Hisoblash tarmoqlarining rivojlanishitaqsimlangan tizimlarning xususiy




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana14.09.2024
Hajmi0,69 Mb.
#271166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Va innovatsiya vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos

Hisoblash tarmoqlarining rivojlanishitaqsimlangan tizimlarning xususiy 
holatidir.
Zamonaviy informatsion tarmoqlar asosan 1970 yil oxirida ma`lumotlarni qayta 
ishlashda.
Taqsimlanish tendentsiyasiga asoslangan. Bunday tarmoqlarning rivojlanish 
pog`onasiga ishlab chiqarish tezligi turlicha bo`lgan turli hisoblash mashinalarini 
aloqa kanallari yordamida bir sistemaga birlashtirish asos soldi. Turli darajadagi 
lokaldan to global kompyuter tarmoqlari ma`lumotlarni qayta ishlashni 
taqsimlashdagi sistemalarning yuqori pog`onasi hisoblanadi.
Lokal hisoblash tarmog`ining foydalanuvchilari fayl-server tarmog` resursiga ishchi 
stantsiyalardan kirishga ruxsat oladilar. Ko`p foydalanuvchi tizimda ishlash ma`lum 
qoidalarni bajarishni talab etadi. Birinchi navbatda, bu tarmoqdagi katalog va 
fayllarni himoya qilishni tashkil etish bo`lib, bu jamoa ishidagi ayrim ajratilgan 



resurslariga (qattiq magnit disk, printer, plotter) kirishga ruxsat olish tizimidan 
iboratdir.
Zamonaviy ishlab chiqarish, axborotlarni yuqori tezlikda ularni qayta ishlash, 
saqlash, uzatish usullarini qulayligini va mamlakat iqtisodiyotidagi iqtisodiyotni 
boshqarishda katta jamoani ishtirok etishini talab etadi. Bunday jamoalar shaharning 
turli tumanlarida, regionlarida joylashgan bo`lishi mumkin. Boshqaruv vazifalarni 
echishda, aktual tezlik, axborotlarni almashtirish qulayligi, shuningdek boshqarish 
vazifalarini qayta ishlash jarayonlarda barcha ishtirok etuvchilarni o`zaro 
chambarchas aloqasini o`rnatish lozim. Bu maqsadga muvofiq ma`lumotlarni 
markazlashtirgan qayta ishlash maqsadga muvofiq bo`lmay qoldi. SHuning uchun 
hisoblash tarmoqlari barpo etilishi, axborotlarni tezkorlik bilan qayta ishlanishi, 
ularni to`liq saqlash, uzatish jarayonlarini operativ, to`liq, aniqlik darajasida 
etkazishni amalga oshiradi. Kichik EHM, mikro EHM va shaxsiy kompyuterlarning 
barpo etilishi ma`lumotlarni qayta ishlash tizimlarini tashkil etishga, yangi 
informatsion texnologiyalarni barpo etishga olib keldi.
Markazlashtirilgan tizimlardagi EHM larga taqsimlangan ma`lumotlarni qayta 
ishlashga o`tkazish mantiqan asoslangan talabni qo`ydi.
Taqsimlangan ma`lumotlarni qayta ishlashni bajarishda ko`p mashinali 
assotsiatsiyalar va kompyuter tarmoqlari barpo etildi. Ko`p mashinali hisoblash 
kompleksi – bu birgalikda yagona informatsion hisoblash jarayonlarini bajaruvchi 
va maxsus ulash vositalari bilan biriktirilgan yonma-yon o`rnatilgan gurux EHM 
laridir. Ko`p mashinali hisoblash komplekslari: lokal va masofaviy guruxlarga 
bo`linadi:
· Lokal komplekslarda – kompyuter bir xonaga ma`lum sharoitlarga ko`ra 
o`rnatilgan bo`lib, o`zaro aloqa va aloqa kanallari uchun maxsus asbob-uskuna talab 
qilinmaydi.
· Masofaviy kompleksda – agar kompleks EHMlari markaziy EHM dan ma`lum 
masofada o`rnatilgan bo`lsa, ma`lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallarini 
ishlatilishi talab qilinadi.


10 
Kompyuter hisoblash tarmog`i – taqsimlangan ma`lumotlarni qayta ishlash talabini 
qanoatlantiradigan kompyuter va terminlarini aloqa kanallari yordamida yagona 
tizimga ulaydigan kompyuter va terminal to`plamidir.
Dunyoda yirik hisoblash tarmoqlarining umumiy soni bir necha yuz tarmoqqa etgan, 
ularning tanilganlari quyidagilar:
· Telnet (Aqsh) – 1974 yil eng yirik tarmoqlardan hisoblanadi. X.25, SHDC,
3270, 2780/3780 asinxron protokollarni quvvatlaydi. Ma`lumotlarni uzatish tezligi 
56 Kb/c gacha. 1988 yilda US Sprint tarmoq tarkibiga kirgan.
· TYNNET (AqSH) – 1977 yildan boshlab ishga tushirilgan. 68 mamlakatni qamrab 
olgan. X.25, X.75, BCS, HASP, X. PC va MNP asinxron bog`lanadigan 
protokollarni quvvatlaydi. Uzatish tezligi 56 Kb/s gacha.
· ―Sprint-Set ‖ – 1990 yilda barpo etilgan. SP ―Sprint-Set`‖ va PO
―TSentral`no`y telegraf‖ ma`lumotlarni uzatish va hujjatni almashtirish tarmog`i 
bo`lib, xalqaro tarmoqqa chiqishni ta`minlaydi.
· RELKOM – bu tarmoq tarkibiga uzellar kirib, SNGning 80 ta shaharlarida 
joylashgan.
· Internet – Rossiya tarmog`i. Notijorat telekommunikatsion hisoblash tarmoqlari va 
yirik tijorat tarmoqlari bilan o`zaro xabarlarni uzatadi (BITNET, MCImail, 
Compuserver va boshqalar). Mamlakat ichida ―Infotel‖, Pocnet, IASnet va 
boshqalar bilan aloqa qiladi, bu tarmoqda ishlash uchun kompyuter va modem 
bo`lishi etarli.
Taqsimlangan hisoblash sistemalari bir nechta ma`lumotlarni qayta ishlash 
markazlaridan tashkil topishi uning asosiy belgilardan hisoblanadi. Kompyuter 
tarmoqlari bilan bir qatorda taqsimlangan sistemalarga mul`tiprotsessorli 
kompyuterlar va ko`p mashinali hisoblash komplekslari kiradi.
Mul`tiprotsessorli kompyuterlar bir nechta protsessorlardan iborat bo`lib, ularning 
har biri, bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda o`zining dasturini bajaradi.
Mul`tiprotsessorlarda barcha protsessorlar uchun umumiy bo`lgan operatsion tizim 
mavjud bo`lib, protsessorlar o`rtasida hisoblash yuklamasini operativ (tezkorlik 
bilan) taqsimlaydi.


11 
Rasm 1. Mul`tiprotsessorli tizim: O – operativ P1 - P4 - protsessorlar, K1 - K3 - 
kiritish chiqarish kanallari. D - diskli xotira qurilma.
Mul`tiprotsessorning asosiy afzalligi uning tezkorligidir. Bu tezkorlik bir nechta 
protsessorlarning parallel ishlashining hisobiga amalga oshiriladi. Ularning yana bir 
afzalligi, ayrim elementlar ishlamay qolganda ham, (masalan protsessorlar yoki 
xotira bloklari) ular ishni davom ettiraveradi. Albatta bu holatda uning tezligi 
pasayadi.
Klasterlar (ko`p mashinali sistema) - bu bir nechta kompyuterlardan tashkil topgan 
hisoblash kompleksidir. Ularning har biri mustaqil operatsion tizimga ega, 
shuningdek dasturiy va apparat vositalari barcha kompyuter kompleksining ishini 
bir butundek ta`minlaydi.
D D
ОХ
П1 П2 П3 П4
К2
К3
К1


12 
Rasm 2. Klaster sxemasi. AD, TD - periferiya qurilmalaridir.
Klaster tugallangan, avtonom (mustaqil) ishlaydigan standart kompyuterlardan 
tashkil topgan.
Kompyuterlar orasidagi aloqalar dasturi va apparatli ta`minotga ko`ra, klaster bir 
butun kompyuterdek ko`rinadi.
Klasterlar hisoblash sistemasini tezligi va mustaxkamligini ko`tarish uchun 
ishlatiladi. Klasterning bir uzeli ishdan chiqsa, hisoblash yuklamasi boshqa uzelga 
o`tkaziladi. Protsessorlar orasidagi aloqa, xizmatchi axborotlarni almashtirish uchun 
uzellar yordamida bajariladi. Bu aloqalar yordamida klasterning har bir uzeli, 
bajarilayotgan masalalarni bajarilishini va boshqa uzellarning xolatini vaqti - vaqti 
bilan tekshirib turadi. Agar qanday uzel o`z xolatini o`zgartirsa (ishdan chiqsa), u 
holda ish, ishlayotgan uzelga siljiydi. Bu jarayonda taqsimlovchi disklar (TD) 
muhim rol o`ynaydi.
Klasterlarda protsessorlar
orasidagi aloqani tashkil 
etish 
uchun 
maxsuslashtirilgan texnologiya ishlatiladi, ular klasterdagi kompyuterlarni o`zaro 
harakatida spetsifik masalalarni echishga moslashgan bo`ladi. Oxirgi vaqtlarda bu 
maqsad uchun lokal tarmoqning standart texnologiyasi qo`llanilmoqda, masalan 
Fost Ethernet va Giqabit Ethernet - standart texnologiyalar.
Tarmoq xizmati har doim taqsimlangan dasturlardan tashkil topadi.
Taqsimlangan dastur - bir nechta o`zaro harakatdagi qismlardan tashkil topgan 
bo`lib, ularning har biri kompyuter tarmog`ida alohida bajariladi.


13 
Kompyuter 1
Mijoz
So`rov
Kompyuter 2
Server
125
Javob
Rasm 3. Taqsimlangan ilova qismlarining o`zaro harakati.
Tarmoq xizmatlari taqsimlangan dastur sistemalariga taaluqli bo`ladi. Biroq 
tarmoqda foydalanuvchining taqsimlangan dasturlari va ilovalari bajarilishi 
mumkin.
Taqsimlangan ilovalar bir necha qismdan iborat bo`lib, ularning har biri amaliy 
masalalarni echishda ma`lum tugallangan ishni bajaradi. Masalan, foydalanuvchi 
kompyuterida ilovaning bir qismi maxsuslashtirilgan grafik interfeysini quvvatlasa, 
ikkinchisi ajratilgan quvvat kompyuterda ishlashni va foydalanuvchi kiritgan 
ma`lumotlarni statistik qayta ishlash bilan mashg`ul bo`ladi, uchinchisi, olingan 
natijalarni kompyuterga o`rnatilgan SUBD (ma`lumotlar bazasini boshqarish 
vositasi) ma`lumotlar bazasiga kiritib beradi. Taqsimlangan ilovalar, hisoblash 
tarmog`ining 
taqsimlangan 
qayta 
ishlash 
taqdim 
etadigan 
potentsial 
imkoniyatlardan foydalanadi, shuning uchun ularni tarmoq ilovalari deyiladi. SHuni 
aytish lozimki, tarmoqda bajariladigan hamma ilovalar ham tarmoq ilovalari 
bo`lavermaydi. SHunday, topilgan ilovalar soni ko`pki, ular taqsimlangan 
bo`lmaydi, ular tarmoqning bitta kompyuterida bajariladi. 80 yillarda lokal 
tarmoqlarda taqsimlanmagan ilovalar ishlatilgan. Bu albatta tushunarli, ular 
avtonom kompyuterlar uchun yozilgan bo`lib, so`ngra shunday oddiy tarmoq 
muhitiga kiritilgan.

Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash tarmoqlarining rivojlanishitaqsimlangan tizimlarning xususiy

Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish