Server kompyuterlarni asosiy kompyuterlar o’rtasidagi farqi




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.01.2024
Hajmi1,1 Mb.
#133476
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kompyuter arxitekturasi

2.Server kompyuterlarni asosiy kompyuterlar o’rtasidagi farqi. 
Super kompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi 
masalalarni yechish uchun moljallangan boladi. Bunday masalalar sifatida ob-
havoning global prognoziga oid masalalarni, uch olchovli fazoda turli 
oqimlarning kechishini organish masalalari, global informatsion sistemalar va 
hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal 
bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia 
laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter 
sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar tezligini 
o`lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 
1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 1000 amalga teng). 
Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini 


modellashtirishda qo`llaniladi. E'tiborlisi shuki, Tokio universiteti dunyoda 
to`rtinchi o`rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 128 
protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega. Quyidagi jadvalda Top 
kompyuterlar haqida ma'lumot keltirilgan: 
Super kompyuterlar tarixi-birichi superkompyuterning tushunchasi birinchi 
bo'lib 1960-yillarda Seymour Crey ismli elektr muhandisi dunyodagi eng tezkor 
kompyuterni yaratishga kirishgan. "Supercomputingning otasi" deb atalgan 
Cray, ishlaydigan hisoblash giganti Sperry-Randda lavozimidan yangi tashkil 
etilgan "Control Data Corporation" ga qo'shilish uchun ketib, ilmiy 
kompyuterlarni rivojlantirishga qaratilgan 
Dunyoning eng tezkor kompyuterlari nomi o'sha paytdagi IBM 7030 "Stretch", 
vakuumli quvurlar o'rniga transistorlardan foydalanadigan birinchi bo'lib o'tdi. 
1964-yilda Cray CDC 6600 ni taqdim etdi, ularda germanyum transistorlarni 
silikon va Freon asosidagi sovutish tizimidan foydalanganda yangiliklar paydo 
bo'ldi. 
Eng muhimi, u 40 MGts tezligida harakat qildi, bu saniyda taxminan uch 
million yuruvchi nuqta operatsiyani amalga oshirdi, bu esa uni dunyodagi eng 
tezkor kompyuterga aylantirdi. Ko'pincha dunyodagi birinchi superkompyuter 
deb hisoblangan CDC 6600 ko'pchilik kompyuterlardan 10 marta tezroq 
va IBM 7030 Stretchdan uch marta tezroq. Unga 1969 yilda CDC 7600 ning 
o'rnini egallash uchun topshirildi. 
Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda 
faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar 
ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – 
kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta 


ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida 
go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. 
Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy 
kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va 
xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p 
masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni 
qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan 
birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) 
terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat 
kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari 
mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. 
Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning 
universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori 
bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan 
mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda. 
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, 
ma’lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh 
guruhga bo`lish mumkin: 
- super kompyuterlar (Super Computer); 
- blok kompyuterlar (Manframe Computer); 
- mini kompyuterlar (Minicomputer); 
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); 
- bloknot(noutbook) kompyuterlar. 
Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan 
va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday 
masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli 
fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion 
sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 
trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika 
vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI 
Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar 
tezligini o`lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 
GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 1000 
amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro 
qurollarini modellashtirishda qo`llaniladi. E’tiborlisi shuki, Tokio universiteti 
dunyoda to`rtinchi o`rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 
128 protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega. Quyidagi jadvalda Top


Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma’lum yo`nalish 
masalalarini 
yechishga 
qaratilgan 
turlari 
ham 
mavjud. 
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga 
oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va 
xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga 
misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, 
Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va 
boshqalarni 
misol 
qilib 
keltirish 
mumkin. 
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi 
jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, 
ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek 
kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk 
bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv 
protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy 
hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard 
firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni 
aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe 
kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun 
tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli. 
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida 
keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. 
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab 
chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta’minoti mosligi, ya’ni 


bir-biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan 
kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 
MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 
megagersni, xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu 
ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki 
baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi 
kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida 
keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab 
chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, 
Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. 
Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan 
kompyuterlar (bradename) – “Oq yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: 
Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida 
nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar 
“Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa 
“nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh 
kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) 
o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi 
ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday 
kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta’minoti va tegishli 
adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak. 
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, 
ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga 
ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr 
energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har 
safar 
almashtirmasdan) 
ishlashi 
mumkinligidir. 
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u 
batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni 
IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, 
bunday 
kompyuterlar 
o`z 
imkoniyatlari 
nuqtai 
nazaridan 
shaxsiy 
kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland 
bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-
10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. .Hozirda noutbuk 
kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. 
.Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz 
Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman 
taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik 


ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu 
g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, 
ya’ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel 
bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday 
qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida 
programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir 
programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. 
Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar 
yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil 
topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat.

Download 1,1 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Server kompyuterlarni asosiy kompyuterlar o’rtasidagi farqi

Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish