Ular quyidagilardan iborat:
-muammoning qo’yilishi;
-tadqiqot ob’ekti va predmetini tanlash;
-tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash;
- ishchi g’oyani ishlab chiqish;
-ishlab chiqilgan g’oyani pedagogik tajribalarni
kuzatish va eksperi-
mental ishlarni bevosita o’rganish asosida tekshirish;
-olingan yangi ma’lumotlar va bilimlar asosida nazariy xulosalar
ishlab chiqiladi va tadqiqot natijalarini tekshirish amalga oshiriladi.
Muammoni qo’yish bosqichi
. Mazkur bosqichda tanlangan mavzu
bo’yicha mavjud adabiyotlar o’rganib
chiqiladi, natijada muammoning
tarixi va nazariyasi o’rganiladi, maktablarning
tajribasi va yuqori peda-
gogik tajribalar tahlil qilinadi. Buning natijasida muammoning o’rganil-
ganlik darajasi aniqlanadi. Muammoning qaysi tomonlariga to’la va
mukammal va qaysi tomonlariga kam yoki umuman o’rganilmaganligi
aniqlanadi. Mazkur ish davomida nazariy xolatlar tahlil qilinadi va o’quv
jarayonining aniq xolatini tavsifi tuziladi. Bunday tadqiqot tasdiqlovchi
eksperiment usuli deb ataladi. Ushbu bosqichning
oxirida tadqiqot
ishlarini kengaytirilgan dastur loyihasi ishlab chiqiladi.