14
Tarmoqni o`rganishda uning alohida elementlarini va ishlash tamoyillarini bilish
kerak: bu elementlar quyidagi qatlamlarni tashkil etadi:
1.
kompyuterlar;
2.
kommunikatsion asbob - uskunalar;
3.
operatsion tizim;
4.
tarmoq ilovalari.
Tarmoqning dastur - apparatli barcha kompleksi ko`p qiymatli model bilan qayd
etilishi mumkin. Istalgan tarmoq qatlamida standartlashtirilgan kompyuter
platformasi yotadi. hozirgi vaqtda tarmoqda kompyuterlarning vazifalariga ko`ra
keng diapozonda o`zining tavsifiga ko`ra super
EHMdan to SHEHMgacha va
MEYNfremlar ishlatiladi. Bu mashinalar foydalanuvchilarga bevosita yaqin
saytlarda yoki qayta ishlanayotgan axborotlar markazida joylashgan bo`lib, tarmoq
zvenosini tashkil etadi, undan foydalanuvchilar o`zining abonent tizimi bo`yicha
talabalar bilan murojaat qiladilar.
Ikkinchi
qatlam - kommunikatsion asbob uskunalar. Tarmoqlarda
kompyuterlar ma`lumotlarni qayta ishlovchi markaziy element bo`lsa ham, oxirgi
paytlarda kommunikatsion qo`rilmalar ham tarmoqlarda katta rol o`ynaydi. Kabel
tizimlari,
takrorlovchilar, mostlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar modulli
kontsentratorlar tarmoqning yordamchi komponentlari emas, balki kompyuterlar va
tarmoqlarning dasturiy ta`minoti bilan bir qatorda asosiy elemenlarga aylandi. Hozir
kommunikatsion qurilma murakkab maxsuslashtirilgan mul`tiprotsessorni taqdim
etadi. Kommunikatsion asboblarni ish tamoyilini o`rganish
uchun lokal va global
tarmoqlarda ishlatiladigan katta hajmdagi protokollarni (bayonoma) bilish kerak.
Uchinchi qatlam - tarmoqning dastur platformasini tashkil etadigan operatsion
tizimdir. Tarmoqni loyixalashda joriy operatsion tizim boshqa tarmoq OTlar bilan
ishlash jarayonida ma`lumotlarni xafsizligi va ximoyalanganligi qay darajada
ta`minlanishi foydalanuvchilar sonini ko`paytira olishini,
uni boshqa turdagi
kompyuterga o`tkazish mumkinligini hisobga olish lozim.
To`rtinchi qatlam - tarmoq vositalarining eng yuqori qatlami bo`lib, unga tarmoq
ilovalar - tarmoq ma`lumotlar bazasi, ma`lumotni arxivlashtirish vositalari pochta
15
bazalari va b.k. kiradi. Bularni ishlatishda ularning imkoniyat diapozonining,
shuningdek
boshqa
tarmoq
ilovalari
va
operatsion
tizimlari
bilan
moslashuvchanligini bilish juda muhim.
Hisoblash tarmoqning dasturiy taminoti o`zining tarkibiga ko`ra turli- tumanligi
bilan farqlanadi.
Dasturiy ta`minot axborotlarni qayta ishlashda programmalash jarayonini
avtomatlashtiradi,
shuningdek rejalashtirish, telekommunikatsion, hisoblash va
tarmoq informatsion resurslariga murojaat ilishni,
foydalanuvchilar talabini
qoniqtira olish, resurslarni dinamik taqsimlanish va qayta taqsimlanishlarda
tezkorlikni oshirish kabilarni amalga oshirib beradi. Tarmoqning dasturiy ta`minoti
quyidagilarga bo`linadi:
1.
Umumtarmoq DT (dasturiy ta`minot) bu taqsimlangan tarmoq sistemasi bilan va
texnik xizmatining dastur komleksiga kiruvchi dastur vositalaridan tashkil topgan.
2.
Maxsus DT – bu amaliy dasturiy vositalarini tashkil etadi: bunga funktsional va
integratsiyalashgan. Amaliy paketlar dasturlari hamda tarmoq amaliy dasturlar va
boshqalar kiradi.
3.
EHM abonent tizimining bazaviy dasturlashni ta`minlash – tarkibiga EHMning
operatsion sistemalari, tizimni avtomatlashtirish dasturi, tekshiruvchi va diagnostik
test dasturlari kiradi.
Taqsimlangan tarmo operatsion tizimi, barcha tarmoqlardagi rejimlarni boshqaradi,
foydalanuvchilar talabini amalga oshiradi va tarmoq zvenolarini ishini boshqaradi.
Taqsimlangan tarmoq operatsion tizimi – abonent tizimlarining o`zaro harakat
jarayonlarini amalga oshiruvchi dasturiy vositalari
tizimini tashkil etadi va
kommunikatsion protokollar bilan umumiy arxitekturaga birlashtirilgan bladi.
Taqsimlangan tarmoq operatsion tizimining boshqaruvchi va xizmat qiluvchi
dasturiy to`plami quyidagilarni ta`minlaydi:
1.
Umumtarmoq resurslarini ishlatish bo`yicha foydalanuvchi talabini qondirish.
2.
Dasturlararo kirish (muloqot) usullarining mumkinligi.
3.
Umumtarmoq resurslariga u yoki bu tarmoqqa murojaat qilishda foydalanuvchilar
dasturlar sinxronlashtirish.
16
4.
Istagan abonent tizimidan vazifalarni kiritish va ularni istagan ATda paketli yoki
operativ rejimda ularni bajarilishini ta`minlash.
5.
Masofadagi EHMda saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan fayllarga kirish va AT
tarmoqlar o`rtasida fayllarni almashtirish.
6.
Elektron pochta, telekonferentsiya, masofaviy ta`lim kabilardan matn xabarlarini
uzatishda yuqoridagi xizmatlardan foydalanish.
7.
Apparat, informatsion va tarmoq dasturiy resurslarini holatini harakterlaydigan
so`rovnoma chiqarib berish.
EHMning apparat ta`minoti turli xil, aloqa
vositalari abonent tizimining, aloqa
uzellar asbob uskunalarini aloqa apparaturalaridan tashkil topgan bo`lib, bitta
tarmoq yoki bir xil darajadagi yoki turli darajadagi tarmoqlarning ishi bilan
kelishish, universallik ya`ni foydalanuvchining cheklanmagan
masalalar doirasini
bajarishni va EHMning konfiguratsiyasini o`zgartirish imkoniyatini ta`minlovchi
modulllik EHM tarmog`iga quyilgan asosiy talablarni tashkil etadi.
Tarmoqlarda
EHMlar
vazifalariga
ko`ra
keng
diapozonda
o`zining
harakteristikalariga ko`ra super EHMdan to SHEHMgacha ishlatimoqda. Bu
mashinalar foydalanuvchilarga bevosita yaqin joylarda yoki qayta ishlanayotgan
axborotlar markazida joylashgan bo`lib, ular tarmoq zvenosini tashkil etadi, undan
foydalanuvchilar o`zining abonent tizimi bo`yicha talablar bilan murojaat qiladilar.