Analizning fizik-kimyoviy usullari




Download 4,04 Mb.
bet5/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Analizning fizik-kimyoviy usullari.


Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalari jarayonida fizik xossalarining o`zgarishini aniqlashga asoslangan.
Kimyoviy modda toza bo’lsa, o’ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Uning tarkibiga juda oz miqdorda bo’lsa ham (10-5 %) begona moddalarning yoki elementning aralashgan holda - ifloslangan bo’lishi modda xususiyatini keskin o’zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda elementlarning tarkibiga aralashib qolgan mikro miqdordagi begona moddalrni aniqlashga to’g’ri keladi. Kimyoviy metodlar bunchalik kichik miqdorda bo’lgan elementlarni yoki moddalarni aniqlash imkoniyatiga ega emas.
Bu vazifani fizik-kimyoviy metodlar yordamida bajarish mumkin.
Fizik-kimyoviy metodlar tez bajariladi, bu o’z vaqtida texnologik jarayonni nazorat qilish uchun katta ahamiyatga ega.
Fizik-kimyoviy metodlar bir nechta afzalliklarga ega:

  1. Analizni uzoq masofadan turib boshqarish. Masalan, rentgen-fluoressent metod bilan oydagi tuproqni analiz qilish bunga yaqqol misol bo’la oladi.

  2. Bu metodlarda ishlatiladigan asboblar jarayonni sistemalashtirishga imkon beradi.

  3. Namunani buzmasdan turib analiz qilish. Bu kriminalistika va tibbiyotda katta ahamiyatga ega.

Fizik-kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko’p. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o`rganishda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalarida keng foydalaniladiganlari quyidagilar:

    1. Spektral va boshqa optik analiz usullari — modda bilan elektromagnit nurlarning ta’siri natijasida turli o’zgarishlarni o’lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik analiz va boshqalar).

    2. Elektrokimyoviy analiz usullari — elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o’zgaradigan elektrokimyoviy ko’rsatkichlarni o’lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar).

    3. Ajratish va konsentrlash usuli — moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo)

    1. Download 4,04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analizning fizik-kimyoviy usullari

Download 4,04 Mb.