|
Takrorlash uchun savollar
|
bet | 170/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Takrorlash uchun savollar:
Elektr tokining termik ta’sirini tushuntirib bering.
Elektrolitik ta’sir nima?
Elektr tokining biologik ta’siri.
Tok urishi darajalarini izohlab bering.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.
amaliy mashg‘ulot: Yong‘inni o‘chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
O‘t o‘chirish usullari va vositalari.
Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari
O‘t o‘chirish usullari:
Yonayotgan joyni ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar yordamida sovutish;
Yonayotgan materialni atmosfera havosidan ajratib qo‘yish;
Yonayotgan joyga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kama-ytirish;
Maxsus kimyoviy vositalarni qo‘llash.
2. Yong‘inni o‘chiradigan vositalar (Birlamchi va Statsionar).
Yong‘in o‘chirish vositalari asosan uch guruhga bo‘linadi:
yonishni tugatish usuli bo‘yicha – soutuvchi, aralashtiruvchi ixotalovchi, ingibirlashtiruvchi;
elеktr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha – elеktr tokini o‘tkazuvchi (suv, bug‘, ko‘pik), elеktr tokini o‘tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);
zaharliligi bo‘yich – zaharli (frеon, bromеtil), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko‘pik, kukunli birikmalar).
Yong‘inni o‘chiradigan birlamchi va statsionar vositalar mavjud.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, yonmaydigan namat materiali va boshqalar misol bo‘ladi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yong‘in boshlanganda alangani keng tarqalib ketmasligini to‘xtatish va o‘chirish uchun qo‘llaniladi.
Statsionar o‘t o‘chirish vositalariga ko‘pik generatorlari, o‘t o‘chirish mashinalari, gidrantlar, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik ko‘piklar, inert va
yonmaydigan gazlar, qattiq yoki kukunsimon materiallar, maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi.
Suv o‘t o‘chirish xususiyatiga ko‘ra eng kuchli, keng tarqalgan o‘t o‘chirish vositasi bo‘lib, u bilan har qanday katta va kichik hajmdagi yong‘inlarni o‘chirish mumkin.
|
| |