Bu yerda TYOK =
e- tabiiy yoritilganlik koeffitsientining foizlarda hisoblangan kattaligi;
E ichki - bino ichidagi biror bir M nuqtaning yoritilganligi.
Etashki - binoning tashqarisida bir vaqtning o‘zida o‘lchangan yoritilganlik.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsientining me`yoriy qiymatlari SNiP II -4-79 “Tabiiy va sun`iy yoritish. Yoritish me`yorlari”da keltirilgan.
Ishlab chiqarish binolaridan foydalanish jarayonida ish o‘rnidagi
yoritilganlik darajasi ancha
pasayishi mumkin, chunki deraza oynalarining yuzalari ifloslanishi oqibatida ularning yorug‘lik o‘tkazish koeffitsienti 45-60 % kamayadi, devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsientlarini kamaytiradi, shuning uchun ham sanitariya me`yorlarida yorug‘lik tushadigan deraza oynalari yuzalarini kam chang ajralib chiqadigan xonalarda yiliga 2 marta, tutun ajralib chiqadigan xonalarning derazalarini yilida kamida 4 marta tozalash tavsiya etiladi.
SNiP II-4-79 “Tabiiy va sun`iy yoritish. YOritish me`yorlari” ga asosan ishning aniqlik darajasi
va yoritish turiga qarab, talab qilinadigan tabiiy yoritish koeffitsienti me`yorlari jadvalga keltirilgan.
3-jadval