|
Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A
|
bet | 6/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F Optik analiz usullari.
Hozirgi vaqtda kimyoning turli sohalarida sifat va miqdoriy analizlarni o’tkazishda optik analiz usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu usullar o’zining umumiyligi, sezgirligi, ayrim moddalarning to’g’ridan-to’g’ri aniqlash imkoniyati, ekspresligi (tahlil o’tkazish vaqtining qisqaligi), avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi.
Optik analiz metodlari fizik–kimyoviy usullarning bir qismi bo’lib, nur energiyasining analiz qilinadigan modda bilan o’zaro ta’sirini o’rganishga asoslangan. Optik analiz usullari quyidagi qismlarga bo’linadi:
Nurni yutilishiga asoslangan usullar;
Nurning chiqarilishiga asoslangan usullar. Birinchi qismga kiradigan metodlar bu:
Fotometrik;
Kinetik;
Emission spektral analiz;
Atom – absorbsion;
Aktivatsion;
Mass-spektral analiz usullari. Ikkinchi qismga kiradigan metodlar bu:
Fluorimetrik;
Rentgeno-fluoressent;
Emission-spektral analiz metodlari.
Optik spektroskopiya asoslari. Optik analiz usullari kimyoviy tadqiqotlarda keng tarqalgan va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon optik analiz usullarida aniqlanayotgan moddani fizik yoki fizik-kimyoviy xossalari (matematik yoki grafik bog’liqligi) o’rganiladi.
Eng asosiysi kimyoviy analizda bu to’g’ri usulni tanlash, kimyogarning malakasiga bog’liq. Har bir usulni ishlatish uchun usulning afzalligini, kamchiligini va metrologik xususiyatlarini bilish kerak (1.1-jadval).
Elektromagnit nurlarning yutilishi molekulalarning umumiy xossasi hisoblanadi, ammo yutilish hodisasi tanlash xususiyatiga egadir, ya’ni ma’lum to’lqin uzunligidagi nurlar molekula tomonidan kuchli yutilishi mumkin, boshqa to’lqin uzunligidagi nurlar esa kuchsiz yoki butunlay yutilmasligi mumkin. Yutilish doirasi spektr chizig’i deyiladi. Spektr chiziqlarining umumiy yig’indisi yutilish spektri deyiladi.
|
| |