|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 163/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiYorug‘likni o‘lchash
Tajriba mashg‘ulotini o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan asbob va uskunalar.
5- rasm. Lyuksmetr YU-116:
1- fotoelement: 2-Gal’vanometr 3- yutuvchi o‘rnatma “K” 4- yutuvchi o‘rnatma “T” 5- yutuvchi o‘rnatma “R” 6- yutuvchi o‘rnatma “M”
6-rasm. Sun`iy yoritilganni tadqiq etish uchun tajriba qurilmasini sxemasi:
1-shtativ; 2- joydagi yoritilganlik yoritgichi; 3,6 – cho‘g‘lanma chiroq; 4- lyuministsentli chiroq; 5-boks; 7,10- lyuksmetrni fotoelementi; 8- rangli plastinka; 9-olinadigan panel’; 11-lyuksmetrni gal’vanometri
Lyuksmetr YU - 116 ning (5 - rasm) gal’vanometri ikkita o‘lchov ko‘rsatkichidan iborat bo‘lib, birinchisi (0 - 30), ikkinchisi (0 - 100) lyuksgacha bo‘lgan yoritilganlikni o‘lchaydi. Gal’vanometrda ikkita tugmacha mavjud, chap tugmacha bosilganda (0 - 30) gacha o‘ng tugmacha bosilganda (0-100) lyuksgacha yoritilganlik o‘lchanadi. YU - 116 lyuksmetrning o‘lchashdagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik faqat asbobning mili kichik miqdorda og‘ganda eng katta qiymatga ega bo‘ladi. SHu sababli har qaysi shkalada o‘lchashning boshlanishida ruxsat etiladigan nuqtalar qo‘yilgan bo‘lib, bu nuqtalar ( 0 - 30 ) ko‘rsatkichi uchun 20 raqamiga to‘g‘ri keladi. Juda katta miqdordagi yoritilganlikni o‘lchash uchun (100 lk dan ortiq) fotoelementga yorug‘likni (M) 10 marta kamaytiruvchi, (R) 100 marta kamaytiruvchi, (T) 1000 marta kamaytiruvchi, yorug‘likni yutuvchi maxsus o‘rnatmalar o‘rnatiladi. YArim sfera shaklidagi yorug‘lik tarqatuvchi K o‘rnatma oq plastmassadan yasalgan konussimon moslama bo‘lib yorug‘lik nurini fotoelementga xatoliklarini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. K o‘rnatma M, R va T o‘rnatmalarning birortasi bilan birlikda qo‘llaniladi. Agar K va M o‘rnatma o‘rnatilganda 10 ga, K va R o‘rnatmasi o‘rnatilganda 100 ga, K va T o‘rnatmasi o‘rnatilganda lyuksmetr gal’vanometrining ko‘rsatkichi 1000 ga ko‘paytiriladi.
|
| |