Tajriba mashg‘ulotida o‘lchov ishlarini olib borish uchun bir vaqtning o‘zida bir guruh o‘quvchilar
xona ichidagi, ikkinchi guruh o‘quvchilar esa bino tashqarisidagi yoritilganlikni lyuksmetr yordamida o‘lchaydilar. Har bir nuqtadagi yoritilganlikning bir vaqtda o‘lchanishi sekundomer yordamida amalga oshiriladi. O‘lchash paytida lyuksmetrning fotoelementi gorizontal
holatda ushlab turilib, yorug‘likni qabul qiluvchi tomoni yuqoriga qaratilgan bo‘lishi talab qilinadi. Gal’vanometr ham gorizontal holatda bo‘lishi kerak.
Fotoelementga haddan tashqari yorug‘lik tushmasligi va uning milli chegaradan chiqib ketmasligi uchun fotoelement ustiga K va T moslama o‘rnatish maqsadga muvofiq. Agar gal’vanometr ko‘rsatkichi 20 lk ga bormasa, bunda hisob 0-30 lk ko‘rsatkichi bo‘yicha olib boriladi. Agar gal’vanometr ko‘rsatkichi 100 lk dan ortiq bo‘lganligini ko‘rsatsa unda yorug‘lik yutish koeffitsienlari past bo‘lgan K va R yoki K va M o‘rnatmalarni o‘rnatib har safar o‘lchov
natijalarini solishtirib, qayd etish lozim. Past yoritilganlik holatlarida (100) lk gacha o‘lchov ishlari ochiq fotoelement yordamida ya`ni hech qanday o‘rnatmasiz amalga oshiriladi.
O‘lchov ishlari binodan tashqarida bajarilayotganda lyuksmetrning fotoelementiga osmondan tushadigan yorug‘lik nurlari bir tekisda ta`sir etishi uchun binodan 10 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda bajariladi.
O‘lchov natijalari asosida tajriba xonasining o‘qi bo‘yicha tabiiy yoritilganlikning
koeffitsienti aniqlanib, yoritilganlikning o‘zgarish grafigi chizilsin. Qurilish qoida va me`yorlari SNi P II-4-79 “Tabiiy va sun`iy yoritish. YOritilganlik me`yorlari” ga ko‘ra tajriba xonasidagi
yoritilganlikka asoslanib, ruxsat etilgan ishning razryadi bo‘yicha, ish bajariladigan ob`ektdagi eng kichik detalning o‘lchami aniqlansin.
Binolarni ikkala yon tomondan tabiiy yoritiladigan xonalarda tabiiy yoritish koeffitsientining me`yorlangan eng kichik qiymati binoning o‘rta qismi uchun belgilanadi.