Tarmoq xizmatlari. ―Ochiq – tizim va standartlash muammolari xaqida




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana14.09.2024
Hajmi0,69 Mb.
#271166
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Va innovatsiya vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos

 
Tarmoq xizmatlari. ―Ochiq – tizim va standartlash muammolari xaqida 
tushuncha‖ 
Tarmoq avvalam bor, uning foydalanuvchilarga informatsion xizmat ko`rsatish 
uchun yaratilgandir. Xizmat turlari nihoyatida ko`p va xilma xil bo`lib, ularni 
quyidagi guruxlarga ajratish mumkin. · WWW- elektron saxifa xizmati · Elektron-
pochta xizmati.
· Telekonferentsiya
· Fayllarni uzatish
· Telnet xizmati
· Ma`lumotlarni izlash xizmati
World Wide Web (WWW- jahon o`rgimchak turi) – Internetning eng yaxshi 
xizmatlaridan bo`lib, matn, grafik axborot, tovushli fragmentlardan tashkil topgan 
xujjatlar bilan ishlash imkoniyatini yaratib beradi. WWW tizimi Internet 
tarmog`ining istalgan qismida joylashgan serverdagi xujjatni topib foydalanuvchi 
kompyuteriga chaqirib berishni ta`minlaydi. WWW ning muhim xossalaridan biri 
xujjatlarga gipermatn ishoratlari (jo`natmalari) kiritilishi mumkunligidir.
Elektron pochta (E-mail) Internetdagi keng foydalanadigan xizmatlardan biri 
hisoblanadi. Bunda axborotlarni jo`natish, ukish, xatlarga javob berish va 
ma`lumotlar uzatish jaryonlarini bajarish ancha engil bajariladi.
E-mail kompyuter tarmog`idagi tarqoq foydalanuvchilar orasidagi eng qulay 
vositadir. Internet global tarmog`ida elektron pochta INTERNET EXPLORER 
brauzeriga o`rnatilgan OUTLOOK EXPRESS dasturi asosida amalga oshiriladi.
Telekonferentsiya xizmati tarqoq holda joylashgan ko`p foydalanuvchilarni o`zaro 
o`zluksiz ―mulokot‖ qilish uchun mo`ljallangan tizimidir. Internetdan 
foydalanuvchilar uchun telekonferentsiya deb nomlangan guruxiy munozaralarda 
ishtirok etish imkoniyatini yaratuvchi tizimidir. USENET konferentsiya ro`yxati 


39 
minglab mavzularni o`z ichiga oladi, shuning uchun undan foydalanish uchun, 
konferentsiya mavzularining ierarxik nomlarini qoidalarini bilish va unga mos holda 
ularni o`rnatish lozim.
Fayllarni uzatish- FTP (File Transfer protocol) protokoliga asoslangan axborot 
xizmati internetida birinchi yaratilgan tizimlaridan hisoblanadi. Bu xizmat 
kompyuterdagi FTP – dasturidan foydalangan holda masofadagi kompyuterga 
ulanib, kirish mumkin bo`lgan fayllar ro`yxati bilan tanishadi, hamda ulardan o`z 
kompyuteriga nusxa kuchiradi. FTP tarmoq bo`yicha istalgan shakldagi (matn, 
tasvir, bajariluvchi dastur, tovush-yozilgan va x.k.) fayllarni yuborishi mumkin.
FTP ―mijoz – server‖ arxitekturali tizimlarga misol bo`la oladi. Bunday tizimlarda 
bir kompyuterda ―mijoz‖ deb nom oluvchi maxsus dasturdan foydalaniladi. 
Foydalanuvchi shu dastur yordamida masofadagi server deb nomlangan 
kompyuterdagi boshqa dastur bilan bog`lanadi.
Telnet- xizmati (boshqa kompyuterlar bilan o`zaro aloqa).
Telnet boshqa kompyuter bilan aloqaga kirishni ta`minlaydi. Telnet orqali aloqani 
o`rnatib, foydalanuvchi boshqa kompyuterda guyoki o`ziniki bilan ishlayotgandek.
Amalda Telnet kirishni ochib beradi, ammo o`zaro aloqani tagkil etish chet 
kompyuter orqali belgilanadi. Telnet programmasi foydalanishga juda qulay. Uning 
yordamida tarmoqka ulangan biron-bir kompyuter bilan aloqa o`rnatish uchun uning
Internetdagi tulik manzilni bilish kifoya. Kerakli kompyuter bilan ulanishda 
komandada uning manzili ko`rsatiladi. Ulanish jarayonida xost-kompyuter 
foydalanuvchining nomini suraydi. CHet tizim bilan ishlash uchun foydalanuvchi 
unga kirish xukukiga ega bo`lishi shart.

Download 0,69 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq xizmatlari. ―Ochiq – tizim va standartlash muammolari xaqida

Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish