Nazorat uchun savollar:
1-Tegirmonlarning zoldirli va kuvurli turlarga ajratilishi
2-Tegirmonlarning koplamasi. Uninng kanday materialdan yasalishi va
tegirmon korpusiga maxkamlanishi
3-Zoldirlarning vazifasi, xajmi va almashtirish muddati
4-Ochik siklda ishlaydigan tegirmonlar, tuzilishi kinematik sxemasi
5-Tegirmonning ta’minlovchi va bushatish kismining kostruksiyasi
6-Tegirmonlarning ularni xarakatlantiradigan yuritmalarining tuzilishi
jixatdan tavsifi7-Yopik siklda ishlaydigan tegirmonlar, tuzilishi, texnik
tavsilotlari, kinematik sxemasi
8-Separatorli tegirmonlar, tuzilishi. Sxemasi va ishlash prinsipi
Ma’ruza –5- 4 soat
IV. Saralash va boyitish uskunalari
Saralash va boyitish uskunalarning aralashmani saralishi va
ta’yor maxsulotga jiddiy bulgan ta’siri.
REJA.
1. Saralash jarayonining tartibi, turlari.
2. Elash jarayoniga baxo beradigan kõrsatkichlar.
3. Ĝalvirlar turlari, ishlash tarzi.
Mavzuga oid tayanch suzlar va iboralar:
Saralash-mazkur mashinada materialni maydalashda ulchamdan yirigirok
parchalarni ajratib tashlash va tayyor maxsulot donalaridan maydarok dona
yoki zarralarni ajratib olish
Boyitish-materilni boyitish, ya’ni uni keraksiz begonajinslardan, zararli
aralashmalardan tozalash.
Galvirlar-materialni saralash va boyitish uchun ishlatiladigan uskunalar.
Elaklar- materialni saralash uchun ishlatiladigan tur setkalar. Elaklar
pulat, birinj va boshka xil simlardan, ot kilidan, ipakdan yoki boshka xil
iplardan tukiladi.
Elash samaradorligi-galvirdan utgan material vazni bilan belgilangan
yiriklikdagi dastlabki materialning vazni urtasidagi nisbat
63
Materiallarni saralash va boyitish, ya’ni uni keraksiz begona jinslardan,
zararli aralashmalardan tozalash, tegirmondan chikadigan tayyor
maxsulotning sifatiga, xamda baxosiga jiddiy ta’sir kursatadi.
Saralash jarayoni kuyidagilarni uz ichiga oladi:
1)
materialni maydalashdan oldin. Mazkur mashinada maydalash
uchun yul kuyiladigan ulchamdan yirigirok parchalarni ajritib tashlash.
Tayyor maxsulot donalaridan maydarok dona yoki zarralarni ajratib olish;
2)
material maydalangandan keyin va tuyilgandan keyin uni yirik-
maydaligiga karab tudalarga ajratish, keinchalik ulardan muayyan nisbatda
massa yoki shixta tashkil etish. Mashina yopik siklda ishlaganda yirik
donalarni ajratib kuyish, keinchalik ular kaytadan maydalanadi, materialni
unga aralashgan metall buyumlar va kipiklardan tozalash; materialni boyitish.
Materialni boyitish deganda, yukorida aytib utilgandek, uni keraksiz,
begona va zararli aralashmalardan tozalash jarayoni tushuniladi. Boyitish
natijasida tayyor maxsulotning narxi pasayadi va xokazo. Saralash va
boyitish bilan boglik ishlar mashinalar, suv, xavo, magnitlar yordamida, ya’ni
flotatsion va boshka usullarda amalga oshiriladi. Mashinalar yordamida
saralash – eng kup tarkalgan usul xisoblanadi. Bu usulda material serteshik
yassi yoki egri yuza turlarda saralanadi. Bu jarayon elash deb, bu vaktda
foydalanadigan mashina va kurilmalar esa galvir deb ataladi. Galvirda
elanadigan sochilib turadigan aralashmalar dastlabki material deb yuritiladi.
Materiallning yirik donalari galvirda kolib, maydaroklari galvirdan utib,
pastga tushadi; shuning uchun galvirda kolgan material yukori klass,
galvirdan utgani esa pastki klass deb yuritiladi. Yukori klass belgisi “+” bilan
va pastki klass “–” belgisi bilan ifodalanadi. Material elanadigan galvir yoki
kolosnikli panjara yotik yoki nishob xolatda joylashgan bulib, tebranib turadi.
Ular doiraviy elepsimon egri yoki tugri chizik yunalishda xarakatlanishi
mumkin. Kiya vaziatida joylashgan galvirlar odatda uch xil yunalishda
tebranadi, yotik vaziatda joylashgan galvirlar esa ularning yuziga nisbatan
35-45
0
burchak ostida yunalgan tugri chizik buyicha xarakatlanadi.
Elash jarayonining kuiymdagi turlari kullaniladi:
1) dastlabki elash – bunda materiallning yirikligi muayyan udchamdan
chetka chikkan mashinada maydalanishning birinchi boskichdan utishini
talab kilmaydigan bulaklari ajratib olinadi;
2) oralik elash – bunda materialni maydalashning navbatdagi
boskichidan utkazilmaydigan maxsulot ajratib olinadi;
3)
tekshirish maksadida elash – bunda tayyor maxsulotning yirik
maydaligi tekshirib kuriladi va u chikindidan tozalanadi;
4)
oxirgi marta elash – tayyor maxsulotni xaridorgirligi jixatidan
turkum ajratish maksadida utkaziladi.
Materialni elashning kuruk va xul usullari mavjud. Xul usul
kullanilganda material galvirga suvda suyultirilgan xolida tushib turadi yoki
kuruk xolda tushgan material ustidan suv kuyib turiladi. Namlik darajasi
64
nixoyatda yukori bulgan va kup mikdorda gil aralashgan material shu usulda
saralanadi.
Elash jarayoniga baxo berishda ikki xil kursatkichga asoslaniladi; biri
–ish unumdorligi, ya’ni vakt birligi mobaynida galvirga tushib turadigan
dastlabki material mikdori , va ikkinchisi – elash samaradorligi, ya’ni
galvirdan utgan material vazni bilan belgilangan yiriklikdagi dastlabki
materialning vazni urtasidagi nisbat.
Elash samaradorligi bu jarayonning sifatiy kursatkichi bulib, kuyidagi
formula yordamida aniklanadi:
100
E =
C-d * (100 - C) * -------- ;
C
Bu yerda: S – material tarkibidagi kuyi klass donalari mikdori, %:
(A – B)
d = -------------
B
Bu yerda: A – ustki klass materialidan olingan namuna mikdori.
Materialning ifloslanish darajasi kuyidagi formuladan aniklanadi:
100
I = (A - V) * ------- ;
A
Bu yerda A–tayyor maxsulotdan olingan namuna mikdori
V–ketma-ket
urnatilgan standart galvirlarda elangan
maxsulotdan olingan namuna mikdori.
Galvirlar tunukadan teshish iskanjasida koliblab yasaladi. Galvirlar
kuzlari dumalok, kvadrat, chuzik doira, olti burchak va tugri burchak
shaklida, ulchami 3 mm dan katta buladi. Galvirlarning kamchiligi shundan
iboratki, jami teshiklar maydoni galvir yasalgan bir taxta tunuka umumiy
maydonining atiga 50% - ni tashkil etadi.
Elaklar pulat, birinj va boshka xil simlardan, ot kilidan, ipakdan yoki
boshka xil iplardan tukiladi. Tirik kesim maydoni 70 % dan oshmaydi. Sim
elakning yuzasi notekis bulganligidan tezda ifloslanadi, yeyiladi va simlar bir-
biriga nisbatan surilib, orasi ochilib koladi.
Rezinadan tayyorlangan elaklarning kuyidagi xillari mavjud:
1) kundalang yunalishda tortilgan rezina iplatdan iborat elaklar;
rezina ipning diametri 6-15 mm keladi;
2) yeyilishga chidamli rezinadan koliblab yasalgan elaklar;
3) panjarali elaklar – yugonligi 45 mm keladigan kolosnikli
panjaradan katak-katak kilib yasalgan, kataklari ulchami 70x70 mm
buladi;
4)kalinligi 20-35 mm keladigan rezinadan yasalgan, armaturali va
katakli elaklar; kataklarining ulchami 40x160 mm.
65
Rezina elaklarining yaxshi tomoni shuki, ular tikilib kolmaydi, ya’ni
ifloslanmaydi va 15-25 barabar kamrok yeyiladi.
Elaklar sintetik materiallardan, chunonchi poliamidlar, poliefir
smolalar, propilen, polietilen va shu kabilardan xam tayyorlanadi. Ularning
kuzlari sim elaklarniki kabi anik ulchamda buladi. Sintetik elaklar yeyilishiga
ancha chidamli, ishlatilishi oson, suv, issiklik va kimyoviy moddalar ta’siriga
chidamlilari.
Turlar nomerlari bilan ifodalanadi. Turning nomeri galvir kuzining
nominal ulchamiga mos keladi; kataklari kvadrat va tugri burchak shaklida
bulgan turning nomeri kataklarning kichik tomoniga, chiratma ipdan tukilgan
galvirda esa ipning diametriga muvofikdir. Mamlakatimizda kullanalayotgan,
turlarni ulchash nomeriga karab, galvir kuzining millimetr xisobidagi
ulchamini bilish oson. Turlarning xamma nomerlarida kuzining kengligi bilan
simning diametri urtasidagi nisbat 3:2 ni tashkil etadi.
Material donolarining yirikligi 0,1 mm dan kam bulmasa, elash
jarayoni samarali utadi. Galvirda elaganda jami materialdan maydalikdagi
zarralar tula ajralib chikmaydi. Elash samaradorligiga galvirning kiyalik
burchagi, galvirning tirik kesimi, kuzlarning ulchami va shakli, materialning
surilish yuli, namlik darajasi, material bilan galvir yuzasi oraligidagi tirkish
koeffitsienti ta’sir kursatadi. Kuyi klassga mansub zarralar mikdori bilan
galvirga tushayotgan materialning umumiy mikdori urtasidagi nisbat
galvirning foydali ish koeffitsienti deb ataladi:
q
1
= ------- * 100
q
Bu yerda
=60+70%, tebranma elakda esa – 90%.
Galvirlarning turlari
1)
xarakatchanligi jixatdan – kimirlamay turadigan va
xarakatlanadigan galvirlar;
2)
elayligan yuzasining shakli jixatdan – yassi, barabanli,
rolikli, juvali galvirlar;
3)
elaydigan yassi yuzasining turish vaziyati va kanday
xarakatlanishi jixatdan – yopik joylashgan va ilgarma-kaytma xarakat
kiladigan galvirlar; assimetrik joylashgan va uz tekisligida
xarakatlanadigan galvirlar; prujinalanadigan kiya ustunchalarda yotik
vaziyatda urnatilgan galvirlar va xokazo;
4)
tebratuvchi mexanizmining tuzilishi jixatdan – ekssentrikli,
inersion mexanizmli va elektr magnitli galvirlar;
5)
elaydigan yuzasining xili jixatdan – kolosnikli, turli yoki
panjarali galvirlar;
6)
elaydigan materialning yirik-maydaligi jixatdan –
bulaklarining kattaligi 200-500 mm keladigan yirik materialni elasha
66
muljallangan galvirlar; urtacha yiriklikdagi ,50-200 mm, materialni
elashga muljullangan galvirlar; donalarning yirik-maydaligi 50-1 mm
bulgan va bundan xam maydarok materialni elashga muljallangan
galvirlar.
7)
Xozir xar xil tuzilishdagi va kurinishdagi galvirlar ishlab
chikarilgan va ulardan foydallaniolmokda. Ana shunday galvirlarda
tuxtab utmokchimiz.
1. Kolosnikli galvirlar: kimirlamaydigan kilib urnatilgan va
silkinadigan kolosnikli galvirlar fark kilinadi.
Kimirlamaydigan galvirlar materialni dastlabki maydalagich oldiga,
bunkerlar va yashikdan iborat ta’minlagichlari bulgan aralashtirgichlar
tepasiga urnatiladi va xokazo. Bu galvirlar xar xil kesimli uzaklardan tashkil
topgan. Uzaklar taroklarda urnatilgan yoki muftalarga boltlar yordamida
ulangan. Bu esa uzaklar orasida tirkishlarning kengligi bir xil ulchamda
saklanishini ta’minlaydi. Galvirning tuzilishi sodda, u juda mustaxkam, lekin
ish unumdorligi katta emas, shu bilan birga galvir 3—5
0
kiyalantirilganda
elanayotgan materialni kulda surishga tugri keladi.
Xarakatlanadigan galvirlar materialni elash bilan birga, ayni paytda
ta’minlagich vazifasini xam bajaradi. Yirikligi 40 mm keladigan bulaklar 14-
16 kiyalatib joylashtirilgan uzakli panjara tirkishlaridan tushib ketadi.
Galvirning kengligi, eni, 1,5-2 m + 3-3,5 m, ish unumdorligi 150 t/soat,
kuvvat sarfi – 0,037-0,.052 kvt soat/t. 37-rasm.
2. Silkinadigan yassi galvirlar. Bunday galvirlar ogirlik kuchi bilan
inersiya va ishkalanish kuchlarining uzaro ta’sir kursatish prinsipida ishlaydi.
67
Material saralanishi uchun galvir yuzida surilishi kerak. Ilgarilama-kaytma
xarakat kilib, ya’ni tebranib turadiuan, yotik urnatilgan galvirlar material
zarur yunalishda surilishi uchun maxsus assimetrik mexanizmlar uni oldiga
va orkaga xar xil tezlikda silkitib-tebratib turmogi lozim. Agar galvirni
ekssentrikli oddiy simmetrik mexanizm xarakatlantiradigan bulsa, bunday
xollarda galvir kiya vaziatda joylashgan yoki prujinalanadigan kiya
ustunchalarga urnatilgan bulishi kerak.
Tebranma galvirlar. Bunday galvirlar kuruk va suyuk materiallarni
saralashga muljallangan. Ularning tebranishiga kulochi 0,55-25 mm
keladigan, minutiga 800-3000 marta tebranadigan dinamik omillar tulik yoki
kisman sababchidir. Galvir tebranayotganda material katlamlanadi, ya’ni
mayda zarralar yirik zarralar tagiga tushadi, buning natijasida material ancha
yaxshi saralanadi. Ish unumdorligi ortadi, foydali ish koeffitsienti taxminan
90% ni tashkil etadi. Bunday galvirlarning ikkita asosiy guruxi mavjud:
mexanik tebranma galvirlar va elektrmagnitli tebranma galvirlar. Mexanik
tebranma galvirlar guruxi uz navbatida yana uch xilga ajratiladi: ekssentrikli
galvirlar, zarb bilan ishlaydigan galvirlar va inersion galvirlar.
Ekssentrikli galvirlar silkinadigan ramasining xarakat kulochi
xarakatlantirish uki ekssentrisitetining kattaligiga boglik, shu sababli xarakat
kulochi uzgarmaydi; shunga kura bunday galvirlar giratsion va inersion
galvirlar deb ataladi.
Inersion galvirlar ukidagi uzaro muvozanatlashtirilmagan kismlarning
aylanishidan vujudga keladigan inersiya kuchi ta’sirida tebranadi. Bu
galvirlarning uziga xos jixatida shundan iboratki, ularning tebranish kulochi
uzgarib turadi; bunga sabab – muvazanatlash tirilmagan kismlar utkazilgan
ukning uz uki atrofida aylanish bilan birga, ogirlik sistemasining markazidan
utkan uk atrofida ham aylanishidir. Bu markaz esa saralanayotgan
materiallning vazniga karab uz vaziyatini uzgartiradi. Shagal-kum va
chakirtosh kabi kurilish materiallarini shunday galvirlarda saralanadi.
68
Elektrmagnitli tebranma galvirlar. Bu galvirlarning ishi elektrmagnit
orkali uzgaruvchan elektr toki utib turishiga asoslangan; shunday tok utganda
elektrmagnit galvir turini vakt-vakti bilan uziga tortadi. Elektrmagnitli
langarga ta’sir etishi natijasida tur tebranadi. Elektrmagnit sistemasiga N =
0,74 + 1,1 kvt kuvvatli elektr generator motordan bir sekundagi davriyligi 8-
15 yoki 30 bulgan uzgaruvchan tok utib turadi. Galvir turi 25-40 kiya
joylashganligi va tebranib turganligi sababli galvirdagi material surilib,
elanadi. Elektr – generator –motor urnatish zarurligi bu galvirlarning
kamchiligi xisoblanadi. Galvirlarning ish unumdorligi xilma-xil omillarga
boglik:
Q = 0,65 F * q * K * C m
3
/soat
Bu yerda F-turning maydoni, m
2
q-1 m
2
turning xisobdagi ish unumdorligi;
K-kuyi klassga mansub zarralar mikdori,. %;
C-tur kuzi yarim ulchamining kattaligi.
Barabanli galvirlar. Galvirlarning bu turi tolkonsimon materiallarni
saralashga muljallangan bulib, kiya urnatilgan silindr, ba’zan esa kesik konus
yoki tur stakanli kup kirrali kesik prizma kurinishidadir. Kup kirrali barabanli
galvirlar burat deb ataladi. Barabanli galvirlarning afzalligi shundan iboratki,
ular sekin va ravon aylanadi, sodda tuzilgan, lekin 1,3-3,5 mm yiriklikdagi
zarralar uchun foydali ish koeffitsienti kichiklik qiladi (38-a, 38-b rasm).
Tegirmon yopik siklda ishlatib, xom ashyo xul usulda tuyilgan xollarda
yuzasi yoysimon kolosnikli galvirlardan foydalanish mumkin. Sement
korxonalarida xom ashyo xul usulda tuyilganda bu galvirdan suyuk xoldagi
material aralashmasini tayyor maxsulotga va takror tuyiladigan chala
maxsulotga ajratish uchun foydalanish mumkin. U bur yoki gilni xul usulda
69
dastlabki marta tuyadigan agregatlar ketidan urnatiladi. Galvirlar korpusdan
iborat bulib, yuzasi yoysimon panjara shu korpus ichiga joylashtirilgan. (39-
rasm)
Ajratiladigan zarralarning yirik-maydaligiga karab yoyning kattaligi
uzgaradi. Tayyor maxsulot kanchalik mayda bulsa, yoy shunchalik katta
buladi. Tayyor va chala maxsulotlarga ajratiladigan, namlik darajasi 32-39 %
bulgan xom ashyo aralashmasi patrubokga 1,5-2 atmosfera bosim ta’sirida
uzatiladi; patrubok teshigining kundalang kesimini klapan yordamida
uzgartirib turish mumkin, bu esa okimni shakllantirish va uning xarakat
tezligini rostlash imkoniyatini tugdiradi. Panjara teshiklarining ulchamidan
maydarok maxsulot markazdan kochirma kuchlar ta’sirida kolosnikli
panjaradan utib, patruboklar orkali chikib ketadi. Panjarada ushlanib kolgan
yirik zarralar esa okimga ergashib, boshka patrubokdan tegirmonning xom
ashyo kaytadigan kismiga utadi. Xom ashyo aralashmasining xarakatlanish
tezligi: bu yerda
V0 = R g m/sek.
R-yoysimon yuzaning radiusi, m;
g-ogirlik kuchining jadallashuvi, msek….
Boshlangich tezlik xom ashyo okimining kolosnikli panjaraga
kursatadigan yul kuyiladigan eng kichik bosimidan kattarok bulishi lozim.
Ish unumdorligi
Q = (h1 – h2) * B * V * R * 3 600 m3/soat
Bu yerda: V-panjaraning ish bajaradigan yuzasini kengligi,m;
V-xom ashyo aralashmasining xarakat tezligi,msek;
70
R-ajratish anikligi xisobga olinadigan koeffitsienti;
h1,h2 -panjaraning bosh kismida va oxirida xom ashyo
katlamini kalingligi,m.
h(100-P)
R = I - --------------
100
Bu yerda:
h-galvir ishlatish koeffitsienti;
R-materialdagi yirik zarralar mikdori, %.
|