IV. KOMPANIYANI BOSHQARISH




Download 41.5 Kb.
bet5/6
Sana04.04.2017
Hajmi41.5 Kb.
#2907
1   2   3   4   5   6
IV. KOMPANIYANI BOSHQARISH
16. Kompaniya O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisob beradi.
17. Kompaniyaning yuqori boshqaruv organi direktorlar Kengashi bo’lib, uning tarkibiga lavozimiga ko’ra quyidagilar kiradilar:

Moliya vaziri - Kengash raisi;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri;

Markaziy bank Boshqaruvi raisi;

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi;

Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasi raisi;

Kompaniyaning Bosh direktori.
18. Kompaniyaning direktorlar Kengashi:

Kompaniya faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi;

Kompaniya Ustavini unga o’zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

ustav va sug’urta jamg’armasini o’zgartirish to’g’risida takliflar kiritadi;

Kuzatuvchi Kengash tarkibi va Kuzatuvchi Kengash boshqaruviga sug’urta jamg’armasining berilayotgan qismi bo’yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;

limitlarni va Kompaniya Bosh direktori vakolatiga berilayotgan sug’urta qoplashlarini taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;

Kompaniya Bosh direktori vakolati limitidan ortiq summada sug’urta qoplashlarini taqdim etish to’g’risida qaror qabul qiladi;

Kompaniya Bosh direktorining taqdimiga ko’ra daromadni taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;

Bosh direktor hisobotlarini tinglaydi.
19. Kompaniyaga operativ rahbarlikni Moliya vazirligining tavsiyasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan Bosh direktor amalga oshiradi.

Kompaniya Bosh direktorining Direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan o’rinbosarlari bo’ladi.


20. Kompaniya tuzilmasi va shtati, shuningdek, lavozim oylik maoshlar sxemasi, mehnatga haq to’lash va mukofotlash tartibi Kompaniya Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
21. Kompaniya Bosh direktori kompaniya faoliyatiga Kompaniya Ustavi bilan unga berilgan vakolatga muvofiq rahbarlik qiladi va Kompaniya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
22. Kompaniyaning Bosh direktori:

Kompaniya faoliyatining barcha masalalarini hal qiladi, bundan mazkur Ustav bilan Vazirlar Mahkamasi, Direktorlar Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Kompaniyaning Kuzatuvchi Kengashi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;

Kompaniya nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, respublikadagi barcha organlarda, respublika korxonalari va tashkilotlarida, shuningdek, boshqa davlatlarda sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha Kompaniyaning vakili bo’ladi;

Kompaniya mulkini tasarruf etadi;

shartnomalar, bitimlar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;

ishonchnomalar beradi;

Kompaniyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;

Kompaniya faoliyatining boshqa masalalarini ko’rib chiqadi va hal etadi.





Download 41.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 41.5 Kb.