• O’lchash turlari.
  • I BOB. FIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI, TURLARI VA TASNIFLARI




    Download 4,04 Mb.
    bet3/119
    Sana14.06.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #263652
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
    Bog'liq
    21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

    I BOB. FIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI, TURLARI VA TASNIFLARI.





      1. Klassik va zamonaviy tadqiqot usullarida fizik o’lchash

    prinsiplarining qo’llanishi.


    O’lchash turlari va usullari. Har qanday kattalikning sonli qiymatini o’lchash amali bilan topish, ya’ni ushbu kattalikni birga teng deb olingan shu xildagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligini aniqlash mumkin.
    O’lchash deb, o’lchanadigan kattalikni fizikaviy kattalik yordamida xuddi shu turdagi birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslash natijasiga aytiladi. Har qanday o’lchash o’lchanayotgan kattalikning ishlatish, o’zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay shakldagi ifodasini aniqlashdir.
    O’lchash turlari. O’lchash natijasini hosil qilish usuliga ko’ra bevosita, bilvosita va birgalikda o’lchash turlari mavjud.
    Bevosita o’lchash turida o’lchanayotgan kattalikning qiymati bevosita tajriba natijasida topiladi. Masalan, tokni ampermetr, quvvatni vattmetr, haroratni termometr yordamida o’lchash. Тaqqoslash asboblari yordamida noma’lum kattalik qiymatini o’lchash ham bevosita o’lchash turiga kiradi.
    Bilvosita o’lchashda o’lchanayotgan kattalikning qiymati u bilan ma’lum bir bog’lanishda bo’lgan boshqa bir kattaliklarni bevosita o’lchash natijasiga ko’ra aniqlanadi. Bu o’lchash turida o’lchanayotgan kattalikning qiymati quyidagi formula yordamida topiladi:
    Y = F (x1, x2, ... xn ) (1.1)
    bu yerda: Y – o’lchanayotgan kattalikning qiymati, x1, x2, ... xn – asboblar yordamida bevosita o’lchangan kattaliklar qiymatlari.
    O’zgarmas tok zanjirining quvvati P ni ampermetr va voltmetr yordamida o’lchangan tok I va kuchlanish U qiymatlariga ko’ra formula yordamida topish yoki o’tkazgichning solishtirma elektr qarshiligini uning asboblar yordamida o’lchangan qarshiligi, uzunligi va ko’ndalang kesimi yuzasi asosida aniqlash bilvosita o’lchash turiga misol bo’la oladi.
    Тaqqoslash usulida o’lchanayotgan kattalik qiymati avvaldan ma’lum bo’lgan o’lchov bilan taqqoslanadi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’lchash jarayonida o’lchov bevosita ishtirok etadi. Тaqqoslash usuli nol, differensial, qarama-qarshi qo’yish, almashlash va mos tushish usullariga bo’linadi.
    Nol usuli o’lchanayotgan kattalikni o’lchov bilan bir vaqtda yoki davriy ravishda taqqoslovchi usul bo’lib, unga ko’ra muvozanat ko’rsatkichi (nol indikator) ga ta’sir etuvchi natijaviy taqqoslanish samarasi nolgacha kamaytiriladi. Bu usulga elektr qarshiligining to’la muvozanatlanishiga asoslangan ko’prik sxemasi bilan o’lchash misol bo’lishi mumkin. Ko’prik sxemasidagi o’lchovning aniqligi juda yuqori va nol-indikatorning sezgirligi katta bo’lganligi sababli o’lchash aniqligi yuqori bo’ladi.
    Differensial usulda asbob o’lchanayotgan kattalik bilan o’lchov qiymatlari farqini ko’rsatadi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’lchash jarayoni mobaynida o’lchanayotgan kattalikning qiymati o’lchov qiymati bilan qisman muvozanatlashadi. Qarshilikni muvozanatlashmagan ko’prik sxemasi yordamida o’lchash differensial usulga misol bo’la oladi. Bu usulning aniqligi o’lchanayotgan kattalik va o’lchovning bir-biridan qancha farq qilishiga bog’liq. Ushbu farq qancha kam bo’lsa, usulning aniqligi shuncha yuqori bo’ladi.
    Qarama-qarshi qo’yish usulida o’lchanayotgan kattalik va o’lchov qiymatlari bir vaqtda taqqoslash qurilmasiga ta’sir etadi. Agar aniqligi yuqori bo’lgan ko’p qiymatli o’lchov va soddaroq tuzilishga ega bo’lgan taqqoslash qurilmasi bo’lsa, bu usul qulay hisoblanadi.
    Almashlash usulida o’lchanayotgan kattalik va o’lchov qiymatlari ketma-ket bitta asbob bilan o’lchanadi. Ikkita o’lchash natijasi hamda o’lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati topiladi. Qarshilikning qiymatini rostlanuvchi o’lchov (qarshiliklar magazini) va o’zgarmas tok ko’prigi (Uitson ko’prigi) yordamida o’lchash bu usulga misol bo’lishi mumkin. (1.1-rasm.) Bunda avval qiymati o’lchanayotgan qarshilik ko’prik yelkasiga ulanib, muvozanat holatiga keltiriladi. Keyin qarshilik o’rniga rostlanuvchi o’lchov ulanadi va uning qiymatini
    rostlab, ko’prik yana muvozanatga keltiriladi. Rostlanuvchi o’lchov qiymati noma’lum qarshilikning qiymatiga teng bo’ladi.


    Download 4,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB. FIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI, TURLARI VA TASNIFLARI

    Download 4,04 Mb.