Vazirlar Mahkamasining
1994 yil 13 apreldagi
206-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatning rus tilidagi
matniga qarang
"O’zbekinvest" Milliy sug’urta kompaniyasining
USTAVI
Ushbu Ustav O’zR VM 28.11.1997 y. 524-sonli Qaroriga muvofiq O’zR 13.04.1994 y. 206-sonli Qarori o’z kuchini yo’qotganli sababli o’z kuchini yo’qotgan
Mazkur Ustavga quyidagilarga asosan o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR VM 27.09.1995 y. 376-sonli Qarori,
O’zR VM 24.05.1996 y. 191-sonli Qarori
I. Umumiy qoidalar
II. Asosiy vazifalari va xizmatlari
III. Mablag’lar, mol-mulk va foydani taqsimlash
IV. Kompaniyani boshqarish
V. Kompaniyaning kuzatuvchi Kengashi
VI. Hisob, hisobot va faoliyatni taftish qilish
VII. Faoliyatni to’xtatish
I. UMUMIY QOIDALAR
1. "O’zbekinvest" Milliy sug’urta kompaniyasi (keyingi o’rinlarda matn bo’yicha Kompaniya deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-son qarori asosida tashkil etilgan.Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
2. Kompaniya davlat sug’urta kompaniyasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi.
3. Kompaniya faoliyatining asosiy vazifasi Hukumatning investitsiyalarni O’zbekiston Respublikasiga jalb qilish bo’yicha siyosatini amalga oshirish, respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, investorlarning O’zbekiston Respublikasidagi manfaatlarini, o’zbekistonlik investorlar va eksporterlarning xorijiy mamlakatlardagi manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xalqaro sug’urta agentliklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdir.Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
4. Kompaniya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.
5. Kompaniya yuridik shaxsdir, alohida ajratilgan mulkka egalik qiladi, mustaqil balansga, bank muassasalarida schyotlarga ega, o’z nomidan shartnomalar tuzishga, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni xarid qilishga hamda majburiyatlar olishga, sudlarda da’vogar va javobgar bo’lishga haqlidir.Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
6. Kompaniya O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, o’z nomi o’zbek va ingliz tillarida qayd etilgan muhrga, blanklarga va tovar belgisi (xizmat ko’rsatish belgisi)ga ega.
7. Kompaniya o’z majburiyatlari bo’yicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko’ra da’vo qilinishi mumkin bo’lgan o’ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
8. Kompaniya O’zbekiston Respublikasi majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. O’zbekiston Respublikasi Kompaniya majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi, bundan tomonlar bitimida belgilangan hollar mustasno.
9. Kompaniya o’z faoliyatini to’liq xo’jalik mustaqilligi shartlarida amalga oshiradi.
II. ASOSIY VAZIFALARI VA XIZMATLARI
10. Kompaniya jalb etilayotgan investitsiyalarni himoya qilish va kafolatlarni ta’minlash bo’yicha Kompaniya zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga mulkchilikning barcha shakllaridagi mamlakatdagi va xorijdagi investorlar tomonidan qo’yilayotgan investitsiyalarni siyosiy tavakkalchiliklardan sug’urta himoyasi bilan ta’minlaydi. Siyosiy tavakkalchiliklar deganda quyidagilar tushuniladi:
a) mulkdan mahrum qilish, shuningdek, mamlakat tomonidan joriy qilinadigan mulkning tortib olinishiga, mulk yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yo’qotilishiga olib keladigan har qanday qonunchilik hujjatlari va ma’muriy chora-tadbirlar; bundan mamlakat o’z hududidagi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadida joriy qiladigan, umumiy qo’llaniladigan haq-huquqni cheklamaydigan chora-tadbirlar mustasnodir;
b) urush yoki fuqarolar g’alayonlari;
v) sug’urta tashkiloti va investorning kontrakt munosabatlariga mamlakat hokimiyatining aralashuvi;
g) mamlakat hokimiyati tomonidan milliy valyutani boshqa zarur valyutalarga ayirboshlash hamda uni mamlakat chegarasidan tashqariga yuborishlarga cheklashlarning joriy qilinishi; Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
d) investorlarning ayrim guruhlariga nisbatan haq-huquqlarni cheklash tusida bo’lgan yangi qonun-qoidalarning joriy qilinishi;
o’zbekistonlik investor va eksportyorlarga xorijiy mamlakatlardagi siyosiy tavakkalchiliklar bo’yicha ham, tijorat va tabiiy tavakkalchiliklar bo’yicha ham sug’urta xizmatlari ko’rsatadi;
mamlakatdagi, xorijdagi xalqaro, davlat va xususiy sug’urta tashkilotlari bilan ishga oid aloqalarni hamda hamkorlikni rivojlantiradi, ular bilan birgalikdagi sug’urta faoliyatini va qayta sug’urta qilish ishlarini amalga oshiradi;
ma’lumotlarning sug’urta axborot bankini tashkil qiladi, reklama faoliyatini amalga oshiradi, sug’urta sohasida auditor hamda konsalting xizmatlarini ko’rsatadi;
sug’urta zaxiralarini iqtisodiyotning yuqori rentabelli tarmoqlariga joylashtirish shaklida, shuningdek, qo’shma va boshqa ishlab chiqarish hamda tijorat tuzilmalarini tashkil etishda qatnashish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan investitsiya va tijorat faoliyatini amalga oshiradi; Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
belgilangan tartibga muvofiq sug’urta to’lovlari va sug’urta summalari hajmini aniqlaydi va to’laydi;
sug’urta qilinadigan holatlarning oldini olishga yo’llangan ogohlantirish (prevent) chora-tadbirlarini o’tkazadi;
vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, sug’urta tashkilotlari bilan ishga oid aloqalarni hamda hamkorlikni rivojlantiradi;
sug’urta qilish shartlari va tartibini aniqlaydi, sug’urtaning ixtiyoriy turlari tariflarini belgilaydi;
shartnomalar tuzadi va hisob-kitoblar qiladi, agentlarni tayinlaydi, hamda ularga komission taqdirlash pullarini to’laydi;
falokat komissari funksiyasini bajaradi;
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida milliy hamda xorijiy valyutadagi schyotlarni ochadi va yopadi hamda uning korrespondentlik schyotlari tarmog’idan xorijdagi banklar va mijozlar bilan ishlashda foydalanadi;
maslahat, marketing, reklama, auditor va trast xizmatlarini ko’rsatadi;
operativ va buxgalteriya hisobini yuritadi. Tegishli hisobotni tuzadi;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid bo’lmagan hamda faoliyat maqsadiga muvofiq keluvchi boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
III. MABLAG’LAR, MOL-MULK VA FOYDANI TAQSIMLASH
11. Kompaniyaning mablag’lari daromaddan, shu jumladan, xorijiy valyutadagi daromaddan tashkil etilgan ustav, sug’urta va boshqa jamg’armalardan iborat bo’ladi.
12. Ustav jamg’armasining ish faoliyatini ta’minlashga mo’ljallangan dastlabki hajmi 10 (o’n) million AQSh dollari va 200 million so’m belgilanadi va Respublika valyuta fondi hamda respublika byudjeti mablag’laridan shakllantiriladi.
| Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) - 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 y.dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. |
Ustav jamg’armasining hajmi kompaniya direktorlar kengashi taqdimi asosida respublika Hukumati qaroriga binoan o’zgartirilishi mumkin.Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H. (O’zR VM 24.05.1996 y. 191-sonli Qarori tahriridagi band)
13. Kompaniyaning sug’urta ishlari bo’yicha ehtimol tutilgan zararlarini qoplashga mo’ljallangan sug’urta jamg’armasi 500 (besh yuz) million AQSh dollari va 500 (besh yuz) milliard milliy valyuta hajmida belgilanadi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi. Zaxira jamg’armaning muayan qismi (Kompaniya beradigan sug’urta to’loviga ko’ra) birinchi darajali chet el banklarida) joylashtiriladi hamda birinchi darajali chet el banklarining sug’urta va yuridik kompaniyalarning rahbariyatidan vakillar qatnashadigan Kuzatuvchi Kengash kuzatuvi va nazorati ostida bo’ladi.
14. Kompaniya boshqa jamg’armalarni ham tashkil qiladi, ularni shakllantirish va sarflash tartibi to’g’risidagi nizomni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydi.
15. Kompaniya moliyaviy xo’jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkichi olingan daromadlar va qilingan xarajatlar (sug’urta to’lovlari, oldini olish chora-tadbirlari xarajatlari, sug’urta va boshqa zaxiralarga ajratmalar, ishlarni yuritishga qilingan xarajatlar va boshqa xarajatlar) o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromad (foyda)dir.
Byudjetga soliqlar to’langandan so’ng qoladigan daromad (foyda) Kompaniyaning daromadi (foydasi) hisoblanadi, undan maxsus maqsadli jamg’armalar va boshqa jamg’armalar shakllantiriladi.
Xo’jalik faoliyati natijasida yaratilgan yoki qonun bilan yo’l qo’yiladigan boshqa asoslarda xarid qilingan mol-mulk Kompaniya mulki hisoblanadi.
IV. KOMPANIYANI BOSHQARISH
16. Kompaniya O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisob beradi.
17. Kompaniyaning yuqori boshqaruv organi direktorlar Kengashi bo’lib, uning tarkibiga lavozimiga ko’ra quyidagilar kiradilar:
Moliya vaziri - Kengash raisi;
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri;
Markaziy bank Boshqaruvi raisi;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi;
Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasi raisi;
Kompaniyaning Bosh direktori.
18. Kompaniyaning direktorlar Kengashi:
Kompaniya faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi;
Kompaniya Ustavini unga o’zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
ustav va sug’urta jamg’armasini o’zgartirish to’g’risida takliflar kiritadi;
Kuzatuvchi Kengash tarkibi va Kuzatuvchi Kengash boshqaruviga sug’urta jamg’armasining berilayotgan qismi bo’yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
limitlarni va Kompaniya Bosh direktori vakolatiga berilayotgan sug’urta qoplashlarini taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
Kompaniya Bosh direktori vakolati limitidan ortiq summada sug’urta qoplashlarini taqdim etish to’g’risida qaror qabul qiladi;
Kompaniya Bosh direktorining taqdimiga ko’ra daromadni taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;
Bosh direktor hisobotlarini tinglaydi.
19. Kompaniyaga operativ rahbarlikni Moliya vazirligining tavsiyasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan Bosh direktor amalga oshiradi.
Kompaniya Bosh direktorining Direktorlar Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan o’rinbosarlari bo’ladi.
20. Kompaniya tuzilmasi va shtati, shuningdek, lavozim oylik maoshlar sxemasi, mehnatga haq to’lash va mukofotlash tartibi Kompaniya Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
21. Kompaniya Bosh direktori kompaniya faoliyatiga Kompaniya Ustavi bilan unga berilgan vakolatga muvofiq rahbarlik qiladi va Kompaniya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
22. Kompaniyaning Bosh direktori:
Kompaniya faoliyatining barcha masalalarini hal qiladi, bundan mazkur Ustav bilan Vazirlar Mahkamasi, Direktorlar Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Kompaniyaning Kuzatuvchi Kengashi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
Kompaniya nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, respublikadagi barcha organlarda, respublika korxonalari va tashkilotlarida, shuningdek, boshqa davlatlarda sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha Kompaniyaning vakili bo’ladi;
Kompaniya mulkini tasarruf etadi;
shartnomalar, bitimlar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;
ishonchnomalar beradi;
Kompaniyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Kompaniya faoliyatining boshqa masalalarini ko’rib chiqadi va hal etadi.
V. KOMPANIYANING KUZATUVCHI KENGASHI
23. Kompaniyaning Kuzatuvchi Kengashi O’zbekiston Respublikasining rasmiy vakillaridan, shuningdek, birinchi darajali chet el banklari, sug’urta va yuridik kompaniyalarining rahbarlaridan tashkil etiladi.
Kompaniyaning Kuzatuvchi Kengashi:
Kompaniyaning sug’urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlari ijrosining kafolatchisi hisoblanadi;
Kompaniya Direktorlar Kengashi topshirig’iga ko’ra sug’urta jamg’armasining chet elga joylashtiriladigan qismini boshqaradi;
Kompaniya sug’urta jamg’armasining chet elga joylashtiriladigan hajmi to’g’risida Kompaniya Direktorlar Kengashining ko’rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Kompaniya sug’urta majburiyatlari shartlariga ko’ra o’ziga boshqarish uchun berilgan mablag’lardan sug’urta to’lovlari bo’yicha hakamlik qarorlarini ijro qiladi.
Kompaniya Kuzatuvchi Kengashini shakllantirish va uning ishlash tartibini, shaxsiy tarkibini Direktorlar Kengashi belgilaydi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
VI. HISOB, HISOBOT VA FAOLIYATNI TAFTISH QILISH
24. Kompaniya amalga oshirilayotgan faoliyat bo’yicha hisob va hisobotni O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlaydi.
25. Kompaniyada hisobot yili 1 yanvarda boshlanib 31 dekabrda tugaydi. Har bir yil yakunida matbuotda e’lon qilinadigan foyda va zararlar balansi hamda schyoti tuziladi.
26. Kompaniya faoliyatini taftish qilish va tekshirishni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi, mustaqil auditor tashkilotlari va qonunchilik hujjatlariga ko’ra bunday tekshirishlarni amalga oshirish vakolati berilgan boshqa nazorat organlari amalga oshiradilar.
VII. FAOLIYATNI TO’XTATISH
27. Kompaniyaning faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga binoan to’xtatiladi.
|