|
Optik analiz metodlarining tahlili
|
bet | 7/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F Optik analiz metodlarining tahlili.
1.1-jadval.
№
|
Metodlar
|
Sezgirligi
|
1
2
3
4
5
6
7
8
|
Fotometriya Fluorimetriya Kinetik
Emission-spektral Atom-absorbsion Rentgeno-fluoressent Aktivatsion
Mass-spektral
|
10-4-10-6
10-5-10-8
10-6-10-8
10-7
10-5
10-5-10-6
10-13gacha 10-14gacha
|
Tadqiqot obyektlari va usullari tasniflari.
Kеyingi yillarda birоr mоddaning tuzilishini aniqlashda kimyoviy usullar bilan bir qatоrda analizning fizik mеtоdlaridan kеng fоydalanilmоqda. Fizik mеtоdlar kimyoviy usullariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Fizik mеtоdlar qo’llanilganda analizni juda qisqa vaqtda va kam miqdоr mоdda bilan bajarish mumkin. Ikkinchidan fizik mеtоdlar yordamida kimyoviy usul bilan erishib bo’lmaydigan natijalar оlinadi.
Fizik mеtоdning bu afzalliklari kimyoviy usulni butunlay inkоr etadi, dеb tushunish nоto’g’ri, albatta. Aksincha, fizik va kimyoviy mеtоdlardan birgalikda fоydalanilganda samarali natija оlish mumkin.
Fizik mеtоdlardan eng ko’p qo’laniladigani: UB-va IQ spеktrоskоpiya, оptik burilish dispеrsiyasi va aylanma diхrоizm, yadrо magnit rеzоnansi - (YAMR), elеktrоn paramagnit rеzоnans (EPR), mass-spеktrоskоpiya, rеntgеnоstrukturaviy analiz va Mеss-bauer spеktrоskоpiyalardir.
Kimyodagi asosiy masalalardan biri moddaning nima ekanligini va uning tuzilishini aniqlashdan iborat. Bu ish ilgarilari kimyoviy usullar bilan hal qilingan bo’lsa, hozirgi vaqtda asosan fizikaviy usullar orqali yechiladi. Odatda, kimyogar, moddani o’rganishni uni qaysi elementlardan tashkil topganini aniqlashdan boshlaydi va brutto formulasini topadi. Shundan keyingina uning molekulasini tuzilishini aniqlashga harakat qiladi. Agar, kimyoviy jarayon o’rganilayotgan bo’lsa u holda, shu jarayonni ma’lum bir bosqichida reaksiya natijasida hosil bo’lgan aralashmani tarkibiy qismlarini nimaligini hamda ulami miqdoriy xarakteristikalarini aniqlash masalasi ham kelib chiqadi.
Uslubiy nuqtai nazardan modda va molekulaning fizikaviy xossalarini o’rganish, fanning, o’rganilayotgan modda bilan unga ta’sir qilayotgan fizikaviy maydon (elektr, magnit, elektromagnit...), kelib tushayotgan turli chastotali “nur”lar (rentgen, ultrabinafsha, ko’rinuvchi, infraqizil, radioto’lqinlar..) yoki zarrachalar dastasi (elektron, neytron) bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi nazariyaga
asoslangan maxsus bo’limini tashkil etadi. Bunday ta’sir natijasida modda va uning molekulasining u yoki bu xossalari namoyon bo’ladi.
Moddaga kelib tushayotgan nurning, zarrachalar dastasining va unga ta’sir qilayotgan turli xil fizik maydonlarining modda bilan o’zaro ta’siridan keyingi o’zgarishini aniqlash fizikaviy usulning to’g’ridan-to’g’ri vazifasi deyiladi. Modda bilan har xil chastotali elektromagnit nurlarning, zarralarning va fizikaviy maydonlarning o’zaro ta’sirini o’rganish orqali ya’ni, tajribaning natijalariga ko’ra moddaning fizik xossalarini aniqlash hamda molekulaning fizik kattaliklarini topish qo’yilgan masalani teskari tomondan yechishga kiradi va fizikaviy usulning teskari vazifasi deb ataladi.
Masalan, ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan yadro magnit rezonansi (YaMR) spektrlarini tahlil qilishda bu usulning to’g’ri va teskari vazifalarini farq qilish qiyin emas.
To’g’ri vazifasi. Tegishli moddani kimyoviy siljishlari va spin-spin ta’sir doimiyliklarini qiymatlari berilgan, uni YaMR spektrini hisoblash talab qilinadi.
Teskari vazifasi. Moddani tajribada olingan YaMR spektri berilgan undan tegishli yadroning kimyoviy siljishlarini va spin-spin ta’sir doimiyliklarini aniqlash talab qilinadi. Odatda, teskari vazifani yechish amaliy ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda kimyoda fizikaviy tadqiqot usullari ichida spektroskopik usullar keng ishlatiladi. Bu usullar yordamida modda tomonidan chiqarilgan yoki yutilgan elektromagnit nurlar intensivligini ulaming chastotasiga yoki to’lqin uzimligiga bog’liqligi o’rganiladi. Spektroskopik usullar atom va molekulalaming elektron, tebranish, aylanish va magnit energetik sathlari orasidagi farqni topish, spektr polosasining intensivligi orqali energetik sathlar orasidagi o’tish ehtimoliyatini katta yoki kichikligini baholash imkoniyatini beradi. Bularni o’rganish esa o’z navbatida molekulaning simmetriyasini, geometriyasini, qaysi atomlardan tashkil topganligini, elektrik xossalarini va boshqa kattaliklarini topish imkoniyatini beradi. Energetik sathlar orasidagi farqning katta kichikligiga qarab spektral usullar quyidagilarga bo’linadi (1.2-jadval):
|
| |