40
Internetda ma`lumotlarni topishda izlash tizimlari bajaradi.
Bu izlash tizimlari
ma`lumotlar katalogiga va maxsus izlash tizimiga ega. Ular yordamida
ma`lumotlarni tez izlab topish mumkin.
Izlash tizimlaridan ommabop sistemalarni keltirish mumkin.
Yahoo – taniqli va foydalanishga qulay qidiruv sistemasi.
http//www.yahoo.com
Hotbot
http: //WWW.Hotbot.com/ – ixtiyoriy mazmundagi ma`lumotlar omboriga
ega. Turli xildagi servis xizmatlarini ko`rsatadi. Elektron adres, telekonferentsiya va
Web-saxifalarni kidiradi. Lycos
http://WWW.Lycos.Com/ – eng keksa ommaviy qidiruv sistemalardan biri
bo`lib, keng foydalanuvchilar doirasiga kiradi. Rambler
http://WWW. Rambler. ru/– Rossiya eng katta qidiruv sistemasi. 10 500 Rossiya
serverlarida qidiruv olib boradi. Assalom Internet http://WWW Assalom. uz/ –
O`zbekistondagi birinchi qidiruv sistemasi.
Resurslarni ko`paytirish imkoniyatlari mavjud.
Welcome to Uzbekistan
http://www.gov.uz/
/ – O`zbekiston Respublikasi xukumati saxifasi. Rasmiy
axborot, Oliy majlis karorlari xaqida ma`lumot beradi.
Uzbekistan Reference http://www.book.uz/
/ – O`zbekiston xaqidagi axborotni o`z
ichiga oladi.
Ochiq - tizim va standartlash muammolari xaqida tushuncha
Amalda hisoblash tarmoqlarini barpo etish va uni rivojlantirish tarmoq sistemalarini
tashkil etishdagi barcha kompleks savollar bo`yicha standartlarni (andoza)
ishlab
chiqish zarurligiga olib keldi. 1978 yil andozalash bo`yicha Xalqaro tashkilot (SXT)
ochiq tizimning etti darajali o`zaro harakatdagi etalon modelini tavsiya etdi, bu keng
tarqaldi va tan olindi. Bu mavjud hisoblash tarmoqlarini taxlili uchun asos bo`lib,
yangi tarmoq va standartlarni aniqlashni tashkil etadi.
Tarmoqlarda o`zaro harakatdagi jarayonlar funktsional muxit yordamida bog`lanadi,
ular ma`lum qoida bilan jarayon bajarilishini ta`minlaydigan bayonnomalardir.
41
Ochiq - tizimning o`zaro harakat modelining etaloniga mos holda abonent tizimi
amaliy jarayonlar bilan taqdim etiladi. Abonent tizimi etti funktsional pog`onaga
(darajaga) bo`linadi. Bitta ramkadagi funktsional darajada
bajariladigan funktsiya
va protseduralar shu daraja protokoliga mos keladi. Funktsional darajalar kat`iy
ierarxik asosda o`zaro harakatda bo`ladi: har bir daraja kuyi daraja xizmatlaridan
foydalanadi va o`z navbatida har bir daraja yuqori joylashgan darajaga xizmat qiladi.
Abonent tizimining bir nomli darajadagi o`zaro
harakatdagi aloqa bayonnoma
andozalashtirish tarqatiladi.
Ochiq-tizim etalon modeliga mos ravishda hisoblash tarmoqlarini barpo etishda,
tarmoqlarda turli klass EHMlaridan foydalaniladi.
SHuning uchun etalon
modelining talablarini qanoatlantiradigan tarmoq – ochiq tarmoq deb ataladi.