|
Kukunli yong‘in o‘chirgichlar
|
bet | 173/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Kukunli yong‘in o‘chirgichlar
Bu turdagi yong‘in o‘chirgichlar hamma sinfda (A, V, S, Е)gi yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan.
Kukunli yong‘in o‘chirgichlarda yongin o‘chirish vositasi sifatida har xil turdagi PSB-3, P-1A, PS, SI-2 rusumdagi kukunlar qo‘llaniladi.
Ushbu kukunlarning tarkibiga quyidagi asosiy moddalarning aralashmasi kiradi:
natriy bikarbonat,
aerosil,
nifilin kontsеntrati.
Kukunlar quruq va shamollatiladigan joylarda atrof muhit xarorati -500C dan
+500C gacha saqlanishi lozim.
Kukun aralashmalari atrof muhitga zaxarli xususiyatiga ega emas, 1000Vgacha elеktr kuchlanishini o‘tkazmaydi va yongin o‘chog‘ini butunlay qoplaydi.
Kamchiligi: xavodagi namlikni o‘ziga jalb qilib olish xususiyatiga ega, natijada kеsak shakliga aylanadi.
O‘t o‘chirgichlardan yanada samaraliroq foydalanish uchun quyidagilarni bilish zarur:
yonayotgan joyga yaqin joyda ish holatiga o‘tqazish kerak.
tez harakat qilish kerak, chunki o‘t o‘chirgich qisqa vaqt davomida ish holatida bo‘ladi (ko‘pikli - 60-80 soniya, karbonat-angidridli - 25-45 soniya, kukunli -10-15 soniya).
qattiq modda va predmetlarni ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar yordamida o‘chirganda, yong‘in alangasi kuchli bo‘lgan joyga oqimni to‘g‘rilash va asta- sekin alangani yuqoridan pastga tomon o‘chirish lozim.
Yonayotgan suyuqlikni chetdan o‘rtasiga tomon, asta-sekinlikda yonayotgan maydonni ko‘pik bilan qoplash orqali o‘chiriladi. Yonayotgan moddalarni kukunli o‘t o‘chirgichlar yordamida o‘chirganda yonish maydoni yuzasini kukun bilan qoplash lozim. Kukunli, uzlukli harakatdagi o‘t o‘chirgichlar (OGT-2, OP-2B,OP-5, OP-8B) benzin, lak, buyoq va boshqa yonuvchi suyuqliklar shuningdek, 1000 voltgacha quvvat ostida bo‘lgan elektr uskunalarini o‘chirishga mo‘ljallangan.
Havo ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar (OVP-5, OVP-10) suyuq va qattiq modda, materiallarni o‘chirishga mo‘ljallangan. Ular bilan ishqorli materiallar, ularning birikmalari, kuchlanish ostidagi elektr asboblarini o‘chirib bo‘lmaydi.
|
| |