• O’quvchilar uchun so’rovnoma
  • 1-jadval № Yangi mavzuni o’rganish usuli +
  • So’rovnoma (anketa) usuli




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

    So’rovnoma (anketa) usuli
    . Mazkur usul geografiya ta’limida keng 
    qo’llaniladi. Bunda turli metodik ma’lumotlar uchun ma’lum bir 
    yo’nalishda ma’lumotlar yig’iladi. So’rovnomaning mazmuni o’quvchilvar, 
    o’qituvchilar va metodistlar uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, 
    iqtisodiy va ijtimoiy georgrafiya predmeti bo’yicha o’qituvchi uchun 
    so’rovnoma mazmuni o’qitish metodlarini takomillashtirish bo’yicha 
    quyidagicha bo’lishi mumkin: 
    1.O’quvchilarni faoliyatini tashkil qilishda qanday usullardan foyda-
    lanasiz: a) yangi mavzuni o’qitishda; b)o’quvchilar bilmini tekshirishda; 
    2.Sizni darslaringizda ko’proq qaysi metod asosiy bo’lib hisoblanadi? 


    3.Sizni darslaringizda VIII-IX sinf o’quvchilarning ishlari nimasi bilan 
    farqlanadi: a) karta bilan ishlanadi; b)darslikdagi rasmlar bilan, jadvallar 
    bilan;
    4.O’quvchilar qobiliyatini qanday vositalar va usullar bilan 
    rivojlantirasiz; 
    5.O’quvchilarni bilish faoliyatini qaysi darajada tashkil qilasiz; a) 
    bilimlarni tayyor holda berasizmi? b)materialni faqat bir qismini o’zingiz 
    tushuntirasiz? v) mavzuni o’quvchilar o’zlari mustaqil o’zlashtirishadi. 
    O’qituvchilardan so’rovnoma o’tkazish bilan bir vaqtning o’zida 
    o’quvchilar bilan ham so’rovnoma o’tkaziladi. O’quvchilar uchun 
    so’rovnoma mazmuni quyidagi jadvallarda berilgan.
    O’quvchilar uchun so’rovnoma 
    Yangi materialni qaysi usulda o’rganilganda siz yaxshi esda saqlab 
    qolasiz va yaxshi tushunasiz? Agar darsni yaxshi tushunsangiz va eslab 
    qolsangiz «+» belgisini yoki tushunishga qiynalsangiz «-» belgisini qo’ying. 
    1-jadval 
    № 
    Yangi mavzuni o’rganish usuli 



    O’qituvchini og’zaki tushuntirishi 

    O’qituvchini topshirig’iga binoan mustaqil ish bajarish 

    Sinfda suxbat o’tkazish: a)o’quvchi savollariga javob berish: b) 
    sinfdoshini javobi asosida xulosa chiqarish 

    O’qituvchi bilimlarni hammasini o’zi tushuntirib beradi va 
    tayyor holda beradi 

    Bilimlarni ma’lum bir qismini o’zingiz o’qituvchi topshirig’iga 
    binoan karta va darsliklar bilan ishlash davomida olasiz. 

    Sinfdoshlar ma’ruzasi va habarlari 

    O’qituvchining tushuntirishi 

    Atlaslar va darslikdagi kartalar bilan ishlash 

    Kinofilmlar, videofilmlar va deapozitivlar bilan ishlash 
    10 
    Sinfda darslik bilan ishlash 
    11 
    Axborot vositalari bilan ishlash 
    12 
    O’qituvchi yordamida amaliy ishlar bajarish 
    13 
    Olingan bilimlar asosida yangi mavzuni mustaqil o’rganish 
    14 
    Turli xil usullarni birga qo’llash 
    15 
    Yana qanday usullar sizni yangi mavzuni o’zlashtirishingizda 
    yordam beradi 


    So’rovnoma asosida olingan ma’lumotlar matematik usullar bilan 
    qayta ishlanadi va umulashtiriladi. Turli viloyatlarda o’tkazilgan so’rovno-
    malarning javobi mos bo’lsa o’rganilayotgan pedagogik jarayonlarning 
    to’g’riligini tasdiqlaydi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish