Laboratoriya mashg’ulotlari
20
Musiqa amaliyotida uchraydigan qo’sh tovushlar va akkordlar (birdaniga
chalinadigan bir nechta tovushlar) ko’pincha bitta tayoqcha bilan yoziladi. Fortepiano
musiqasi esa kamdan-kam hollarda to’rt nota yo’lida, ba’zan esa uch nota yo’lida
yoziladi. Arfa va organ asboblari uchun yoziladigan
notalarda maxsus qavs
qo’llaniladi.
Yakka ovoz yoki yakka soz va fortepiano uchun mo’ljallangan asarlar uch nota
yo’lida yoziladi. Fortepiano ishtirok etmaydigan xilma-xil
tarkibli ansambllar va
orkestr uchun musiqa yozilganda, barcha nota yo’llarini birlashtiruvchi to’g’ri qavs
qo’llaniladi. To’rt ovozli xor musiqasi alohida-alohida (bolalar,
xotin - qizlar,
erkaklar xori) va aralash tarkibli xor musiqasi ikki yoki to’rt nota yo’lida yoziladi.
Xilma-xil ansambllar, orkestrlar, xor, va torli kamer ansambllari (masalan
kvartet) mo’ljallangan musiqa yozish shakli
partitura deyiladi.