|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 169/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiSun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish "Og‘izdan og‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishi o‘z o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga havoni haydaydi. Odam o‘pkasidan chiqkan havo, ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi, havo o‘tish yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan dahanidan tortib, dahanini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi (-rasm). Shundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayoggan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zi butunlay berkitiladi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak bo‘ladi(-rasm). Shundan keyin yordam ko‘rsatuvchi boshini ko‘tarib, yana o‘pkasini havoga to‘ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi kamkuch holda nafas chiqaradi.
Bir daqiqa vaqtda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro‘mol va kuvurchasimon asbab orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishni tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish. Jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan tana uqalanib (massaj) qilinadigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga tug‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishining ko‘krak qafasi tana og‘irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.
Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi harakatiga moslab davom ettiriladi.
Sun’iy nafas berish usullari.
Tanani uqalash orqali sun’iy nafas oldirish birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatayogan kishi bir o‘zi bo‘lsa, har ikki marta
puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo‘lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 sekundga to‘xtatib, tomir urishi sanab ko‘riladi.
|
| |