Uzluksiz ishlaydigan gidrator tariqasida
batareya tipidagi parrakli
gidrator qo‘llanadi (13 rasm).
U diametri 800 mm li yettita qo‘zg‘almaydigan baraban 1 dan tashkil
topgan bo‘lib, barabanlar ustma-ust o‘rnatilgan. Xar bir ustki baraban tarnov 2
bilan ostki barabarga biriktirilgan. Barabanlarda aylanib turadigan parraklari 3
bor. Parraklar o‘q 4 ga kiygizilgan, bu o‘q o‘zaro biriktirilgan o‘qlarga
mahkamlangan shesternyalar tizimisiz 7 va reduktor 6
vositasida
elektroyuritgich 5 yordamida aylantiriladi. Parraklar o‘qqa ma’lum burchak
ostida o‘rnatilgan. Shuning uchun xam material gidrator barabani bo‘ylab
surilib turadi.
Ohak yuqorigi barabanga qabul qilishi voronka 8 dan solinadi. Ohakka
suv sepiladi. Aylanayotgan parraklar bilan yaxshilab aralashtiriladi va
biriktirib turgan tarnovga (patrubokka) uzatiladi. Patrubokdan navbatdagi
ostki barabanga tushadi. Gidratordan ohak olish patrubogi 9 orqali solinadi.
Shunday qilib, ohak so‘ndirilayotganda u uzundan-uzoq ilon iz yo‘l-yo‘lakay
qoriladi, shu bilan batamom so‘nadi. Bu gidratorning
ish unumi kukun ohak
bo‘yicha 5 t/soat elektroyuritma quvvati 12 kVt.
Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan gidratorda ohakni batamom so‘ndirib
bo‘lmaydi. Shuning uchun silosga yuborib, 1-2 sutka saqlanadi. Siloslardan
ohak ta’minlagich yordamida peshma-pesh olib turiladi.
Uzluksiz ishlaydigan parrakli gidratorda
ham magnezialli ohak
batamom so‘nadi, silosda tutib turilmaydi.