17
Tarmoq OT va abonent tizimining ishchi stantsiyasining operatsion tizimini
birbiriga mutonosib emas (bir-biriga tushmaydi), shuning uchun ishchi stantsiyaga
tarmoq qobig`i deb ataladigan maxsus dastur kiritilgan. qobiq ishchi stantsiyaning
operativ xotirasiga rezident dastur kabi yuklanadi. U tarmoq foydalanuvchilaridan
amaliy so`rovlar qabul qiladi va ularni lokal OT stantsiyasida
yoki tarmoq OT
serverida, qayta ishlanish joyini aniqlab beradi.
Mijoz - server uchun to`rtta chet el tarmoq OT juda keng tarqalgan:
Bular: Novell firmasining NetWare, IBM firmasining LAN server, Microsoft
firmasining LAN manager, Banyan firmasining VINES OT laridir. Oxirgi yillarda
Windows NT OTlari keng qo`llanilmokda.
Bu
tarmoq OTlar mustahkamligi, qulayligi va tarmoqni boshqarish uchun
administrativ vositalarni turli tumanligi, foydalanuvchilarning ishlashi,
ajratilgan
resurslardan foydalanish, rezident qismining hajmi, tarmoqda bir nechta
serverlardan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar bilan bir-birlaridan farq qiladi.
Novell NetWare 386 3.11 versiyadagi tarmoq OT keng tarqalgan ommabop tarmoq
OT hisoblanadi. U 332 razryadli ko`p
vazifali, real vaqtli tarmoq OT bo`lib,
himoyalangan 80386 yoki 80486 protsessorlarda ishlaydi. YAngi ishlab chiqilgan
Novell NetWare 4 versiyali tarmoq OT ko`p serverlarni o`z tarkibiga olgan,
mingacha foydalanuvchiga xizmat qiladigan, ko`p segmentli tarmoqlarni barpo etish
uchun mo`ljallangan. YAngi versiyada serverlarni boshqarish markazlashtirilgan
ya`ni tizim administratori barcha serverlarni boshqarishi mumkin va barcha
serverlarda yagona foydalanuvchilar ro`yxatini olib borishi mumkin. Mijoz-server
hisoblash tarmog`ida Windows NT, Windows NT Advanced Server tarmoq OTlari
ishlatiladi. Nomarkazlashtirilgan boshqarish tarmoqlarida
yoki bir tarmoqlarda
kompyuterlar birlashtiriladi, ularning har biri server va klient bo`lishi mumkin.
Bunday tarmoqlarda hohlagan kompyuter oddiy diskli OT boshqariladi, tarmoq
vazifalarini boshqarish uchun esa uning operativ xotirasiga
bir tarmoq operatsion
tizim dasturi yuklanadi. Bir hisoblash tarmoqlari uchun Novell firmasining NetWare
Lite va Artisoft firmasining LAN Tastic OTlar eng ommabop tarmoq operatsion
tizimiga kiradi. NetWare Lite tizimi bilan ishlaydigan tarmoqda, tarmoqni
18
boshqarish ancha oddiy bo`lib, foydalanuvchilar o`rtasida resurslarni taqsimlashni,
tarmoqqa murojaat qilishni va boshqa vazifalarni boshqarishni o`z ichiga oladi. LAN
Tastic tizim bir turli tarmoq operatsion tizimida birinchi bo`lib hisoblanadi. Bu
qisqartirilgan rejimda ishlovchi bir turli tarmoqdagi
foydalanuvchilar uchun juda
qulay bo`lib, katta bo`lmagan xabarlarni kompyuterlararo uzatishga va umumiy
fayllar yoki qurilmalarni taqsimlangan vaqt rejimida ishlashga olib keladi.
Artisoft firmasi bu tarmoq OTni yanada takomillashgan versiyasini tayyorlayapti,
qaysiki u kiritish – chiqarish operatsiyalarini yuqori ishlashini ta`minlovchi bazaviy
ma`lumotlar bilan samarali ko`p foydalanish uchun mo`ljallangan. Bir hisoblash
tarmoqlari uchun shuningdek Windows for Work Groups, Personal Netware, Power
LAN tarmoq OTlari ishlatiladi.