• Tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash bosqichi
  • Ishchi g’oyani ishlab chiqish
  • Ishlab chiqilgan g’oyani sinash
  • Tadqiqot ob’ektlari va predmetini tanlash bosqichi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    Tadqiqot ob’ektlari va predmetini tanlash bosqichi
    . Mazkur bos-
    qichda muammoning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqotning 
    ob’ekti va predmeti aniqlanadi. Tadqiqotning ob’ekti bo’lib ma’lum bir 
    sinfda olib boriladigan o’kuv jarayonining ba’zi jihatlari bo’lishi mumkin. 
    Masalan, 5-sinfda o’qitiladigan «Boshlang’ich tabiiy geografiya»
    kursida tabiatni kuzatish ko’nikmalarini shakllantirish ishning predmeti 
    bo’lishii mumkin. 
    Iqtisodiy geografiya tushunchalarini shakllantirishda tadqiqot ob’ekti 
    bo’lib «O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» kursi bo’lishi 
    mumkin, tadqiqot predmeti bo’lib esa iqtisodni o’qitish texnologiyasi 
    bo’lishi mumkin. 
    Tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash bosqichi
    . Mazkur 
    bosqich eng muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Maqsad va vazifalarni 
    to’g’ri va aniq ishlab chiqilishi keyingi bosqichlarda ishlarni to’g’ri va aniq 
    loyihalashtirishga va amalga oshirishga yordam beradi. Odatda maqsad va 
    vazifalar muammoni hozirgi holatiga baho berish asosida o’rganiladigan 
    muammoni o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. 


    Ishchi g’oyani ishlab chiqish
    . Ishchi g’oyani ishlab chiqish pedagogik 
    eksperimentning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqilgan 
    ishchi g’oya butun tadqiqot davomida olib boriladigan ishlarni asosiy 
    o’zagi bo’lib hisoblanadi. Masalan, umumta’lim maktablarida kartografik 
    tushunchalarni shakillantirish g’oyasi 5-sinfdan 9-sinfgacha davom etadi 
    va tadqiqotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. 
    Ishlab chiqilgan g’oyani sinash
    . Ushbu bosqichda pedagogik ekspe-
    riment, kuzatish va boshqa usullar orqali ishlab chiqilgan g’oya tekshiri-
    ladi, uning axamiyati, samaradorligi baholanadi. 
    Nazariy xulosalar ishlab chiqish
    . Tadqiqot davomida olingan natijalar 
    umumlashtiriladi va nazariy hulosalar ishlab chiqiladi. Uning asosida 
    ishlab chiqilgan g’oyalar va ilmiy holatlarnining samaradorlik darajasi 
    aniqlanadi va u yoki bu metod tanlab olinadi va yangi metodik tizim ishlab 
    chiqiladi. Yangi ishlab chiqilgan metodik tizimning afzalligini aniqlashni 
    asosiy o’lchovi bo’lib o’quvchilarning bilim va malakalarini sifati 
    hisoblanadi. Shuning uchun ayrim metodlarni samaradorligini aniqlashda 
    tadqiqotlar ikkita paralel sinflarda olib boriladi, ya’ni eksperimental va 
    oddiy. Oddiy sinflarda dars qabul qilingan metodikani qo’llash orqali 
    o’tkaziladi, eksperimental sinflarda esa yangi ishlab chiqilgan usul 
    yordamida o’tkaziladi. So’ngra eksperimental va oddiy sinflardagi 
    o’quvchilar bilimlari solishtiriladi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot ob’ektlari va predmetini tanlash bosqichi

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish