• 1.2-rasm. O’lchash asboblarning turlari.
  • -rasm. Uitson ko’prigining sxemasi




    Download 4,04 Mb.
    bet4/119
    Sana14.06.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #263652
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
    Bog'liq
    21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

    1.1-rasm. Uitson ko’prigining sxemasi.


    Laboratoriya ishlarida noma’lum qarshiliklarni (Rx) o’lchash uchun Uitson ko’prigidan keng foydalaniladi. A va C nuqtalar “K” kalit orqali tok manbaiga ulangan. Bu nuqtalar orasida reoxord deb ataluvchi darajalangan chizg’ich ustiga tortilgan bir jinsli ingichka sim ulanadi. Reoxordning A va C nuqtalariga no’malum qarshilik (Rx) hamda qarshiliklar magazinidan olinuvchi ma`lum qarshilik (Rm) parallel ulanadi. B va D nuqtalar orasiga G galvonametr ulanib, kontakti rexord bo`yicha harakatlanadi. Uitson ko`prigining ishlash prinsipi Kirxgof qonunlarining qo’llanishiga asoslangan.
    Mos tushish usuliga ko’ra o’lchanayotgan kattalik va o’lchov qiymatlarining farqi asbob shkalasidagi yoki davriy signalidagi belgiga mos kelishi asosida o’lchanadi. Bu usul noelektrik kattaliklarni o’lchashda keng qo’llaniladi. Bunga uzunlikni noniusli shtangensirkul, jism aylanish chastotasini stroboskop yordamida o’lchash misol bo’la oladi. O’lchanayotgan kattalikning o’lchash jarayonida o’zgarishi xarakteriga ko’ra statik va dinamik o’lchashlarga ajratiladi.
    Statik o’lchashlarga qiymati o’lchash jarayoni mobaynida o’zgarmaydigan kattaliklarni o’lchashlar kiradi. Bunga o’zgarmas kattaliklarni o’lchashdan tashqari, davriy o’zgaruvchan kattaliklarning turg’un rejimidagi o’lchashlar ham
    kiradi. Masalan, o’zgaruvchan kattalikning amplituda, effektiv va boshqa qiymatlarini turg’un rejimida o’lchash.
    Dinamik o’lchashlarga qiymatlari o’lchash jarayonida o’zgarib turadigan kattaliklarni o’lchashlar kiradi. Masalan, vaqt bo’yicha o’zgaradigan kattalikning oniy qiymatini o’lchash dinamik o’lchashga kiradi.
    O’lchash asboblarining klassifikatsiyasi. O’lchash asboblari asosiy qismi, qayd etish shakli, o’zgartirish shakli va vazifasiga ko’ra klassifikatsiyalanadi. (1.2- rasm).





    1.2-rasm. O’lchash asboblarning turlari.


    Тarkibida elektron (elektrovakuum, ion va yarim o’tkazgichli) qismlar bo’lmagan o’lchash asboblari elektromexanik asboblar, tarkibida electron qismlari bo’lgan o’lchash asboblari esa elektron o’lchash asboblari deb ataladi. Ko’rsatuvchi o’lchash asboblar o’lchash natijasini qayd etadi. Bevosita baholaydigan asboblarda o’lchanayotgan kattalik boshqa kattalikka bir yo’nalishda o’zgartiriladi.


    Kompensatsion asboblarda o’lchanayotgan kattalik qiymati uning o’lchovi bilan taqqoslanadi. Bu asboblarda o’lchash zanjiri butunlay teskari bog’lanish zanjiri ta’sirida bo’ladi. Aralash o’zgartirish usuliga asoslangan asboblarning o’lchash zanjirining bir qismi teskari bog’lanish zanjiri ta’sirida bo’ladi. Vazifasiga ko’ra o’lchash asboblari elektrik (tok, kuchlanish, quvvat, chastota va boshqalar) va noelektrik (mexanik, gidravlik, issiqlik, optik va boshqalar) kattaliklarni o’lchovchi asboblarga bo’linadi.

      1. Download 4,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Uitson ko’prigining sxemasi

    Download 4,04 Mb.