Variant – I




Download 498 Kb.
bet19/23
Sana24.03.2017
Hajmi498 Kb.
#1664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Variant.19. Atamalr.

1. Quyidagilardan qaysi biri endoplazmatik to’rning g’ovak membranalari hisobiga hosil bo’ladi?
A) Hujayra qobig’i. V) Plastidalar.

S) Yadro. D) Vakuol.

E) Lizosoma.

2.Birga yashaydigan organizmlarning bir-biriga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydigan o’zaro munosabat shakli qanday ataladi?

A) Mutualizm. V) Neytralizm.

S) Sinoykiya. D) Kommensalizm.

E) Parazitizm.

3. Fenotip nima?

A) Organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o’tkazib turish xususiyati.

V) Organizmlarning barcha belgi va xususiyatlari yig’indisi.

S) Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig’indisi.

D) Organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish qobiliyati.

E) Oraginzmlarning shaxsiy rivojlanish xususiyati.

4. O’simlikxo’r organizmlar yana qanday ataladi?

A) Entomofaglar. V) Bakteriofaglar.

S) Fitofaglar. D) Detritofaglar.

E) Avtotroflar.

5. Odamlarda barmoqlarning ko’p bo’lishi bu...?

A) Mikrosefaliya. V) Polidaktiliya.

S) Albinizm. D) Sindaktiliya.

E) Gemofiliya.

6. Xromosomalar soninig karra ortishi bilan bog’liq bo’lgan turlar qanday nomlanadi?

A) Poliploidiya. V) Aneuploidiya.

S) Polimeriya. D) Allatropiya.

E) Divergensiya.

7. Somatik hujayraning xromosomalar to’plamining miqdoriy va sifatiy belgilari yig’indisi nima deb ataladi?

A) Mutatsiya. V) Kiritma.

S) Kariotip. D) Gomologik xromosoma.

E) Autosoma.

8.Evolyutsiyaning boshlang’ich birligi nima?

A) Tur. V) Populyatsiya.

S) Kombinativ o’zgaruvchanlik.

D) Populyatsiya genofondi.

E) Genlar dreyfi.

9. Funksiyasi jihatidan o’xshash, kelib chiqishi, tuzilishi jihatidan har xil organlar qanday nomlanadi?

A) Anologik organlar. V) Gomologik organlar.

S) Kariotip. D) Rudiment organlar.

E) Barchasi to’g’ri.

10. Sinoykiya....?

A) birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltirishi.

V) Bir organizmning ikkinchisidan asosan ovqat manbayi va yashash joyi sifatida foydalanishi.

S) O’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi.

D) O’zaro munosabatda ikkala organizm ham salbiy ta’sir ostida bo’ladi.

E) Birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

11. Yorug’lik ta’sirida organizmlarning harakatlanish jarayoni qanday ataladi?

A) Fotosintez. V) Fototaksis.

S) Fotonastiya. D) Fototropizm.

E) Fotoliz.

12. Insonning ongli mehnati va ilmiy faoliyati ta’sirida rivojlanadigan va o’zgaradigan biosfera qanday ataladi?

A) Troposfera. V) Atmosfera.

S) Noosfera. D) Ekosfera.

E) T.J.Y.

13. Yashash uchun kurashda foydali belgi – xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, bunday belgi- xossalarga ega bo’lmaganlarning nobud bo’lishi nima deyiladi?

A) Divergensiya. V) Sun’iy tanlanish.

S) Konvergensiya. D) Ongli tanlash.

E) Tabiiy tanlanish.

14. Murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o’tish hodisasi qanday ataladi?

A) Konvergensiya. V) Umumiy degeneratsiya.

S) Aramarfoz. D) Regeneratsiya.

E) Kommensalizm.

15. Populaytsiyalar yashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga, ko’payishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tirik va o’lik tabiatning hamma sharoitlari... deyiladi.

A) Ekologik omil.

V) Biogeosenoz.

S) Abiotik omil.

D) Muhit. E) Ekotop.

16. Yashash muhitida turga ta’sir ko’rsatuvchi hamma ekologik omillar yig’indisi nima deyiladi?

A) Alohidalanish. V) Tur mezonlari.

S) Panmiksiya. D) Ekosistema.

E) Ekologik mezon.

17. Ekologik suksessiya deganda nimani tushunasiz?

A) Biosenoz hosil bo’lishi yoki bir biosenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni.

V) Biogeosenozning hosil bo’lib, keyin birdan yo’qolib ketishi.

S) Biogeosenoz hosil bo’lishi yoki bir biogeosenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni.

D) Bir-biri va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan organizmlarning populyatsiyalari yig’indisi.

E) Muvozanat holatidagi o’z-o’zini idora qila oladigan sistema.

18. Quyosh bilan energiya almashinish holatida bo’lgan Yerdagi hamma tirik organizmlar kompleksi qanday nomlanadi?

A) Biosfera. V) Noosfera.

S) Ekosfera. D) Ekotop.

E) A va S.

19.Organizmlar hujayralari, to’qimalari va a’zolarini juda past haroratda muzlatib saqlash nima deyiladi?

A) Konservatsiya. V) Transpiratsiya.

S) Fotonastiya. D) Kriokonservatsiya.

E) Reintroduksiya.

20. Hasharotxo’rlar yana qanday nom bilan ataladi?

A) Entomofaglar. V) Bakteriofaglar.

S) Fitofaglar. D) Detritofaglar.

E) Avtotroflar.

21. Muhit bilan dinamik muvozanatda bo’lgan va shu munosabat orqali o’z ehtiyojlarini qondiradigan odamlar jamoasiga nima deyiladi?

A) Sun’iy ekiosisitema. V) Tabiiy ekosistema.

S) Antropoekologik sistema. D) Kosmik ekosistema. E) Agroekosistema.

22.Antibioz bu....?

A) Birga yashaydigan organizmlarning bir-biriga hech qanday ta’sir qilmasligi.

V) birga yashaydigan organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bo’lishi.

S) ikki organizmning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan o’ziga foyda olishi.

D) Bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi.

E) Birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltirishi.

23. Erkin harakatlana oladigan tuban o’simliklar va hayvonlarning yorug’lik ta’sirida harakatlanishi qanday ataladi?

A) Fototaksis. V) Fotosintez.

S) Fotonastiya. D) Fototropizm.

E) Fotoliz.

24. Populyatsiya genofondining uzoq davom etadigan yo’naltirilgan ozgarishi nima deb ataladi?

A) Evolyutsiyaning boshlang’ich omili.

V) Evolyutsiyaning boshlang’ich hodisasi..

S) Populyatsiya to’lqini.

D) Evolyutsiyaning boshlang’ich birligi.

E) Genlar dreyfi

25. Ma’lum turga kiruvchi barcha organizmlardagi genlar va genotiplar majmuasi nima deyiladi?

A) Populyatsiya genofondi.

V) Populyatsiya to’lqini.

S) Genlar dreyfi.

D) Mikroplankton.

E) Tur genofondi.

26. Hayvonlarning dushman nigohiga tashlanmaslikka qaratilgan moslanishi qanday ataladi?

A) Mimikriya. V) Maskirovka.

S) Netytralizm. D) Ogohlantirish.

E) Barchasi to’g’ri.

27. Hayvonlarda hatti- harakat bilan bog’liq bo’lgan alohidalanish nima deyiladi?

A) Biologik. V) Geografik.

S) Ekologik. D) Etologik.

E) A va S.

28.Koatservatlar nima?

A) Uglevodlarning to’yingan eritmasi.

V) Nukleotidlarning konsentratsiyalashgan eritmasi.

S) Murakkab organik birikmalar yig’indisi.

D) Oqsil molekulalarining kolloid birikmalari.

E) Barcha javoblar noto’g’ri.

29. Kreatsionizm nima?

A) Hayotning mavjud shakllardan rivojlanishini ta’kidlovchi ta’limot.

V) Biosferadagi tirik moddalar yig’indisi.

S) Biosfera evolyutsiyasining insoniyat jamiyatining kelib chiqishi va rivojlanishiga bog’liq bo’lgan davri.

D) Insonning xo’jalik faoliyati to’liq taqiqlangan ekosistema.

E) Hayotning g’ayri-tabiiy kuchlar tomonidan yaratilganini ta’kidlovchi ta’limot.

30. Ayrim organizmlarning o’zaro va muhit bilan munosabatlarini o’rganadigan ekologiya fanining bo’limini aniqlang.

A) Autekologiya. V) Sinekologiya.

S) Evolyutsion ekologiya. D) Tarixiy ekologiya. E) T.J.Y.

31.Tuproqning kislorod bilan to’yinishi ya’ni ta’minlanishi qanday ataladi?

A) Nurash. V) Anabioz.

S) Aeratsiya. D) Immigratsiya.

E) Degradatsiya.

32. Hayvon va o’simliklar irsiy axborotini butunligicha, ularning urug’lari, sporalari, jinsiy hujayralari, tana hujayralarini muzlatish usuli bilan saqlash qanday ataladi?

A) Genlar banki.

V) Kriokonservatsiya.

S) Genomlar banki.

D) Konservatsiya.

E) Barcha javoblar to’g’ri.

33. Demografiya qanday fan?

A) Biosferada ilmiy- texnik progress sharoitida ekologik tanglik kelib chiqishining oldini olish choralarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan fan.

V) Aholining soni, ko’payishi, tarkibini, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy omillarga bog’liqligini o’rganuvchi fan.

S) Organizmlarning embrion taraqqiyotini o’rganuvchi fan.

D) Organlar, organizm tuzilishini o’rganuvchi fan.

E) T.J.Y.

34. Tuban zamburug’lar bilan bakteriyalar o’zaro ta’siri qanday munosabatlarga misol bo’ladi?

A) Antibioz. V) Simbioz.

S) Neytralizm. D) Parazitizm.

E) Kommensalizm.

35. Moddalarning tirik organizmda toplanishi va keyin parchalanish jarayonlarining davriy takrorlanishi nima deyiladi?

A) Biogenez. V) Aeratsiya.

S) Biogen migratsiya. D) Immigratsiya.

E) Biogeosenoz.

36. . Chumolilar va xivchinlilarning birga yashashi qanday o’zaro munosabatlarga misol bo’ladi?

A) Mutualizm. V) Neytralizm.

S) Sinoykiya. D) Kommensalizm.

E) Parazitizm

1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 498 Kb.