|
Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi
|
bet | 167/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi.
Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini o‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
Hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
Klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
Klinik o‘lim xolati - bu hayot bilan o‘lim oralig‘i bo‘lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda xayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz bo‘ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachig‘i kengayadi va yorug‘likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, xujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo‘ladi. Shuning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan organizmning ba’zi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o‘lim holati 5-8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo‘lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig‘idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik o‘lim xolatiga o‘tadi.
Biologik o‘lim - qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan tavsiflanadi, shuningdek organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi. Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta o‘rin tutadi.
Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari yig‘indisi sifatida olinadi.
Teri, asosan quruq va o‘lik hujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va uumuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40-5000 Om 1qarshilikka ega bo‘ladi va bu holat inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan. Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi. Inson organizmi orqali 50 Gts li eletr tokining 0,6- 1,5 mA 01916 o‘tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o‘tgan tokning miqdori 10-15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni elektr toki bo‘lgan simni ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi.
Tok miqdori 25-50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir
ko‘rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom
etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida odam o‘lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa, bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borish natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishida muhim ahamiyat kasb etadi. Eng zararli tok 20-100 Gts atrofidagi eletr toki hisoblanadi. Chastotasi
20 Gts dan kichik va 100 Gts dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, yarim sekund davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.
|
| |