|
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish
|
bet | 168/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
tok ta’siridan qutqarish;
birinchi yordam ko‘rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan, o‘chirish qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini yog‘ochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan saqlab qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dizlektrik qo‘lqop va elektr himoyasi (izolyatsiyasi) mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi xushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutishi yoki tezda davolash muassasasiga olib borishi zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotan bo‘lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va oyoqlarini uqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, ammo yurak urishi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur.
Klinik o‘lim holati yuz bergan takdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan uqalash va ezgan holatda harakatga keltirish lozim.
|
| |