|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 162/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiToi- fa
|
Xonada bajariladigan ishlar
|
Tabiiy yoritish koef. me`yorlari.
|
Aniqlik darajasi
|
Ko‘rish ob`ektning eng kichik o‘lchami
mm
|
YUqoridan va aralash yoritishda
o‘rtacha
|
YOn tomondan yoritishda
|
1
|
Eng yuqori
aniqlikdagi ishlar
|
0.1 va undan
kam
|
10
|
3.5
|
2
|
yuqori aniqlikdagi
ishlar
|
0.1- 0.3 gacha
|
7
|
2
|
3
|
aniqlikdagi ishlar
|
3-1 gacha
|
5
|
1.5
|
4
|
Kichik aniqlikdagi
ishlar
|
1-10 gacha
|
3
|
1
|
5
|
Dag‘al ishlar
|
10 dan katta
|
2
|
0.5
|
6
|
Ayrim detallarni ajratmasdan bajariladigan
ishlar
|
|
1
|
0.25
|
7
|
Ishlab chiqarish
|
|
1
|
0.25
|
|
jarayonida kuzatib
turiladigan ishlar
|
|
|
|
8
|
Omborxonada
bajariladigan ishlar
|
|
0.5
|
0.1
|
Sun`iy yoritish.
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o‘rinlarini yoritishda tungi paytlarda tabiiy yorug‘lik bo‘lmaganligi uchun sun`iy yoritish tizimlaridan foydalaniladi.
Ishlatilishiga ko‘ra sun`iy yoritish quyidagilarga bo‘linadi.
Ishchi yoritish.
Buzilish ro‘y berganda (avariyali) yoritish.
Odamlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilishda qo‘llaniladigan yoritish.
Qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan yoritish.
Navbatchi yoritish.
Sun`iy yoritishning quyidagi usullari mavjud.
Umumiy yoritish.
Murakkab yoritish.
Mahalliy yoritish.
Ishlab chiqarish binolarini umumiy yoritishda chiroqlar binoning yuqori qismiga o‘rnatilib, binoning ichki qismi bir tekisda yoki uskunalar-ni joylashtirishni hisobga olgan holda yoritiladi.
Ishlab chiqarish binolarini murakkab yoritishda, umumiy yoritishga
qo‘shimcha ravishda ish joylarini mahalliy yoritish manbalaridan foydalaniladi.
Murakkab yoritishdan foydalanilganda biror bir ishni bajarish uchun mo‘ljallangan yoritish me`yorini 10 % umumiy chiroqlar, qolgan 90 % mahalliy chiroqlar yordamida amalga oshiriladi.
Mahalliy yoritishda yoritgichning yorug‘lik oqimi o‘ta aniqlik talab qiladigan ishni bajarayotgan uskunaga yo‘naltiriladi.
Murakkab yoritish usuli o‘ta aniqlikdagi 1-4 toifa ishlarini bajarishda qo‘llaniladi. Sun`iy yoritish manbalari sifatida cho‘g‘lanuvchi va gaz razryadli chiroqlar ya`ni lyuminestsent chiroqlardan foydalaniladi.
CHo‘g‘lanma chiroqlar hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan yorug‘lik manbai hisoblanadi. Buning asosiy sababi ularning tuzilishini oddiyligi, ishlatilishini qulayligi, yonish davrining tezligi, qo‘shimcha moslamalarsiz tok manbaiga ulash mumkinligi, kuchlanishni minamal miqdorda pasayganida ham ishlash qobiliyatini yo‘qotmasligi, atrof tabiiy muhit ta`siriga bog‘liq emasligidir.
SHu bilan birgalikda cho‘g‘lanuvchi chiroqlar ham ma`lum bir kamchiliklardan holi emas. Bulardan asosiylari: xizmat ko‘rsatish muddatini kamligi ya`ni 1000 soatni tashkil etadi, foydali ish koeffitsientini juda ham pastligi, umumiy qabul qilinadigan energiyani 4% gina ko‘rinadigan yorug‘lik nurni tashkil etib, qolgani qismi esa issiqlikka aylanadi, chiroqning ustki qismida haroratini yuqoriligi (ishlatilgandan keyin 3-5minut o‘tgandan keyin harorat 300-350 0S dan ortib ketadi), chiroqdan tarqalayotgan nurlar tarkibida qizg‘ish va sariq nurlarning mavjudligidir. Bu chiroqlarning nur berish darajasi juda past 20-25 LM/VT. Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan gaz razryadli chiroqlar cho‘g‘lanuvchi chiroqlarga nisbatan ma`lum bir ijobiy xususiyatlarga ega, jumladan bu chiroqlarning nurlanish darajasi ancha katta bo‘lib, 50 dan 100 LM/VT gacha, xizmat ko‘rsatish muddati 8000-14000 soatgacha. Bu chiroqlarga to‘ldirilgan inert gazlar, metan bug‘lari miqdorini o‘zgarishi hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish mumkin.
Ish joyini sifatli yoritish ko‘p jihatdan chiroqlarni to‘g‘ri tanlashda ularni o‘rnatish va yorug‘lik oqimini yo‘naltirishga bog‘liq bo‘ladi. CHiroqlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: yopiq, namdan va portlashdan muhofazalangan va hokazolar.
Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun PPD-200, PPR-200, BVG-200, NV-15, NG-200, LDTS-20, LD-20, LB-30, LBTS- 40,
LDTS- 80 kunduzgi chiroqlardan foydalaniladi.
|
| |