|
Nazariy tatqiqot usullariBog'liq УКУВ КУЛЛАНМА география методика
1.4.1.Nazariy tatqiqot usullari.
Nazariy tatqiqot usullariga adabiyotlarni tahlil qilish, statstik-
matematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi.
Adabiyotlar bilan ishlash usuli
. har qanday ilmiy ish shu sohada
e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish
bilan boshlanadi. Mazkur usul yordamida boshqa tatqiqotchilar tomonidan
olingan ma’lumotlar to’planadi va o’rganiladi va umumlashtiriladi.
Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar bo’yicha ma’lumotlar
to’planadi va tahlil qilingadi: ta’lim bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan
qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar; bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy
adabiyotlar o’rganiladi; mantiq, psixalogiya va didaktika bo’yicha
ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha
e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida tahlil qilinadi; Adabiyotlar tahlil i
amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan muammoning dolzarbligi,
o’rganil-may qolgan jihatlari aniqlanadi.
Statistik- matematik metodlar.
O’qitish metodikasi bo’yicha olib
borilgan tatqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish
maqsadida qo’llaniladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibga
keltirish va tahlil qilish metodik tatqiqotlarda katta ahamiyatga ega.
Chunki ular juda ko’p pedagogik tatqiqotlarning o’lchami hisoblanadi.
Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan
pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin.
Qiyosiy usul.
Mazkur usul yordamida fandagi va maktab geografiya-
sidagi bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlar, o’quv
vositalari, baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil
qilinadi. Bu esa tatqiq qilinayotgan muammoni umumiy va o’ziga xos
xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi.
Tarixiy usul.
Mazkur usul yordamida o’rganilayotgan metodik
muammoning rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Bundan
tashqari ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini ham ochib
beradi.
|
| |