• Ma’ruza -10-6 soat X. Loyixalash asoslari 10.1 Loyixalashni asosiy koidalari, tuzilishi. Kurs va bitiruv ish
  • Mavzuga oid tayanch suzlar va iboralar
  • Узбекистон республикаси олий ва урта




    Download 2,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/37
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,4 Mb.
    #121825
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-BOG‘LOVCHI MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShDAGI USKUNA VA JIHOZLAR

    Nazorat uchun savollar
    1-Pechlarni ichida joylashgan issiklik almashtirgichlar, xili maxkamlanishi. 
    ishlash koidalari. 
    2-Pechlarni tashkarisida joylashgan issiklik almashtirgichlar, xili, 
    3-Siklonli almashtirgichlar, tuzilishi, ishlash prinsipi. 
    94


    Ma’ruza -10-6 soat 
    X. Loyixalash asoslari 
    10.1 Loyixalashni asosiy koidalari, tuzilishi. Kurs va bitiruv ish 
    loyixalashni mavzusi va maksadi. Tushuntirish – xisobni va chizma 
    kismlarining tartibi. 
     
    REJA. 
    1. Kurs ishini loyihalashining qoidalari. 
    2. Bitiruv ishini loyihalashining qoidalari. 
    Mavzuga oid tayanch suzlar va iboralar: 
    Namunaviy loyixa-konkret sharoitlarga moslangan loyixa va kup marta 
    takror takror foydalanishga muljallangan. 
    Yakka loyixa-xom ashyo, texnologik sxema, kurilish sharoitlarining 
    muxim xususiyatlarini ifodalovchi loyixa. 
    Kurs loyixa-talabalarning muayyan ukuv fanlarini urganishdagi yakuniy 
    boskichdir. 
    Bitiruv ish-oliy ukuv yurtlarida tayyorlanadigan texnika fanlari 
    bakalavri ukish jarayonining yakunlovchi boskichi. 
    Sanoat korxonalarini, aloxida bino va inshoatlarni kurish loyixalar 
    asosida olib boriladi. Loyixalarni maxsus buyurtmalar asosida bajariladi. 
    Mazkur korxona kanday maxsulot ishlab chikarishidan kati nazar 
    loyixalash usullarining asoslari prinsipial jixatdan xamma korxonalar uchun 
    umumiydir, korxona loyixasida xal kilinishi lozim bulgan masalalar 
    kompleksi xam uzgarmaydi. Shuning uchun xam noorganik moddalar 
    korxonalarini loyixalash asoslarini bayon etayotganda, odatda ishlab chikarish 
    sxemasining ishlab chikarilayotgan maxsulot turidan kelib chikadigan ayrim
    noprinsipial xususiyatlari ustida batafsil tuxtab utirishning xojati yuk. 
    Texnologik jarayoni tashkil etishning korxona loyixasini tuzayotganda kuzda 
    tutish zarur bulgan asosiy masalalari tugrisidagina utish yetarli buladi. 
    Noorganik moddalar korxonalari namunaviy yoki yakka loyixalar 
    buyicha kuriladi. Namunaviy loyixa kup marta takror-takror foydalanishga; 
    yakkasi, ya’ni xom ashyo, texnologik sxema, kurilish sharoitlariningmuxum 
    xususiyatlarini ifodalovisi esa fakat ana shu korxona uchungina muljallangan 
    buladi. 
    Namunaviy loyixani konkret sharoitlarga moslashtirish loyixaga 
    boglanish deb ataladi. 
    95


     Namunaviy loyixadan foydalanilsa, loyixalash muddati ancha kiskaradi, 
    arzon buladi. Bundan tashkari, odatda, namunaviy loyixada eng yangi 
    texnologik sxemalar joriy etiladi, yukori unumli jixozdar urnatish kuzda 
    tutiladi, texnologik jarayon eng takomillashgan tartibda tashkil etiladi.
    Natijada ishlab chikarish unumi oshadi, maxsulot sifati yaxshilanadi va 
    korxonada maxsulot birligi xisobiga kapital xarajatlari kamayadi. 
    Loyixa buyicha korxonaning belgilangan xajmda va asortimentda 
    maxsulot ishlab ishlab chikarishini ta’minlaydigan karorlarni amalga 
    oshirishga asoslangan xolda berilgan ta’rif- tavsifi bayonidir. Korxonaning 
    ta’rif-tavsifi biri-birini tuldiruvchi xisobiy izox yozuvlar va chizmalar 
    kurinishda beriladi. 
    Loyixa boskichma-boskich ishlanadi; bu esa loyixani bir necha 
    blokichga, chunonchi: loyixa topshirigi, texnik loyixa va ish loyixasiga bulib
    ishlashga imkon beradi. Loyixa topshirigida ana shu tuman va maydonda 
    zavod kurishning teknik imkoniyatlari va iktisodiy jixatdan maksadga 
    muvofik belgilanadi.
    Texnik loyixada asosiy texnik masalalar xal kilinadi,. Texnik iktisodiy 
    kursatkichlar belgilanadi xamda zavod kurilishning kiymati aniklanadi. 
    Ish chizmalari asosiy texnik xujjatlar xisoblanadi. Zavod binolari va 
    inshoatlari ana shu xujjatlarga asosan kuriladi, jixozlar urnatiladi. 
    Amalda uzlashtirilib olingan ishlab chikarish sikli korxonalar 
    loyixalari ikki boskichda ishlab chikiladi, ya’ni loyixa topshirigi va ish 
    chizmalari tuziladi, bu xolda loyixa topshirigi keng, batafsilrok ishlanadi. 
    Ishlab chikarish yoki texnologik sxemalari yangi korxonalarning loyixalari 
    uch boskichda loyixalanadi. 
    Korxona loyixasi kompleks va bulajak korxonani kurish, tashkil etish 
    xamda undan normal foydalanishga doir barcha masalalarni kuzda tutgan 
    bulishi kerak. Loyixa odatda kuyidagi kismlardan iborat buladi: 
    1) texnik-iktisodiy kismi; 
    2) texnologik kismi; 
    3) issiklik texnikasi kismi; 
    4) kon ishlar kismi; 
    5) energotexnikasi; 
    6) suv ta’minoti va kanalizatsiyasi; 
    7) sanitariya-texnik kismi 
    8) kurilish; 
    9) inson faoliyatining xavfsizligi; 
    10) ekologiya kismi. 
    Loyixa tarkibida korxonaning muayyan asosiy ishlab chikarish va 
    yordamchi binolari xamda inshoatlari kompleksi muljallanadi. Birinchilariga 
    xom ashyo va yarim maxsulotlarni ishlashga doir ishlab chikarish 
    operatsiyalari bajariladigan sexlar va bulimlar kiradi. 
    96


    Korxonaning yordamchi xujalik binolari va inshoatlarida xom ashyo
    va yarim maxsulotni ishlashga bevosita alokasi bulmagan, ammo asosiy 
    ishlab chikarish sexlarining normal ishlab turishiga ta’minlaydigan ishlar 
    bajariladi. Yordamchi ishlar kilinadigan binolar va inshoatlar: 
    Elektr toki bilan ta’minlovchi inshoatlar-korxona elektrstansiyasi yoki 
    transformator podstansiyasi; 
    Suv ta’minot inshoatlari – suv keltirish kurilmalari, nasos stansiyasi, 
    suv bosimi minorasi, ishlab chikarish, maishiy va yonginga karshi maksadlar 
    uchun zarur suv ta’minot tarmoklari va boshkalar; 
    Kanalizatsiya inshoatlari - tozalash inshoatlari, okovalar chikib 
    ketadigan joylar, kanalizatsiya tarmoklari va boshkalar; 
    Isitish kozonxonasi; 
    Ombor xujaligi; 
    Remont-mexanik ustaxonasi; yuk tashish vositalari; 
    Ma’muriy-xujalik va maishiy maksadlarga muljallangan binolar- zavod 
    boshkarmasi, maishiy xonalar va boshkalar. 
    Kimyoviy texnologiya bakalavriat ta’lim yunalishlari buyicha
    bajariladigan kurs loyixalari va bitiruv ishlarining tarkibi, mazmuni, 
    rasmiylashrililishini batafsil yoritib chikamiz. 
    Kurs loyixasi talabalarning muayyan ukuv fanlarini urganishdagi 
    yakuniy boskichdir. Kurs loyixaning maksadi - talabalarning oldiga kuyilgan
    ilmiy-texnik masalalarni ochishda nazariy bilimlarni mustaxkamlash, 
    mustakil ijodiy muxandislik, ilmiy-tadkikot ishlarini bajarish kunikmalarini 
    takomillashtirish. Kurs loyixasi – ukituvchi raxbarligida talabalar tomonidan 
    bajariladigan mustakil ish turlaridan birlari bulib, talabaning nazariy 
    bilimlarini mustaxkamlashga, amaliy masalalarni xal kilishga uz bilimidan 
    moxirlik bilan foydalanish malikasini shaklantirishga, bitiruv ishi yoki 
    loyixasini bajarishga va mustakil kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat 
    kiluvchi grafik kism va xisob-tushuntirish yozuvidan iborat. 
    Kurs loyixasi tushuntirish yozuvi va grafik kismidan iborat buladi. 
    Kurs loyixasining tushuntirish yozuvi: 
    -loyixa uchun topshirik; 
    -mundarija 
    -kismlar: 
    1)kirish; 
    2)taxliliy sharx; 
    3)texnologik kismi; 
    4)muxandislik xisoblari; 
    5)loyixa buyicha xulosalar; 
    ilovalar; 
    foydalanayotgan adabiyotlar ruyxati. 
    Kirish kismida soxaning asosiy masalalari ifodalanadi va 
    loyixalashtirilayotgan ob’ektga umumiy tavsif beriladi. 
    97


    Taxliliy sharx kismi kurs loyixasining individual topshirigida 
    kursatilgan reja asosida tuziladi va loyixalashtirilayotgan ob’ektga ta’lukli 
    soxadagi texnika va texnologiyalarning zamonoviy xolati taxlilini uz ichiga 
    oladi. 
    Tushuntirish yozuvining -texnologik kismi- standart formatdagi kalka, 
    vatman yoki milimetrovkada bajarilgan texnologik sxema va bu sxemaning 
    mufassal bayonini uz ichiga oladi. 
    Muxandislik xisoblari- kismi moddiy balanslar xisobi, asosiy uskunani 
    tanlash buyicha xisoblar,. Markalar va asosiy texnik tavsiflar, kimyoviy 
    texnologiya jarayondagi xisoblar, issiklik texnikasi xisoblari, mexanik 
    xisoblar va boshkalarni uz ichiga oladi. Konstruktorlik mazmunidagi kurs 
    loyixasi buyicha muxandislik xisoblari mustaxkamlik, kinematik, issiklik, 
    texnologik va boshka xisoblarni uz ichiga oladi. Zarur muxandislik 
    xisoblarining anik ruyxati loyixa topshirigida belgilangan buladi. 
    Loyixalar buyicha xulosalar kismida, loyixada kabul kilingan asosiy 
    loyixaviy yechimlarining texnik darajasiga baxo beriladi. 
    Kurs loyixaning grafik kismi ( grafik kismi urniga agregat, apparat, 
    reaktor, pech va shu kabilarning xajmiy maketi bajarilishi xam mumkin). 
    Kurs loyixaning grafik kismi A1 (594x841) mm formatli chizmalardan 
    iborat buladi, asoslangan xollarda esa GOST 2.301-68 buyicha boshka 
    formatlarni kullashga ruxsat beriladi. 
    Texnologik mazmundagi kurs loyixasining grafik kismi texnologik 
    sxema va mashina, apparat, agregatlarning rejasi va kirkimlarini uz ichiga 
    olgan 2-3 chizmadan iborat buladi. Aloxida texnologik apparat, mashina va 
    agregatlarning umumiy kurinishdagi chizmalarni bajarishga xam ruxsat 
    beriladi. 
    Konstruktorlik mazmundagi kurs loyixasining grafik kismi apparat 
    yoki moslamaning sxemalari, mashina yoki agregatlarning yigma chizmalari, 
    texnologik kushimchalarning yigma va detali chizmalarini uz ichiga oladi. A1 
    formatli 4 ta chizmadan iborat bulishi mumkin. 
    Kurs loyixasining mavzusi muxim masalalarga bagishlangan bulishi 
    shart. 
    Kurs loyixasining tushuntirish yozuvi konstruktorlik xujjatlari yagona 
    sistemasi YESKD, GOST 2.105-79 va GOST 2.106-68 lar talablari buyicha 
    bajariladi. Kurs loyixaning titul varagi institut, fakultet, kafedraning nomi, 
    kurs, guruxning rakami talaba, raxbarning ismi-sharifi, ularning shaxsiy 
    imzosi, loyixaning mavzusi va ximoyalash yilini uz ichiga oladi. 
    Bitiruv ishi oliy ukuv yurtlarida kimyoviy texnologiya va 
    biotexnologiya yunalishida tayyorlanadigan texnika fanlari bakalavri ukish 
    jarayonining yakunlovchi boskichi xisoblanadi. U yosh mutaxassisda texnika 
    fanlari bakalavri negizini shaklantirishda aloxida axamiyatga ega. Talaba 
    bitiruv ishini bajarish davrida fundamental fanlar asosida kimyoviy 
    98


    texnologiyaning nazariy va iktisodiy asoslarini urganib, bilim va 
    tashkilotchilik tajribasini oshiradi. 
    Bakalavr bitiruv ishida xalk xujaligida katta axamiyatga molik 
    muamolarni xal kilinishi talab etiladi. Bitiruv ishi mavzusi dolzarb va 
    mamlakatimiz xujaligini rivojlanishi bilan boglik bulishi kerak.
    Birituv ishi kurs loyixasi, asosiy ilmiy va muxandislik fanlari xamda 
    boshka yunalish fanlari buyicha kurs va loyixa ishlari jamoasi mavzularining 
    davomi sifatida bajarilishi kerak. 
    Bitiruv ish loyixasi – sex, uchastka yoki bulimda tayyor maxsulot 
    ishlab chikarishni ta’minlaydigan texnologik jarayonni yoki aloxida olingan 
    bir-ikki texnologik uskuna va konstruksiyali muxandislik ishlovi bilan 
    mustakil bajarilgan yakunlovchi ijodiy ishdan iborat buladi. Talaba bitiruv 
    ishi loyixasini bajarishda ilgor mamlakatlar kurilma va uskunalari bilan
    jixozlangan samarali texnologik tizimlardan foydalanishi kerak. Ishlab 
    chikarishni boshkarishda, jarayonnlarni tula ravishda avtomatlashtirishda, 
    kapital mablaglardan samarali foydalanishga, ishlab chikarishni 
    ta’mirlashga, mexnat sharoitini yaxshilashga, zararli chikindilarni 
    kamaytirishga e’tibor bnrishi darkor. Talaba ishlagan texnologiyani jaxon 
    bozoriga olib chikishga, yukori texnikaviy va iktisodiy kursatkichlarga ega 
    bulishiga intilishi kerak. Buning uchun kup adabiyotlar bilan tanishishi va 
    turli loyixalash usullaridan (SAPR) foydalanishi maksadga muvofikdir. 
    Loyixa bitiruv ishi ikki kismdan iborat bulib;50-60 varak kul yozma 
    tushuntirish xati va 2-5 varakli grafik kismidan iborat buladi. Grafik kismida 
    sex, uchastka, bulim, aloxida uskuna va kurilmalardan iborat bulishi mumkin. 
    Grafik kismida texnologik sxema, asosiy uskuna yoki bulimning kesimi, 
    rejasi xamda texnologik jarayonni avtomatlashtirish va boshkarish tizimlari 
    bajarilishi lozim. 
    Loyixa bitiruv ishining tarkibi . 
    1)mundarija 
    2)kirish 
    3)tanlangan mavzuni texnik-iktisodiy jixatdan asoslash 
    4)texnologik kismi: 
    a) ishlab chikarish fizik-kimyosining nazariy asoslari 
    b) tanlangan texnologik sxemani asoslash 
    v) texnologik sxemani yozuvi 
    g) xom ashyo, yordamchi materiallar, chikindilar, ulardan
    foydalanish, tayyor maxsulotlarga GOST va texnik shartlarga kura 
    kuyiladigan talablar 
    d) moddiy va issiklik balansini xisoblash 
    ye) analitik nazorat 
    7)inson faoliyatining xavfsizligi 
    8)ekologik masalalar yechimi 
    99


    9)texnologik sxema yoki asosiy uskunani avtomatik tarzda boshkarish 
    va ishlab chikarishni nazorat kilish 
    10)iktisod kismi 
    11)xulosa 
    12)foydalangan adabiyotlar, ixtirolar, patentlar ruyxati. 
    Bitiruv ishi loyixasining kirish kismida kimyo sanoati tarrakiyoti 
    xakida xukumatimiz va vazirliklar, kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar 
    va uyushmalar tomonidan kabul kilingan karorlar xususida tuxtalishi lozim. 
    Asosiy maxsulotning axamiyati, uning xalk xujaligida tutgan urini va unga 
    mamlakat tashkarisidagi talab, xamda bu sanoat tarmogini kelajak tarrakiyot 
    kursatkichlari ustida tuxtalishi kerak. Mazkur tarmokning moddiy texnika 
    bazalarini eng ilgor jixozlar bilan ta’mirlanishi, ishlab chikarishni 
    rejalashtirilishini tashkil etishi va boshka masalalarni yoritish.
    Normal texnologik sharoitni yaratish uchun mazkur ishlab 
    chikarishning kimyoviy va biokimyoviy asoslarini yeritish kerak. Chunki 
    keyingi texnologik xisoblar kimyoviy va biokimyoviy reaksiyalarni 
    stexiometrik tenglamalariga asoslangan buladi. Shuning uchun ishlab 
    chikarishning fizik-kimyoviy va biokimyoviy asoslarini keltirilayotganda 
    xom-ashyoning, maxsulot tayyor bulgunga kadar davom etadigan kayta 
    ishlash jarayoni tizimiga, ayniksa termodinamik va kinetik konuniyatlar 
    nuktai-nazaridan taxlil kilinib, batafsil yoritilishiga erishish kerak. 
    Ishlab chikarish usulini tanlash bulimida sanoat mikyosida olish xakida 
    kiskacha ma’lumot beriladi. Adabiyotda berilgan ma’lumotlar, patentlar va 
    ilgor ishlab chikarish tarjibalari taxlil kilinib, kabul kilingan usulning 
    afzalligi xakida ma’lumot berishi lozim. Buning uchun kabul kilingan 
    usulningg texnik iktisodiy kursatkichlari xam keltirishi darkor. 
    Loyixalashtirilayotgan bulimning texnologik sxemasini ishlash va zarur 
    bulgan ishlab chikarish uskunalarini tanlash, loyixa bitiruv ishining asosiy
    vazifalaridan biri xisoblanadi. Texnologik sxemasini tushishda eng ilgor 
    korxonalarning texnologik sxemasini kabul kilinishi mumkin. Agarda bu 
    sxema xozirgi zamon talablariga javob bersa, u xolda loyixalashtirilayotgan 
    sxema ishlayotgan korxona sxemasining asl nusxasi koldirilishi, ya’ni 
    ishlayotgan sxemani tadkikiy taxlil kilish, mumkin kadar, uchragan 
    kamchiliklarni bartaraf etish, texnologik jarayonni takomillashtirish va 
    samaralirok kilishga erishish kerak. Imkoniyatiga karab ishlab chikarishni 
    avtomatlashtirish va uzluksiz nazorat urnatish lozim. Texnologik sxemani 
    chizishda uskunalarni iloji boricha ulchamlarini mutanosib ravishda 
    kichraytirib shakllarini saklagan xolda berish darkor. Texnologik sxemada 
    apparatlar, uskunalarni rakamlash lozim 
    Asosiy maxsulotga kuyilgan talablar. Energetik manbalar. Chikindilar 
    tavsifi. Maxsulotlarni kayta ishlash, ularni turlari, bozorbopligi, nafisligi atrof 
    muxitni ifloslanishidan muxofaza kilishi. Kabul kilingan xom ashyo, 
    yordamchi materiallar va energetik manbalar davlat standart sistemasiga 
    100


    javob berishi kerak. Bu bulimda xom ashyoning tarkibi, uning fizika-
    kimyoviy xususiyatlari, asosiy maxsulotlarni fizik-kimyoviy xossalari va 
    unga kuyilgan talablar, texnik sharxlar, kadoxlash, saklash koidalari, 
    transportirovka kilish usullari va boshkalar xam yoritilishi kerak. 
    Moddiy va issiklik xisobi texnologik xisoblarning asosiy kismini 
    tashkil kiladi. Bu asosan uskuna va energetik kurilmaning iktisodiy 
    xisoblaridan ilgari berilgan buladi. Materiallar nisbatini xisoblashdan asosiy 
    maksad, xom ashyoning, yordamchi materiallarning sarflanish koeffitsientini 
    ishlab chikarish kuvvatini aniklashdan iborat. Sarflanish koeffitsientini
    xisoblagan kimyoviy texnologiyasining takomillashganligi, ishlab chikarish 
    davrida yukolishi mumkin bulgan xom ashyo maxsulotning mikdorini 
    nazarda tutish kerak. Material nisbatini xisoblashda boshlangich xom 
    ashyolar, zarur bulgan tarkibiy kismlarining fizik kursatkichlaridan 
    foydalaniladi. Xom ashyoning nazariy sarflanish mikdorini aniklashda 
    kimyoviy reaksiyalarning tulik utishiga, ya’ni maxsulot chikish mikdorini, 
    ishlab chikarishdagi maxsulotning yukolishini nazarda tutish kerak. Bu 
    boshlangich materiallar tugrisidagi ma’lumot turli normativlardan olinadi. 
    Materiallar nisbati muvozanati moddalarning saklanish konuniga asoslangan 
    bulib, ishlab chikarishning kirim kismi chikim kismiga teng bulishi kerak. 
    Shuning uchun material nisbati tenglamasi yordamida birorta no’malum 
    ishtirokchi komponent mikdorini aniklash mumkin. Saklanish koeffitsienti 
    birlik bilan ifodalanuvchi xom ashyoga, tayyor maxsulotga va vaktga nisbatan 
    xisoblanadi. Material nisbati odatda yigindi jadval sifatida beriladi. Xuddi
    shu tartibda energiya nisbati buyicha sarflanish koeffitsienti aniklanadi. 
    Energetik xisoblash birlikka nisbatan xisoblangan maxsulot uchun sarflangan 
    issiklik, yokilgi, bosim va suv orkali energetik resurs aniklanadi.Energetik 
    mikdorni aniklashda ishlab chikarishdan chikayotgan tashlandik, ikkalamchi 
    energetik resurslarga xam e’tibor berish kerak. Energetik nisbat natijalari xam 
    yigindi jadval sifatida beriladi. 
    Bitiruv ishini loyixalashda ishlab chikarishni kuvvatiga karab 
    loyixadagi asosiy texnologik asbob-uskunalarni, moslamalarni tugri tanlash 
    mumkin va bu axamiyatga ega. Tanlangan apparatlar va uskunalar kimyoviy 
    texnologiyasining xozirgi zamon jaxon andozalari talablariga javob berishi 
    kerak. Uskunalar iloji boricha mamlakatimizda ishlab chikarilgan bulishi 
    kerak. Ularning kuvvati va ulchamlari, material va energetika sarfiyoti 
    xisoblanishi, sungra katalog va normalar buyicha kime texnologiyasida 
    ishlaydigan standart apparatlar kabul kilinadi. Bitiruv ishi loyixasida asosiy 
    reaktorlarning tulik konstruksion mexanik va issiklik sarfiyoti, ya’ni bu 
    reaktorlarning ulchamlari, xajmi, tayyorlash jarayonida reaktor 
    materiallarining chidamliligi va boshkalarga e’tibor berish lozim buladi. 
    Kabul kilingan asosiy reaktor kuyidagi asosiy talablarga - yetarli reaksion 
    xajm, massa issiklik almashish jarayonlariga, shu jarayonlarga turgun va 
    uzok muddat davomida ishlash kobiliyati, yengil boshkaruvchanlik va 
    101


    ekspluatatsion davrida xavfsizlik talablariga va boshkalariga javob berishi 
    kerak. Reaktor ulchamlarini xisoblayotganda uning kuvvati va reaktordagi 
    jarayonning davom etish muddatini nazarda tutish kerak. Bundan tashkari 
    tanlangan apparat va uskunalarning ta’rifi, konstruksiyasi, kanday 
    materiallardan yasalganligi, kuvvati xamda aloxida kismlarini kiskacha 
    ta’riflab berish kerak. Bitiruv ishi loyixasida asosiy apparatlardan tashkari 
    yordamchi uskunalarni xam tanlash darkor. Masalan - nasoslar, 
    kompressorlar,dozatorlar, transportyorlar va boshkalar. Sex yoki bulimning 
    kabul kilingan kuvvatiga karab, uskunalarning soni aniklanadi. Ishlab 
    chikarishning uzluksiz davom etishi uchun, odatda ichki imkoniyatdan 
    foydalanishga xam katta axamiyat beriladi. 
    Ishlab chikarishni uzluksiz va turgun ishlashini ta’minlash uchun 
    doimiy analitik nazorati yulga kuyilgan. Maxsulot sifati jaxon andozalari 
    talabi darajasida bulishi uchun, ishlab chikarish jarayonida uzluksiz sifat 
    taxlili mavjud bulishi kerak. Tayyor maxsulot, kabul kilingan davlat 
    standartiga tula javob berishi lozim. 
    Loyixa bitiruv ishida xom ashyo, yarim fabrikat, tayyor maxsulot 
    tarkibini aniklash usullari tugrisida ma’lumot va ta’rif beriladi. Ushbu 
    ma’lumotlarni talaba ishlab chikarish amaliyoti va ukish davrida tuplagan 
    bilimlari asosida tayyorlaydi. Bu ma’lumotlarning asosiy kismi korxona 
    markaziy va bulim laboratoriyalaridan olinib, loyixa bitiruv ishida kullaniladi. 

    Download 2,4 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 2,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Узбекистон республикаси олий ва урта

    Download 2,4 Mb.
    Pdf ko'rish