• Nizomga muvofiq
  • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari




    Download 2,33 Mb.
    bet176/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari


    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish hamda hujjatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyunda 286-sonli qarori bilan qabul qilingan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida nizom asosida olib boriladi.

    Nizomga muvofiq:


      • korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz byergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta`siri, portlash, halokat, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchi hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (yer qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari;

      • ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‘zlab, qandaydir ishni amalga oshirilayotgandagi;

      • avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo‘l harakati hodisasi natijasidagi;

      • korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma)ga muvofiq o‘zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;

      • ish vaqtida shaxsiy transportida, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;

      • mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish obyektlari orasida yurish bilan bog‘liq ish vaqtida jamoat transportida yoki piyoda ketayotgandagi;

      • shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganligida, qayerda o‘tkazishidan qat`i nazar, korxonalarga otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi;

      • ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati yetkazilgandagi;

      • smenali dam olishda bo‘lgan xodim bilan transport vositasi vaqtidagi shaharcha hududida yoki yollangan hududdagi (kuzatib boruvchi, smenali haydovchi, shuningdek, vaxta va ekspeditsiya usulida ishlayotganlar va boshqalar) baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.

    Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanish holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma`lumolariga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
    Ushbu «Nizom»:

    • ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;

    • ish beruvchilarga;

    • pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga:

    • tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;

    • agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga;

    • qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;

    • korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi.

    Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollejlar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlar, litseylar va umumta`lim maktablari o‘quvchilari bilan o‘quv-tarbiya jarayonida yuz byergan baxtsiz hodisalar Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
    Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa ish beruvchining buyrug‘iga asosan, ish beruvchi vakillari hamda kasaba uyushma yoki xodimlarning boshqa vakillik organi a`zolaridan tashkil topgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiya a`zolarining har qaysisi baxtsiz hodisani tekshirish komissiyasi raisi bo‘lishi mumkin. Jabrlanuvchi bevosita bo‘ysunadigan va jabrlanuvchi uchun mehnat xavfsizligini ta`minlash vazifasi yuklatilgan rahbar (smena, sex boshlig‘i, usta va shunga o‘xshashlar) komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
    Harbiy qism bilan korxona o‘rtasida shartnoma – bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi obyektlariga ishga jalb qilingan va uning ma`muriy texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz byergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
    Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma`muriy texnik xodimi boshchiligida bajarayotgan axloq tuzatish mehnat muassasasi (ATMM) da saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM vakili ishtirokida ish
    beruvchi tomonidan tekshiriladi va baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi. ATMMda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, o‘zining ishlab chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
    Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta`lim maktabi, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurti talabalari bilan yuz byergan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan o‘quv yurti vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi.
    Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‘qituvchilar rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta`lim maktabi, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yoki oliy o‘quv yurti talabalari bilan yuz byergan baxtsiz hodisalar o‘quv yurtlari tomonidan korxona vakili bilan birgalikda tekshiriladi va o‘quv yurti tomonidan hisobga olinadi.
    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    1. Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak, u esa:

      • jabrlanuvchiga zudlik bilan yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy sanitariya qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;

      • tekshirish komissiyasi ish boshlashiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini, hodisa yuz byergan daqiqada qanday bo‘lsa shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa) saqlab turishi zarur.

    Baxtsiz hodisa yuz byergan joydagi korxona rahbari darhol hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga xabar qilishi shart.

    1. Korxonaning tibbiy-sanitariya qismi (shifoxona) bir sutka ichida yordam so‘rab murojaat qilgan xodimlar shu jumladan, xizmat safaridagi va korxona ishlab chiqarish obyektlarida ish bajarayotgan xorijiy tashkilot xodimlari bilan yuz byergan har bir baxtsiz hodisa haqida ish beruvchiga, kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga xabar beradi.

    2. Ish beruvchining buyrug‘iga ko‘ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi. Ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etmaydi.

    3. Komissiya: – uch sutka ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat muhofazasi qoidalari, mehnat xavfsizligi andozalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni aniqlab so‘roq qilishi, imkon bo‘lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi;

    – baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan H- 1shaklidagi dalolatnomani kamida uch nusxada tuzishi va imzo chekib, ularni tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak.

    1. Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch sutka davomida tasdiqlangan H-1shakldagi dalolatnomalarni:

      • jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, tekshirish materiallari bilan korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga, davlat texnika nazoratchisiga yuboradi.

      1. Download 2,33 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari

    Download 2,33 Mb.