30
Ethernet tarmoq shunday tuzilganki, ma`lumotlarni
uzatuvchi taqsimlaydigan
muhitni kadrni tushishida barcha tarmoq adapterlari bir vaqtning o`zida bu kadrni
qabul qiladi. Kadrning boshlang`ich maydonning birida joylashgan manzilni
vazifasini taxlil qiladilar va bu manzil agar ularning
shaxsiy manzili bilan mos
tushsa, kadr tarmoq adapterining ichki buferiga joylashadi. SHunday qilib,
manzilchi - kompyuter unga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni oladi. Ayrim xollarda
ikkita
yoki undan ortiq kompyuterlar, tarmoq bo`sh deb, axborotlarni uzatadi,
bunday holda tarmoq bo`yicha uzatilayotgan ma`lumotlarni to`g`ri
kelishiga
to`sqinlik qiladi - bunday xolat kolliziya deb ataladi.
Ethernetning asosiy afzalligidan biri shundaki uning tejamkorligidir. Bu
tarmoqlarni tuzish uchun har bir kompyuter uchun bittadan tarmoq adapteri va
kerakli uzunlikdagi koaksial kabelli bitta fizik segment kerak xalos. Bundan tashqari
Ethernet tarmog`ida etarli darajada muhitga kirish, manzilgoxlash va ma`lumotlarni
uzatish
algoritmi oddiy tuzilgan, shuni ham aytish joizki Ethernet tarmog`ini
kengaytirilishi yaxshiligi, ya`ni yangi uzellarni ulashni
engilligi uning afzalligini
yana bir bor oshiradi.
31
2.2. Kompyuter tarmog`ining strukturalari
Lokal va global (katta) tarmoqlarni strukturalashtirish sabablardan biri bu shundan
iboratki, 10 – 30 dan ortiq kompyuterlar ko`pincha topologiyaning umumiy shina,
xalqa, aylana, yulduz turlarning biri bilan bog`lanadi. Bunday bog`lanishda tarmoq
kompyuterlari, boshqa kompyuterlarga kirishda bir xil xuquqga ega bo`ladi.
Albatta bunday bir xil struktura kompyuterlarga xizmatni va tarmoq
ekspluatatsiyasini engillashtiradi. Biroq, katta tarmoqlarni tuzishda aloqaning bir xil
strukturasining afzalligi uning kamchiligiga aylanib qoladi.
Bunday tarmoqlarda
namunaviy strukturani ishlatish turli cheklanishlarga olib keladi: