗shilgan qiymat) olish bilan bog‗liq o‗ziga xos 
    munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham har bir tuman hokimliklari mazkur 
    tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissasini qo‗shayotgan iqtisodiyotning 
    bazaviy korxonalari uchun o‗zining differensial ―Korxonani transformatsiyalash 
    Nizomi‖ ning yaratilishi va shu asosida ish faoliyati yuzasidan doimiy monitoring 
    yuritishi kerak, chunki transformatsiyalash jarayonlari yilning to‗rt faslida ham 
    barqarorlikni ta‘minlash garovidir. Bu va shunga o‗xshash masalalar
    Respublikamizdagi yuqori boshqaruv organlariga oid tegishli me‘yoriy-huquqiy 
    hujjatlar orqali hal etilishni ham o‗z navbatida talab qiladi. 
    Paxta to‗qimachilik canoat korxonalarining turli xo‗jalik yurituvchi 
    subyektlar bilan ishlab chiqarish integratsiyasi turli xildagi shakllarda namoyon 
    bo‗lishi mumkin. Bunda, bizning fikrimizcha, resurslar yetkazib beruvchi va 
    mahsulotni sotishga ixtisoslashgan korxonalar bilan xo‗jalik yuritish klasteri 
    doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasini subpudrat asosida, texnologik 
    uskunalar va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan - lizing asosida, 
    mayda ulgurji tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar va yordamchi ishlab 
    chiqarishlar bilan esa - franchayzing asosida ta‘minlash maqsadga muvofiq. Yirik 
    sanoat korxonalari va kichik korxonalar faoliyatining muayyan xususiyatlari 
    xo‗jalik yuritish klasteri doirasidagi ishlab chiqarish integratsiyasining boshqa 
    shakllarini ham keltirib chiqarishi mumkin [3]. 
    Yuqorida ko‗rsatilgan uslubiy yondashuv quyidagi imkoniyatlarni keltirib 
    chiqaradi: 
    - yengil sanoat majmui xo‗jalik yurituvchi subyektlarining klaster 
    doirasidagi o‗zaro hamkorligi va ishlab chiqarish kooperatsiyasi jarayonlarini 
    faollashtirish; 
    - ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirishda xo‗jalik yurituvchi 
    subyektlar manfaatlarini inobatga olish; 


    568 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    - subyektlarning klaster doirasidagi o‗zaro hamkorlik va ishlab chiqarish 
    integratsiyasi jarayonlarini boshqarish, qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirishning 
    aniq maqsadga yo‗naltirilishini ta‘minlash; 

    mazkur 
    jarayonlarni 
    rivojlantirish 
    ishlarini 
    nazorat 
    qilish 
    va 
    takomillashtirish.

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish