Aralashtirgichlarning tavsifi




Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/37
Sana17.12.2023
Hajmi2,4 Mb.
#121825
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOG‘LOVCHI MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShDAGI USKUNA VA JIHOZLAR

Aralashtirgichlarning tavsifi. 
Aralashtirish usuli bo‘yicha aralashtirgichlar uch turga ajratiladi: 
mexanik, gazli, gravitatsion. 
Aralashtirish tarzi bo‘yicha aralashtirgichlar ajratiladi: uzlukli va 
uzluksiz ishlaydigan mashinalarga. 
Texnologik vazifasiga ko‘ra, materiallarning fizik holatini hisobga 
olgan holga, bo‘linadi: 
1. Suyuq aralashmalarni aralashtirish mashinalari – bu mashinalar 
uzluksiz va siklik harakatda bo‘ladi, ularga quyidagilar kiradi: kranli, parrakli, 
turbinali, murakkab, murakkab harakatlanuvchilar. 
2. Quruq kukun va donalashtirilgan materiallarni aralashtirish 
mashinalari. Bu turdagi mashinalarga asosan uzlukli mexanik tarzda 
ishlaydigan mashinalar kiradi (parrakli, choptirgich va boshq.). 
3. Yirik dispers suspenziyalarni tayyorlash uchun qo‘llanadigan 
aralashtirgichlar (qurilish rastvorlar, beton aralashmalari, keramik massalar 
tayyorlash va h.k.). 
Quruq kukunsimon va qovushqoq aralashmalarni aralashtirish uchun 
ishlatiladigan aralashtirgichlar. 
Texnologik jarayonni stabilizatsiyalashtirish va tayyor mahsulotning
sifatini oshirish maqsadida qorishmalarni yaxshilab aralashtirib, o‘rtacha 
me’yoriga keltirish kerak. Aralashma osilma holda aralashtirilsa bu jarayonni 
samaradorligi oshib boradi. Aralashmaning osilma holati mexanik usuli 
bo‘yicha olinadi, aralashmadan muayyan tezlikda havo o‘tkaziladi. Havo o‘z 
kritik tezligiga erishganda aralashmaning zarrachalari harakatga kelib, 
psevdosuyuqliklarni xossalariga ega bo‘ladi. Aeratsiyaning samarasini 
buzmasligi uchun qo‘shimcha parrakachalarning harakati bilan foydalanish 
mumkin. Bu tarzda ishlaydigan aralashtirgichlar siloslar deb ataladi.
54


Tashqi ko‘rinishidan silos – bu rezervuar diametri 18 m. gacha, 
balandligi 40 m.gmcha bo‘lishi mumkin. O‘rtasida o‘tkazilgan o‘q, o‘qqa 
maxkamlangan parrakchalar. Siqilgan havo silosning tubida o‘rnatilgan 
maxsus temir yoki sopol plitkalar orqali beriladi. Aeratsiyalangan maxsulot 
oquvchanligi oshgani sababli yaxshi aralashtiriladi. Xom ashe o‘rnini 
korreklashtirish uchun korreklashtirish siloslari qo‘llanadi. Siloslarning 
diametri 5-6 m., balandligi 12-28 m. gacha. Rasmda ikki yarusli silos-
aralashtirgich ko‘rsatilgan (rasm 1). 
1-yuqori yarus silosi; 2-pastki yarus silosi; 3-pnevmobo‘shatgich; 4-
aerotarnov; 5-ta’minlagich; 6- pnevmovintli nasos; 7- tasmali o‘lchagich; 8-
siqilgan havoni filtri; 9-zatvor; 10-engli filtr. 
Silosning ishlash tarzi quyidagicha: xom ashe aralashmasi yuqori 
silosdan pastki silosga oqib tushadi. Siloslarning tubi uch hil usul bo‘yicha 
aeratsiyalanadi: kvadrat, chiziqli va geyzerli. Kvadrat usulida silosning tubi 
g‘ovak plitkalar bilan qoplanadi va 4 qismga ajratiladi. Har bir kvadratga 
siqilgan havo alohida yuboriladi. 4-ta kvadratning biriga havo ko‘proq 
beriladi, bir necha muddatdan keyin 2-chi, 3-chi, 4-chi kvadratlar galma-gal 
faollashadi. Jarayonda quruq aralashma faollashgan kvadratdan ko‘tariladi va
55


boshqa kvadratlarga sochiladi, natijada barcha aralashma intensiv aralashadi. 
Chiziq usul bo‘yicha silosning tubi 5ta chiziqga bo‘linadi. 2 yoki 3ta chiziq 
bo‘limiga havoni ko‘proq berib, aralashtirish jarayoni yaxshilanadi. Geyzer 
usuli bo‘yicha silosning tubi uzuksimon seksiyalarga bo‘linadi. Seksiyalarga 
har xil miqdorda havo yuboriladi. Bunda xom ashe uni geyzer yoki 
yoysimon xolatda yo‘naltiriladi va yaxshi aralashadi. Yuborilgan siqilgan 
havoning bosimi 0,2-0,3 MPa oshmasligi kerak. Aralashtirish va o‘rta 
me’yorda keltirish jarayoni 1-2 soat davom etadi (rasm 2). 
Sement korxonalarida sementni saqlash, sovutish va xossalarini 
yaxshilash uchun silindrik shakldagi temirbeton bashnyalar qo‘llanadi. Ular 
sement siloslari deb ataladi. Siloslarda sovutilgan va saqlangan sement 
tarkibida erkin holdagi kalsiy oksidi so‘ndiriladi, bu sementning hajmini bir 
tekis o‘zgarishiga olib keladi. Sementning tishlash tezligini ham 
sekinlashtiradi. Sement siloslarning sig‘imi 2000-10000 t, balandligi 40m, 
diametri 18m gacha. Har bir portlandsement turi uchun siloslar soni 2 tadan 
kam bo‘lmasligi lozim. Sement korxonalarida siloslar qo‘shilib bloklarni 
tashkil etadi. Bloklar 5-6 siloslardan iborat bo‘lib, 1 yoki 2 qatordan tashkil 
topgan. Silosdan chiqadigan havoni tozalash uchun siloslar filtrlar bilan 
ta’minlangan, hajmini o‘lchash uchun avtomatik tarzda ishlaydigan 
o‘lchovgichlar o‘rnatilgan. Sementning sifatini saqlab qolish uchun 
siloslarning konussimon shaklda yasalgan tubidan 0,3-0,4 MPa boshida quruq 
56


siqilgan havo yuboriladi. Natijada sement aeratsiyalanadi, oquvchanligi 
oshadi va silosdan yengil tushadi. Aeratsion sistemaning 1m
2
aktiv 
maydoniga siqilgan havoni sarfi 0,4 m
3
/min. ni tashkil qiladi. Sement 
silosning tubida yoki chetida o‘rnatilgan pnevmatik bo‘shatgichlar yordamida 
tushiriladi. (rasm 3, 4, 5, 6). 
Asbestsement buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan 
aralashtirgichlar. 
Asbest tolasi mineral bo‘lib, uning asbestsement buyumlarni ishlab 
chiqarishdagi vazifasini yanada oshirish uchun unga 2 bosqich mexanik 
ishlov beriladi. Birinchi bosqichi yanchish, ya’ni begunlarda olib boriladi. 
Begunlar quyidagi alomatlari bo‘yicha tavsiflanadi. 
2chi bosqichda asbest gollendor yoki gidrotitqichda titkalanadi va 
aralashtiriladi. Hozirda sanoatda asosan gollendorlar va 2 xil tuzilishdagi 
gidrotitqichlardan foydalaniladi. Birinchi loyixa bo‘yicha tayyorlangan 
gidroaralashtirgich silindrsimon ko‘rinishda bo‘lib, pastki qismi konussimon 
qilib ishlangan, konussimon qismida titkilab beruvchi parraklar joylashgan, u 
diffuzorga o‘rnatilgan. Moslama tarkibiga qiruvchi boqonlar asbest-sement 
omixtasini quvurlar orqali uzatishga imkon beradi. Ikkinchi hil 
gidrotitkilovchi moslama oldingisidan tuzilishi jihatidan qisman farq qiladi. 
Unda titkilab beruvchi parrak o‘rniga dumaloq yassi plitka ishlatilgan (rasm 
7, 8). 
Rasm. Gollendor 
57


Rasm. Gidrotitkich. 
Quvursimon aralashtirgich – turboaralashtirgich asbest omixtasini 
sement bilan aralashtirish uchun hizmat qiladi. Quvursimon aralashtirgich 
tuzilishi jihatidan gidrotitqichlarga o‘xshash. Ularning o‘zaro farqi 
gidrotitqichlardagi titikilab beruvchi parraklar quvursimon aralashtirgichda 
bo‘lmaydi. Tuzilishini olsak, u silindrsimon idish bo‘lib, pastki qismi 
konussimon qilib ishlangan. Ichki qismida tikka parraksimon – 
aralashtiruvchi moslama o‘rnatilgan. Xarakat elektrodvigatelda nasosga 
beriladi, nasos quvur orqali asbest omihtasini haydab turadi. Asbest omixtasi 
gidrotitqichdan turboaralashtirgichga tushgandan so‘ng unga kerakli 
miqdorda sement solinadi. Sement solina boshlangandan so‘ng unga 
qo‘shimcha miqdorda suv quyiladi. Aralashtirish 8-10 minut davom etadi 
(rasm 9). 
CHo‘michli aralashtirgich – temirbeton jom sifatida bo‘lib, pastki qismi 
konussimon qilib ishlangan. Jomda asbestsement massasi cho‘kib qolmasligi 
uchun baquvvat aralashtiruvchi mexanizm o‘rnatilgan (rasm 10).
Rasm. Aralashtiruvchi mexanizm. 
58


Aralashtiruvchi parraklar o‘qqa burchak bo‘yicha mahkamlangan, bu 
esa aralashtirishni har xil yo‘nalishda olib boradi. Qoliplash mashinani 
oziqlantirish uchun jomning oldi qismida temir yoki cho‘yan cho‘michlar 
bilan biriktirilgan g‘ildirak o‘rnatilgan. Jomni hajmi 6-5 m
3
, cho‘michlar soni 
16-20, har bir cho‘michni hajmi 3,25 l. G‘ildirak diametri 2200 mm, o‘qning 
aylanish soni 6-8,5 ayl/min, katta shkivni diametri 1000 mm, eni 150 mm, 
energiya sarfi 5 ot kuchi. 
CHo‘michli aralashtirgichning ishlash prinsipi. Turboaralash- 
tirgichdan asbestsement massasi cho‘michli aralashtirgichning jomiga nasos 
yoki tabiiy holatda oqib tushadi, unga suyuqroq konsistensiyali massa olish 
uchun 1-1,5 m
3
suv solinadi. Elektrodvigatel tasmali yuritmani harakatga 
keltirish natijasida o‘qqa o‘rnatilgan parraklar va g‘ildirak harakatga keladi. 
G‘ildirakni cho‘michlari asbestsement suyuqlikni suzib olib tarnovga uzatadi. 

Download 2,4 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish